Mavzu: mesopotomiya sivilizatsiyasining o'ziga hos xususiyatlari reja



Yüklə 29,09 Kb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü29,09 Kb.
#142731
1   2   3   4   5   6
MESOPOTOMIYA SIVILIZATSIYASINING O\'ZIGA HOS XUSUSIYATLARI

Yangi Bobil podsholigi
Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o’z ravnaqi cho’qqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo’shib oladi.
Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa bo’ysunmas qal’aga aylantiradi. Navuxodonosor II turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g’isht ishlatish to’g’risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobilning sakkizta darvozasi bo’lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo’lgan, hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor tosh-taxtalar bilan bezatilgan. Eronliklar lashkari 539-yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab Yangi Bobil podsholigi Eron davlati tarkibiga kiradi.
Forslarni Bobildan Makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ngra Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi 126-yilda Bobilni endi Parfiya hukmdorlari bosib oldi. Parfiya hukmdorlari davrida butun Bobil tanazzulga yuz tutdi.
Bobil madaniyati
Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o’choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo’lmish Shumer mixxati miloddan avvallgi IV mingyillikda vujudga Kelgan edi. Bu yozuv dastavval «suv», «quyosh» va boshqa alohida so’zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo’lgan.
Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalar zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta’lim olguvchi maktablar tasilkil qilingan edi. O’quvchilar sopol toshtaxtachalarga suyak va yog’ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Sopol toshtaxtachalar avval oftobda quritilgan, so’ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu toshtaxtalar ilk kitoblar bo’lib, o’quvchilar asotirlar va afsonalarni ko’chirib yozishgan, o’simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro’yxatlar tuzishgan. Toshtaxtachalarda mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o’tilgan.
Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy kalendarlari ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar – munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo’lishgan. Eng qadimgi rasadxona (observatoriya)lar baland Ko’pzinali ibodatxonalar – zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan.
Mesopotamiyada zoologiya biologiya, ximiya va tibbiyotga oid bilimlar ham ravnaq topdi. Miloddan avvalgi III mingyillikdayoq bu yerda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturilamal tuzilgan edi. Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda Fors ko’rfazi va Arabiston dengizi qirg’og’i bo’ylab suzishga imkoniyat bergan. Olam yaratilishi eng qadimiy asotirlardan biri Me-sopotamiyada yaratilgan edi.

Yüklə 29,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə