Mavzu: mesopotomiya sivilizatsiyasining o'ziga hos xususiyatlari reja



Yüklə 29,09 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü29,09 Kb.
#142731
1   2   3   4   5   6
MESOPOTOMIYA SIVILIZATSIYASINING O\'ZIGA HOS XUSUSIYATLARI

Gilgamesh haqidagi rivoyat
Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni Gilgamish Uruk shahri podshosi bo’lgan, hayoti keyinchalik ko’plab afsonalarga burkandi. Afsonada aytilishicha, Gilgamish dunyoga kelgandan keyin mamlakat hukmdori bo’lmish bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan vahimaga tushib qo’rqqani sababli Gilgamishni jarga otib yuborishga buyruq beradi. Ammo jarga uchib ketayotgan Gilgamishni burgut tutib olib ko’tarib ketadi, bir bog’bonga eltib beradi, bog’bon Gilgamishni mehr bilan parvarishlab tarbiyalaydi. Balog’atga yetgan Gilgamish bobosidan hokimiyatni tortib oladi, o’zi Uruk shahrini boshqara boshlaydi. Gilgamish Enkidu degan pahlavon bilan do’st tutinadi. Ikkalasi bir bo’lib yovuz maxluqotlarga qarshi kurashadilar, buning uchun xudolar Enkiduni jazolaydilar va qahramon qazo qiladi. Boqiy hayotga erishish uchun Gilgamish dengiz tubida o’sadigan sehrli giyohni izlab topadi, uni o’z xalqi bilan baham ko’rishga qaror qiladi. Ammo iziga qaytayotganida bir ko’lda cho’milib turganida gulning isini ilon sezib qoladi va uni o’g’irlab ketadi. O’shandan beri, afsonada aytilishicha, ilonlar har yili po’stini tashlab yasharadi. Gilgamish esa jonajon shahri devorlari uni xalos etishini, ezgu ishlari o’zini umrboqiy qilishini tushunib yetadi.
Shahar-davlatlar bir-birlari bilan tinimsiz urushar edi. Ana shu urushlar natijasida Sargon I butun Shumerpodshosi bo’lib oladi. Miloddan avvalgi III mingyillikning o’rtalarida u Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtiradi. Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon I barcha shaharlar uchun yagona bo’lgan uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini joriy etadi. Jahon tarixida birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan iborat bo’lgan, keyin esa Sargonga ko’plab shaharlar mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yaratgan katta armiyaning asosiga aylandi. Sargon Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo’llarini egallab oldi. O’z hukmronligining so’ngida Sargon I «jahonning to’rt mamlakati podshosi» unvonini oldi.
Yagona davlat uzoq yashamadi. Sargon vafotidan keyin bir-biri bilan kurashni davom ettirgan ko’plab shahar-davlatlarga bo’linib ketdi. Miloddan avvalgi II mingyillikda Shumer-Akkad davlati ko’chmanchi qabilalar zarbasidan parchalandi.

Yüklə 29,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə