Mavzu: mesopotomiya sivilizatsiyasining o'ziga hos xususiyatlari reja



Yüklə 29,09 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü29,09 Kb.
#142731
1   2   3   4   5   6
MESOPOTOMIYA SIVILIZATSIYASINING O\'ZIGA HOS XUSUSIYATLARI

Shahar-davlatlar
Vaqt o’tishi bilan asta-sekin manzil gohlar nihoyatda kengayib ketdi, miloddan avvalgi IV mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga kela boshladi. Ular shahar-davlatlar deb nomlangan. Ular shaharning o’zi va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo’lgan. Har bir shaharning hukmdori oliy xudo – shahar homiysi hisoblangan. Xudo nomidan kohinlar hukmdorlik qilar, xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi hokimiyat markazi edi.
Quyosh xudosi Shamash alohida ehtiromga sazovor iloh bo’lgan. Shamash oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, Oy xudosi Sina, suv xudosi Ea, hosildorlik va muhabbat, hamda urush va g’alaba ilohasi Ishtar esa ikki yuzli bo’lgan. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari xom g’ishtdan terib chiqilgan muhtasham inshoot ko’rinishida bo’lgan.
Shahar-davlatlar tepasida hukmdorlar turardi. Bundan 5000 yil muqaddam Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi Ur shahri bo’lgan. Arxeologlar qazib ochgan podsholar maqbarasidan topilgan topilmalar ham Urning kuch-qudratidan dalolat beradi. Bular oltin buyumlar, dabdabali qurol-yaroqlar, kumush idishlardir.
Mesopotamiyadagi katta-katta yer mulklari hukmdorlar va kohinlar qo’l ostida bo’lgan. Dalalarga qullar va erkin yollanma mehnatchilar ishlov berishgan. Shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi Kichik-Kichik yer ulushlariga egalik qilar edi. O’z oilasini boqish uchun kambag’allar podsho va ibodat-xona mulklarida mehnat qilar edilar.
Miloddan avvalgi III mingyillik o’rtalarida Lagash davlati yuksala boshladi, Shumer va Akkadning ko’pgina shaharlari Lagashga qo’shib olindi.
Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o’rab olingan edi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko’chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga borar edi. Qurilish tosh, xom va pishgan g’isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan hashamli bezatilgan edi. Ibodatxonada qazilgan hovuzda baliqlar suzib yurardi, shuningdek, kaptarlar kun kechiradigan bog’, hamda turli hayvonlar va qushlar yashaydigan tomoshabog’ ham barpo etilgan. Urush paytida shahar aholisi sardorni saylashgan. Bora-bora ularning nufuzi ortdi, sardorlar muntazam hukmronlik qila boshladilar. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho shahar-davlatni aslzodalar, kohinlar va armiyaga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilar edi.

Yüklə 29,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə