Mavzu: mesopotomiya sivilizatsiyasining o'ziga hos xususiyatlari reja



Yüklə 29,09 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü29,09 Kb.
#142731
1   2   3   4   5   6
MESOPOTOMIYA SIVILIZATSIYASINING O\'ZIGA HOS XUSUSIYATLARI

Bobil podsholigi
Bobil - «xudolar darvozasi»
Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o’ringa ega bo’lib, Frot va Dajla daryolari o’zanlari deyarli bir-biriga qo’shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. Kemalarda tovarlari bilan birga suzib kelgan aksariyat savdogarlar bu shaharga qo’nib o’tishar edi. «Bobil» so’zining o’zi esa «Xudolar darvozasi» degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo’lgan. Bobilning bosh ko’chasi g’alaba ilohasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandlik ishlab chiqarishi va savdo-sotiq yaxshi rivojlanadi. Ammo o’zaro urushlar bunga xalaqit beradi. Miloddan avvalgi XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi.
Xammurapi qonunlari
Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan.Xammurapi qonunlari hajmi jihatidan,hayotning har xil tomonlarini qamrab olishi bilan ilgari mavjud bo’lgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi. Xammurapi qonunlari hamma uchun – badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo’lgan. Qonunlar matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o’rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo’yiladi.
Xammurapi qonunlari qafiyligi bilan kishini lol qoldiradi. Basharti, shifokor amalga oshirgan operatsiya natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning panjalari kesib tashlanishi shart bo’lgan. Mabodo arxitektor qurgan uy to’satdan ag’anab, biror kishini bosib qolsa, arxitektor qatl etilishi lozim bo’lgan. Qarzni vaqtida qaytarmagan kishi o’z oila a’zolarini kreditorga uch yil muddatga qullikka berishi shart edi. Mabodo ayblanuvchi jabrlanuvchining ko’zlariga jarohat yetkazgan bo’lsa, o’zi ham shunday jazolanishi, ko’zlariga jarohat yetkazilishi shart bo’lgan. Yong’in mahalida o’g’irlik ustida qo’lga tushgan kimsa o’sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o’g’ri esa bundan ham qattiqroq jazoga mahkum etilgan: u o’zganing mulkiga suqilib kirgan joyida o’ldirilar, o’sha yerning o’zida ko’mib yuborilar edi.
Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo’lmasdan, xudolar xohish-irodasi sifatidatalqin etilgan,shuninguchun ham ularni so’zsiz og’ishmasdan bajarish talab qilinardi. Qat’iyligi va yovsizligiga qaramay, Xammurapi qonunlari jamiyat rivojiga imkoniyatyaratib berdi, negaki talon-toroj, o’g’rilik vadavlat mulkini o’marish kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmasdi. Xammurapi deyarli o’ttiz yil davomida qo’shni mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirish uchun tinimsiz urushlar olib boradi. Xammurapi vafotidan keyin Bobil tag’in l50 yil davomida poytaxt bo’lib qoladi, keyin shaharni tog’liq kassitlar qabilasi bosib oladi. Kassitlar bosqini Bobil zavolga yuzlanishiga maydon hozirladi, uzoq davom etgan yemirilish miloddan avvalgi VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelishi bilan yakunlandi.

Yüklə 29,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə