O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Sug„urta biznesini avtomatlashtirish yo„nalishlari



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

9.3. Sug„urta biznesini avtomatlashtirish yo„nalishlari 
Sug‗urta kompaniyasi tuzilmasini tashkiliy jihatdan o‗zgartirishda 
ko‗plab, shu jumladan, huquqiy va tashkiliy muammolar bilan bir qatorda, 
texnologik muammolar, yagona korporativ madaniyat, yagona strategiya, 
tashkiliy tuzilish, rag‗batlantirish va axborot texnologiyalari tizimini 
shakllantirish masalalari yuzaga keladi.


97 
Sug‗urta 
kompaniyalarining 
biznes 
jarayonlarida 
axborot 
texnologiyalarini joriy qilishdagi quyidagi muammolarni ajratib ko‗rsatish 
mumkin: 
– sug‗urta kompaniyalarining hozirgi rivojlanishida tashkiliy va 
biznes-jarayonlarini 
qayta 
loyihalashtirmasdan 
turib 
axborot 
texnologiyalarini joriy qilish tizimlilik tamoyiliga zid bo‗lib qoladi; 
– ma‘lum funksiyalarni bajaruvchi dasturiy mahsulotlarga bo‗lgan 
talablarni yetarlicha aniqlamasdan turib bu dasturiy mahsulotlarni joriy 
qilish uning foydalanish sohasini cheklab qo‗yadi, oqibatda ulardan 
foydalanish samarasiz bo‗lib qoladi; 
– butun korporativ axborot tizimlarida tizimli tahlil qilishning 
mavjud emasligi, hududiy bo‗linmalar yoki alohida biznes-jarayonlarni 
avtomatlashtirish sug‗urta kompaniyasini operativ, sifatli va samarali 
boshqarishga imkon bermaydi.
 
Mamlakat 
sug‗urta faoliyatini tahlil qilish hozirgi kunda 
qo‗llanilayotgan AKT dasturiy mahsulotlarini sohada keng joriy etishga 
to‗sqinlik qilayotgan quyidagi omillarni asosiy sabablar sifatida keltirib 
o‗tadi: 
– sug‗urta faoliyatini avtomatlashtirishning innovatsion jarayonlari 
dastlabki bosqichda bo‗lib, sohada texnologiya va algoritmlar yetarli 
darajada ishlab chiqilmagan; 
– integrallashgan kompyuter dasturlarining yuqori baholanishi 
sug‗urta kompaniyalarini ayrim xarajatlarni tejashga majbur qiladi. 
Sug‗urta faoliyatining axborot tizimi va texnologiyalari axborotlarga 
ishlov berishning jami bosqichlaridagi texnologik jarayonlarning barcha 
asosiy unsurlarini qamrab olishi va ma‘lumotlarning to‗liq xavfsizligini 
kafolatlovchi tizimlarni joriy qilishga yo‗naltirilishi lozim. Sug‗urta 
kompaniyasining avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishga tushirish 
faoliyatning sug‗urta, moliyaviy, buxgalterlik va boshqa shu kabi 
masalalarini yechishni avtomatlashtirishdan iborat bo‗lishi lozim. Shunga 
ko‗ra, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini samarali qo‗llashni 
ta‘minlashga qaratilgan sug‗urtaning asosiy muammolari keltirib o‗tiladi: 
– axborot tizimlari tanlovi sug‗urta bozorida kompaniyaning faoliyat 
ko‗rsatish strategiyasini aniqlashdan avval amalga oshiriladi; 
– avtomatlashtirish tizimlarini baho/sifat optimal munosabatlar 
tamoyilida izlash ko‗zlangan natijalarga olib kelmaydi, chunki bunday 
tizimlar funksional va texnik imkoniyatlari bo‗yicha bir-biridan qat‘iy farq 
qiladi, demak, ularni kompaniyaning yechimini kutayotgan masalalariga 
asoslangan holda tanlash maqsadga muvofiq bo‗ladi;


98 
– kompaniyada asosiy foydalanuvchilar va AT bo‗linmalarini 
shakllantirishdan avval axborot tizimini tanlash to‗g‗risida qaror qabul 
qilinadi, oqibatda keyinchalik tizimga qo‗yilgan talablar majmuida 
o‗zgarishlar yuzaga keladi; 
– real imkoniyatlari va joriy qilish hamda foydalanish bosqichidagi 
risklarni baholash asosiy omil bo‗lishi kerak bo‗lgan vaqtda, tanlanayotgan 
tizimlar funksionalligini taqqoslashga e‘tibor qaratiladi; 
– alohida joriy qilingan tizimlarning yagona majmuaviy axborot 
tizimi doirasida integratsiya zarurligini baholay olish darajasi. 
Bu muammolarni hal etishda quyidagi masalalarni yechish maqsadga 
muvofiq bo‗ladi: 
– sug‗urta shartnomalarini ko‗rib chiqish jarayoni. Har bir 
sug‗urtalanuvchi bo‗yicha avval imzolangan shartnomalar mavjudligini 
tekshirish, sug‗urta qoplamalari hodisalari, tarif stavkasi va maxsus 
shartlarga 
moslanuvchan 
koeffitsientlarni 
hisoblash, 
agentlarga 
komissiyalarni hisoblash, keyingi ishlov berishlar uchun shartnomalarni 
ma‘lumotlar bazasiga kiritish, zarur bo‗lgan hujjatlarni berish; 
– qo‗shimcha shartnomalar tuzish. Asosiy shartnomani e‘tiborga 
olgan holda sug‗urta ob‘ektlari yoki o‗zgargan sharoitlar bo‗yicha hisob-
kitoblar, qayta tuzilgan yoki o‗zgartirilgan shartnomalar haqida 
ma‘lumotlar bazasini to‗ldirish; 
– qayta sug‗urtalash shartnomalarini tuzish. Mos keluvchi 
axborotlarni tekshirish, komission to‘lovlarni hisoblash
– sug‗urta mukofotlarini (yoki uning qismlarini) kiritish. Pul 
mablag‗larini hisob raqamlariga o‗tkazish, qayta sug‗urtalash holati 
mavjudligida – qayta sug‗urtalovchi bilan hisob-kitoblar; 
– sug‗urta shartnomalarini tugatish. Zaxiralarni shakllantirish va 
boshqa hisob-kitoblarni shakllantirish uchun axborotlarni ma‘lumotlar 
bazasiga kiritish; 
– sug‗urta hodisasining vujudga kelishi. Qoplamalarni hisoblash, 
to‗lovlarni o‗tkazish, shartnoma yoki uning to‗xtatilishi bo‗yicha qayta 
hisoblashlar, sug‗urta hodisalari bazasini yuritish; 
– sug‗urta shartnomalarining to‗xtatilishi. Sug‗urta qildiruvchi bilan 
hisob-kitoblar, pul mablag‗larini o‗tkazish, shartnomalar bazasida 
o‗zgartirishlarni amalga oshirish; 
– sug‗urta turlari bo‗yicha bazaviy tarif stavkasini hisoblash. Aniq 
sug‗urta turi, sug‗urta hodisalari bo‗yicha ma‘lumotlar bazasidagi barcha 
shartnomalarni ko‗rib chiqish, statistik jadvallardan foydalanish bilan 
hisoblashlarni amalga oshirish; 


99 
–zaxira fondlarini hisoblash. Hisob raqamining joriy holatini tahlil 
qilish, sug‗urta shartnomalari soni va summasidagi o‗zgarishlarni kuzatib 
borish; 
– sug‗urta portfelini tahlil qilish. Sug‗urta bozoridagi munosabatlarni 
aniqlash, xususiy faoliyatni tahlil qilish, istiqboldagi rivojlanishlarni 
bashorat qilish, mumkin bo‗lgan boshqaruv qarorlari variantlarini tahlil 
qilish; 
– kompaniya moliyaviy holatini tahlil qilish. Ko‗rsatkichlarning 
o‗zaro aloqadorligi va munosabatlarini aniqlash, rivojlanishning imkoni 
bo‗lgan variantlarini tahlil qilish; 
– ichki buxgalteriya hisobini yuritish. Kompaniya xodimlari 
maoshini hisoblash, mulkni ro‗yxatga olish va shu kabilar. 
Shu bilan birga, sug‗urtaning to‗liq texnologiyasi katta hajmga ega 
va o‗zaro bog‗liq axborotlar tizimini nazarda tutadi: 
– sug‗urtalash va qayta sug‗urtalash shartnomalari hamda sug‗urta 
polislari; 
– brokerlik shartnomalari; 
– sug‗urta vakillari maoshlari bo‗yicha hujjatlar; 
– to‗lov talabnomasi; 
– kassa orderlari va buxgalterlik o‗tkazmalari; 
– sug‗urta qoplamalarini olishga arizalar, sug‗urta hodisalari yuz 
berganligi to‗g‗risidagi dalolatnomalar va shu kabilar. 
Axborotlarni to‗plash va ishlov berish sug‗urta kompaniyasining 
buxgalteriya, moliya-iqtisod, polis egalari, to‗lov, qayta sug‗urtalash, 
xodimlar, agentliklar va boshqa turli xizmat bo‗linmalarida amalga 
oshirilishi zarur. 
Sug‗urta 
faoliyatini 
yuritishning 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan boshqaruv tizimiga o‗tilishi boshqaruvning 
sifat va xususiyatlari o‗zgarishi bilan birga kuzatiladi. Bunda 
menejerlarning tahliliy ishlari asosiy faoliyatga aylanib boradi, ularda 
yangi 
yondashuv 
va 
ustuvorliklarni 
shakllantiradi, 
axborotlarni 
kompaniyaning asosiy va real kirish imkoni bo‗lgan resurslaridan biriga, 
uni keyingi rivojlantirishlar esa, asoslangan samarali strategiya tanlashning 
muhim unsuriga aylanadi. 
O`zbekistonda sug`urta munosabatlarini samarali tashkil etish va 
rivojlantirishning yo`nalishlaridan biri sug`urta kompaniyalari tomonidan 
ko`rsatilayotgan sug`urta xizmatlarining ko`lami va sifatini oshirish 
masalasidir. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, respublikamiz sug`urta 
bozorida chakana sug`urta xizmatlarini ko`rsatish talab darajasida emas. 


100 
Bunga jiddiy e`tibor qaratilayotganining sababi shundaki, chakana 
xizmatlar orqali aholining keng qatlamini sug`urta himoyasiga olish 
imkoniyati tug`iladi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni 
shakllantirish jarayonida har bir inson keksayganida, mehnat layoqatini 
yo‗qotganida, boquvchisidan mahrum bo‗lganida ijtimoiy ta‘minot olish 
huquqining kafolatlari yaratilayotganligi sug‗urta bozorini isloh qilish 
borasida ham yorqin namoyon bo‗lmoqda. Mamlakatimiz rivojlanishining 
ijtimoiy ustuvor yo‗nalishlari fuqarolarning huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishning ishonchli tizimini, mehnatga oid 
munosabatlarni tartibga solish va aholi turli qatlamlarining ijtimoiy 
himoyasini sug‗urta bozorida huquqiy ta‘minlashning doirasini yanada 
kengaytirishni taqozo etmoqda. Sohani rivojlantirish borasida amalga 
oshirilayotgan keng ko‗lamli chora-tadbirlar, sug‗urta faoliyatiga oid 
qonunchilikning 
takomillashtirilayotgani 
aholining 
sug‗urta 
kompaniyalariga bo‗lgan ishonchini mustahkamlamoqda. Sug‗urta 
xizmatlarining 
raqobat 
bozorini 
yanada 
rivojlantirish, 
sug‗urta 
faoliyatining zamonaviy turlarini takomillashtirish va sifatini oshirish, 
sug‗urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‗paytirish borasida 
salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sohani isloh qilish va 
rivojlantirishga qaratilgan ulkan e‘tibor natijasida sug‗urta mukofotlari 
miqdori yil sayin o‗rtacha 40 foizga ortib bormoqda. 


101 
XULOSA 
Sug‗urta – bu axborotga boy va unga bog‗liq bo‗lgan biznes 
turlaridan biridir. Sug‗urta kompaniyalari faoliyatini boshqarishda axborot 
texnologiyalarini joriy etish katta va bir-biriga bog‗langan ma‘lumotlarni 
qayta ishlashni va boshqaruv qarorlarini asoslash uchun ularni tahlil 
qilishni ta‘minlaydi. Bundan tashqari, ularni saqlash va axborot 
xavfsizligini ta‘minlash usullariga katta talablar qo‗yiladi. Statistik va 
analitik hisob-kitoblarga asoslangan sug‗urta faoliyatini axborot tizimisiz 
tasavvur qilib bo‗lmaydi. Sug‗urta operatsiyalarining ancha uzoq muddatli 
xususiyati nafaqat biznesning o‗ziga xos talablarini aks ettiradigan, balki 
funksionallikni 
yanada 
rivojlantirish, 
yechimlar, 
ma‘lumotlar 
merosxo‗rligi va tarkibiy qismlar ro‗yxatini kengaytirish uchun barqaror 
asosga ega bo‗lgan axborot tizimiga ega bo‗lish zarurligini taqozo etadi. 
Sug‗urta bo‗yicha dastlabki ma‘lumotlarni, statistik, tahliliy va moliyaviy 
hisob-kitoblarni, buxgalteriya hisobi va boshqa quyi tizimlarni qayta 
ishlash vositalari – bu kompaniyaning aktivi hisoblanib, sug‗urta bozorida 
axborot ustunligini ta‘minlaydi. Sug‗urta kompaniyasida avtomatlashtirish 
loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida quyidagilarga 
erishiladi: biznes jarayonlari qisqa muddat davom etadi, sug‗urta 
xizmatlari arzon va sifatli bo‗ladi, boshqaruv ma‘lumotlari paydo bo‗ladi, 
sug‗urta kompaniyasi va axborot tizimining innovatsiyalarga moslashishi 
tezlashadi. Shu bilan birga kompaniyaning moliyaviy ko‗rsatkichlari 
yaxshilanadi – har bir mijozga xizmat narxini pasaytirish va umuman ish 
samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Avtomatlashtirish 
birinchi navbatda mijozlar bilan muomala qilishda yuqori sifatni 
ta‘minlashi kerak. Barcha jarayonlarning shaffofligi va ravshanligi, mijoz 
bilan ishlash vaqtining sezilarli qisqarishi, umuman olganda, mijozlarga 
xizmat ko‗rsatish sifatining yaxshilanishini anglatadi. Sug‗urta sohasida 
raqamli 
texnologiyalarga 
investitsiyalarning 
o‗sish 
tendensiyasi 
kuzatilmoqda, startaplar soni ko‗paymoqda, IT-texnologiyalar sug‗urta 
sohasini 
o‗zgartirmoqda. 
Raqamli 
texnologiyalarni 
sug‗urta 
kompaniyalariga joriy etish jarayoni xodimlar sonining qisqarishiga, bir 
qator an‘anaviy kasblarni qisman almashtirishga va boshqa vakolatli 
mutaxassislarga, asosan axborot texnologiyalari sohasida, modellashtirish, 
qayta ishlash va katta hajmdagi ma‘lumotlarni tahlil qilish bo‗yicha 
mutaxassislarga, aktuariylarga talabning oshishiga olib keladi. 
Iqtisodiy samaradorlikka erishishga intilish sharoitida innovatsion 
axborot texnologiyalarini joriy etish qator izlanishlar olib borishni talab 


102 
qiladi. Raqamlashtirish jarayonining eng asosiy manfaatdorlari bo‗lib 
mijozlar hisoblanadi. Ular mijozlarga sug‗urta kompaniyalari bilan 
aloqaning yanada qulayroq bo‗lishini, zararlarni qoplash jarayoni tezroq 
amalga oshishini va sug‗urta xizmatlariga o‗rnatilgan tariflar yanada 
adolatli va jozibador bo‗lishini va‘da etadilar. 
Sug‗urtani raqamlashtirish bo‗yicha ishlab chiqilgan strategiya 
kelajakda katta samaradorlik keltiradi. Istisnosiz ravishda barcha ish 
jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan mijozlar bilan munosabatlarni 
o‗rnatish, masofaviy xizmat ko‗rsatish va mahsulotning yangi 
arxitekturasini joriy qilish – bu nafaqat sug‗urta kompaniyalarining, balki 
har qanday moliyaviy (va nafaqat moliyaviy) kompaniyaning istagidir. 
Yangi raqamli texnologiyalar bir tomondan rivojlanish imkoniyatlarini 
oshirish va tanlash erkinligini ta‘minlasa, boshqa tomondan, bu ham 
kompaniyalar, ham mijozlar uchun moslashuvchanlikning jiddiy sinovidir. 
Shuni 
ta‘kidlash mumkinki, sug‗urtani raqamlashtirish sug‗urta 
kompaniyalari xodimlari faoliyatini boshqarishga va mahsulot turlariga 
ta‘sir qiladi. Bunda sug‗urta kompaniyalari risklarini xolisroq baholashi va 
natijada ishonchli sug‗urta portfelini shakllantirishi mumkin bo‗ladi. 
Bularning barchasi birgalikda mamlakatda sug‗urtani rivojlantirish uchun 
istiqbolli natijalarni taqdim etadi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə