59
Yuqoridagi 3 ta faza investitsion loyiha – hayotiy siklini tashkil etadi. (project
lifetime).
Investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi bo’lib,
investitsiya
oldi fazasi hisoblanadi.
Ushbu fazada loyiha ishlab chiqiladi, uning imkoniyatlari o’rganiladi, dastlabki
texnik-iqtisodiy tadqiqotlar – kuzatishlar o’tkaziladi, potension investor va loyihaning
boshqa ishtirokchilari bilan muzokaralar olib boriladi,
xom ashyo va uskunalarni
yetkazib beruvchilar tanlanadi. Agar investitsion loyihaga kredit jalb qilish ko’zda
tutilgan bo’lsa, unda bu fazada kreditni olish bo’yicha bitimlar tuziladi; investitsion
loyihani yuridik
jihatdan rasmiylashtiriladi; hujjatlarni tayyorlash, shartnomalarni
rasmiylashtirish va korxonani ro’yxatga olish amalga oshiriladi.
Loyihaning investitsiya oldi fazasida bo’lg’usi loyihalashtirish ob’ektining
imkoniyatlari o’rganiladi. Loyihaning bu hayotiy bosqich siklida, uning hayotga mos
qobilligi va jalb etuvchanligiga asos yaratiladi. Investitsiya
oldi fazasi loyihaning
to’liq xarakteristikasini berishi shart.
Ba’zi xollarda investitsiya loyihasining bu hayotiy sikl bosqichining
davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.
Investitsion loyihalarni TIA g’oyaning paydo bo’lishidan boshlab uning
moddiylikka aylanishigacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga
oladi va bu jarayon uch
bosqichdan iborat bo’lib, investitsiya oldi bosqichi (boshlang’ich bosqich),
investitsiya va ekspluatatsiya bosqichlariga bo’linadi.
Dastlabki bosqichda investitsion loyihaning TIA ishlab chiqiladi, uni moliyaviy-
iqtisodiy baholash ishlari
amalga oshiriladi, invetitsiyani amalga oshirish uchun
imkoniyatlar tahlil qilinadi hamda loyihani amalga oshiruvchi korxonaning moliyaviy
holati baholanadi. So’ngra kapital qo’yilmalar va investitsiyalash amalga oshiriladi,
shartnomalar tuziladi, loyiha bo’yicha qurilish ishlari olib boriladi,
uskunalar sotib
olinadi
va
ishlab
chiqarishga
tayyorlash
ishlari
o’tkaziladi.
Loyihaviy
moliyalashtirishning oxirgi bosqichida loyiha quvvati ishga tushiriladi va mahsulot
(ish, xizmat) ishlab chiqariladi.
60
Investitsiya oldi bosqichida TIA ishlari amalga oshiriladi va u eng asosiy
bosqich hisoblanadi. TIA mavjud
ishlab chiqarish omillariga, mahalliy bozor va
ishlab chiqarish shart-sharoitlariga bog’langan bo’lishi lozim. Tahlil natijalari
xarajatlar, daromadlar va sof foyda qismini yaqqol ko’rsatib berishi lozim. TIAni
ishlab chiqish tadqiqot natijasida aniqlangan kerakli moliyaviy mablag’lar
yetarli
darajadaligi ma’lum bo’lgandagina amalga oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: