61
qarorlarning bir qancha jihatlarini ko’rib chiqamiz:
- texnologiya – texnologiya ilmiy jihatdan asoslanganmi
va amaliyotga joriy
etilganmi? Texnika mazkur texnologiyani qo’llashga tayyormi?
- vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi xarajatlar – loyiha bo’yicha vaqti-vaqti
bilan yuzaga keluvchi xarajatlar hisobga olinganmi, masalan, texnika va uning
ishlash holati;
- atrof muhitga ta’siri – loyihada qo’llanilayotgan texnikaning atrof-muhitga
yetkazadigan zarari darajasi qanday.
Loyihaning iqtisodiy asoslanishi esa uning cheklangan resurslarni ishlatish
nuqtai nazaridan butunligicha milliy iqtisodiyotga qanday
sof foyda berishi bilan
aniqlanadi. Barcha resurslar u yoki bu darajada cheklangan va ularning barchasini
bir emas, bir qancha usullar bilan ishlatish mumkin. Masala shundaki, mazkur loyiha
mavjud resurslarni samarali ishlatishni ta’minlaydimi? Loyihani iqtisodiy asoslashda
undagi xarajatlar va daromadlar hisob-kitob qilinadi, ya’ni baholanadi.
Taniqli xorijlik iqtisodchi-olimlardan V.Berens, P.M.Xavraneklar fikricha:
«texnik-iqtisodiy asoslash – bu salohiyatli investorlar, loyiha quruvchilari va
moliyachilarni investitsiyalash va moliyalash usullari bo’yicha qaror qabul qilish
uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlovchi vositadir»
6
. Rossiyalik olim
V.G.Zolotogorov esa: «texnik-iqtisodiy asoslash -
bu investitsion loyihaning
samaradorligi va maqsadliligini ko’rib chiqishga imkon beruvchi texnik va tashkiliy
qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko’rsatkichlarni aks ettiruvchi hisob-
analitik hujjatlar to’plamidir»
7
, deya tavsiflaydi.
Prof. D.G’ozibekov ta’kidlaydiki: «texnik-iqtisodiy asoslash o’z mazmuniga
ko’ra loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy tadqiq
etish atamasi bilan aynan bir xil»
8
. Texnik-iqtisodiy asoslash potensial investorlar
hamda boshqa barcha ishtirokchilarni investitsiyalashning
ijtimoiy-iqtisodiy,
moliyaviy va ekologik jihatlarini oydinlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
6
Беренс В., П.М.Хавранек. Руководство по оценке эффективности инвестиций: Пер. с англ. перер. и дополн.
Изд-во. – М.: «Интерэксперт», «Инфра-М», 1995. – С. 6.
7
Золотогоров В.А. Инвестиционное проектирование: Учеб.пос. – Мн.: «Экоперспектива», 1998. – С. 33.
8
Ғозибеков Д.Ғ. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. – Т.: «Молия», 2003. – Б. 76.
62
Shuningdek, loyihaning muqobil strategiyasi va doirasiga baho beruvchi vosita,
resurslar marketingi, joylashgan o’rni, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologiyalar
haqidagi tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi hisoblanadi
9
.
Iqtisod fanlari doktori N. Karimov bu to’g’rida fikr bildirib, «loyihani texnik-
iqtisodiy asoslanishi loyihaviy tahlilning ob’ekti bo’lib hisoblanadi va u loyihaning
iqtisodiy, moliyaviy samaradorligini va loyiha bo’yicha xarajatlarni aniqlash,
moliyalashtirish manbalari va xatarlarni baholashdek o’z maqsadiga ega bo’ladi»
10
,
deb ta’kidlab o’tadi.
TIAning mohiyati va mazmuni bo’yicha yuqorida
bildirilgan fikrlarni
umumlashtirib, unga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: loyihani
amalga oshirishga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish asosida
loyihaning maqsadiga erishishning samarali yo’llarini aniqlovchi moliyaviy,
iqtisodiy, texnik va unga oid hujjatlar to’plamiga texnik-iqtisodiy asoslash deyiladi.
TIA loyihani amalga oshirishning imkoniyatlarini asoslaydi va bir muncha optimal
bo’lgan qarorni tanlashga imkon beradi. U loyihaning barcha jihatlarini ochib
berishini hisobga oladigan bo’lsak, uni ishlab chiqishdan oldin, loyiha tashabbuskori
yoki loyihani ishlab chiquvchi u bo’yicha barcha ma’lumotlarni to’plashi lozim.
Ma’lumotlar manbai bo’lib, qarz oluvchining faoliyatiga bevosita taaluqli hujjatlar,
shuningdek, turli iqtisodiy adabiyotlar hamda shaxsan o’zining
tajribasi xizmat
qiladi.
TIA – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ko’rishga
imkon beruvchi boshlang’ich ma’lumotlar, shuningdek, asosiy texnik va tashkiliy
qarorlar,
hisob-smeta,
baholash
va
boshqa
ko’rsatkichlarni
o’zida
mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plamidir. TIAni loyihaning
maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash
mumkin.
9
Ғозибеков Д.Ғ. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. Т.: «Молия», 2003. – Б. 76.
10
Каримов Н.Ғ. Инвестицияларни лойиҳавий молиялаштириш. «Бозор, пул ва кредит» журнали, 2000. – Б. 41.