O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/114
tarix19.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#150991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

Qora metal gruppasiga 
asosan temir va uning qotishmalari miqdori kiradi. 
Qolgan barcha metallar rangli metallar gruppasiga kiradi. 
Rangli metallar 
quyidagi gruppalarga bo‘linadi: 
a) og‘ir rangli metallar gruppasi: bu gruppaga mis, nikel, qo‘rg‘oshin, kaliy, 
kadmiy, kobolt, mishyak, surma, vismut, simob va boshqalar; 
b) kingil rangli metallar gruppasiga: alyuminiy, magniy, titan, natriy, 
berilliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy; 
v) qimmatbaho metallar gruppasiga: oltin, kumish, platina, osmiy, iridiy, 
rodiy, ruteniy va palladiy. 
Nodir metallar gruppasiga
: bu gruppaga suyuqlanishi qiyin metallardan 
volfram, molibden, tantal va sirkoniy, tarqoq mettallar (talliy, galliy, germaniy, 
indiy, roniy). 
Siyrak yer metallar
(lantan va lantanoidlar). 
Radioaktiv metallar
(poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran) va boshqalar. 
Metallarning va ular qotishmalarning ichki tuzilishi hamda xossalarini 
shuningdek, ularning tuzilishi bilan xossalari orasidagi bog‘lanishi o‘rganuvchi fan 
materialshunoslik deb ataladi. 
Metall va uning qotishmalari xossalari shu metal qotishmalarining ximiyaviy 
tarkibigagina bog‘liq bo‘lmay, balki uning ichki tuzilishiga, strukturalariga ham 
bog‘liqdir. 
Shunday qilib, 
temperature pasaygan sari elektr o‘tkazuvchanligi ortidigan 
elementlarni metallar deb atamoq kerak.
Bundan tashqari, absolyut nol temperaturada moddaning energiyasi minimal 
bo‘ladi. Bunday xolatlarda metallarning electron o‘tkazuvchanlik xossasi bo‘ladi, 
metalloidlarning bunday xossasi bo‘lmaydi, ammo temperature ko’tarilsa, 



metalloidlarga ham electron o‘tkazuvchanlik paydo bo‘ladi. Binobarin, metallarga 
berilgan yuqoridagi ta’rifga 
electron o‘tkazuvchanlikni
ham qo‘shish kerak. 
Mashhur rus olimi M. V. Lomonosov bunday degan edi: «Metallar bog‘lash 
mumkin bo‘lgan yaltiroq jisimlardir». Shunday qilib, metallar ta’rifiga 
bog‘lanuvchanlik 
va 
yaltiroqlik 
xossalarini, shuningdek, 
issiqlik o‘tkazuvchanlik 
xossalarini ham qo‘shish kerak ekan. 
Metallar yaltiroq va plastik bo‘ladi. Yaltiroqlik va, ko’pincha, plastic 
xossalari sof metallargina xos bo‘lib qolmay, balki ularning qotishmalariga ham 
xodir. Demak, metallarningqotishmalari ham metallar deb atasa bo‘ladi. 
Metallarning elektr tokini yaxshi o‘tkazishiga sabab shuki, juda kichik 
potensial ayirmasi xosil qilindi deguncha ular atomlaridagi elektronlar kela 
boshlaydi, ya’ni musbat qutb tomon boradi, natijada elektr toki vujudga keladi. 
Metalloidlarda bunday xossa bo‘lmaganligidan, ular elektr tokini o‘tkazmaydi. 
Metall va uning qotishmalarini fizik-mexanik va ximiyaviy xossalaridan 
tashqari, ularning texnologik xossalari ham ahamiyatga egadir. Bu xossalarga 
deformatsiyalanuvchanligi, 
quyuluvchanligi, 
kesib 
ishlanuvchanligi, 
payvandlanuvchanligi, 
toblanuvchanligi 
va 
boshqa 
xossalari 
kiradi. 
Metallshunoslikni bilmay turib xilma-xil xossali qotishmalar xosil qilish, bu 
qotishmalardan tayerlangan detal asbob va boshqalarning zarur kerakli tomonga 
uzgartirib bo‘lmaydi. 
Atom modeli 
XIX asrning oxirgi yillarida ko‘pgina hodisalar shu jumladan elektronlarning 
atomda xarakatlanishi klassik mexanika tushunchalari va terminlari bilan izohlab 
bo‘lmasligi tushunib etildi. Natijada atom va subatomlarda elektronlarning 
xarakatini boshqaruv qonun qoidalarini tushintirib beruvchi yangi prinsiplar 
sistemasini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘ldi. Bu qonun qoidalar 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə