Qotishmalarning turmushdagi ahamiyati Gomogen qotishmalar Geterogen qotishmalar



Yüklə 3,61 Mb.
tarix27.12.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#163512

Reja:


Qotishmalar

Qotishmalar – suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo‘lgan eritmalar.

Qotishmalar kristall tuzilishga ega bo‘ladi. Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta’siriga chidamli turlarga bo‘linadi.

Qotishmalarning xossalari ular tarkibini tashkil qiladigan moddalarning xossalariga bog‘liq.

Rux, mis, alyuminiy alohida bo‘lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 50 % mis, 45 % alyuminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta’sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi.

Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog‘liq bo‘ladi.

Kristallanganda ba’zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba’zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog‘lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi.

Gomogen qotishmalar – atom radiuslari o‘lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu–Au, Ag–Au, Na–K, Bi–Sb).

Geterogen qotishmalar – atom radiuslari o‘lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn–Al, Zn–Al).

Intermetall (metallararo) qotishmalar – elektrmanfiylik qiymatlari bir-biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo‘lgan qotishmalar.

Ayrim hollarda metallar bir-biri bilan aralashmaydi va qotishma hosil bo‘lmaydi.

Qotishmalar oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lishini rejalashtirilgan holda tayyorlanadi.

Qotishmalarning kristall panjaralari sof metallarnikidan keskin farq qiladi.

Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi tufayli sanoatda va maishiy turmushda keng qo‘llaniladi.


Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə