Mavzu: Metall va qotishmalarda birlamchi kristallanish jaryoni Reja: 1: Metallar 2: Qotishmalar



Yüklə 3,43 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü3,43 Kb.
#156962
Mavzu Metall va qotishmalarda birlamchi kristallanish jaryoni-kompy.info


Mavzu: Metall va qotishmalarda birlamchi kristallanish jaryoni

Mavzu:Metall va qotishmalarda birlamchi kristallanish jaryoni

Reja:

1:Metallar

2:Qotishmalar

3Kristallanish jarayoni

Metallar (lotincha: metallum; qadimgi yunoncha: metallon — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektromagnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir.


  • ,

Metallarning oksidlari suv bilan birikkanida koʻpincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. Metallar elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega. Metallar atomlari tashqi (valent) elektronlarini osonlikcha beradi. Metallarning kristall panjarasida hamma elektron oʻz atomi bilan birikkan boʻlavermaydi. Ulardan baʼzilari harakatlanadi.

Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga ega boʻlgani bilan, tarkibidagi moddalardan farq qiladi. Bir metalldan yasalgan qotishma shu metall xossalarini yaxshilaydi. Masalan, poʻlat uning asosiy masalligʻi - temirdan mustahkamroqdir. Odatda qotishmalar ularning masalliqlarini eritib, aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishmalar mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va qurilish sanoatlarida qoʻllaniladi


  • Qotishmalar suyuqlantirilgan metallarga boshqa metallarni yoki metalmaslarni erishidan hosil boʻlgan eritmalardir. Ular kristall tuzlarga ega. Qotishmalar: yumshoq, qattiq, qiyin va oson suyuqlanadigan, kislota va ishqorlarga bardoshli, chidamlilarga boʻlinadi

Qotishmalar tarkibiga koʻra: gemogen, geterogen, intermetal qotishmalarga boʻlinadi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi bilan sanoatda va maishiy turmushda keng qoʻllaniladi. 

Kristallanish — modda va jismlarning termodinamik turgʻunsizlik qolatdan turgʻun holatga oʻtish jarayonida kristallarnsht hosil boʻlishi. Kristallar hosil boʻladigan muhitlar oʻta sovitilgan bugʻ yoki toza modda suyuqligi, muayyan moddaning boshqa moddadagi oʻta toʻyinga eritmasi, boshqa kristall tuzilishli modda va h. k. boʻlishi mumkin.


  • Suvning sovib, qattiq qolatga oʻtishi ham K. jarayonidir. K.da jism energiyasi kamayadi, chunki bunda issiqlik kurinishida yashirin energiya ajralib chiqadi (K. issiqligi deyiladi) va bu jarayon moddaning erish temperaturasidan past temperaturadagina yuz beradi. Koʻpchilik jismlar uchun K. temperaturasi bosim ortishi bilan koʻtariladi. Suyuqlikda oʻsayotgan kristallda kattagina temperatura gradiyenti mavjud boʻladi. Bu hol turli qatlamlarda atomlararo masofalarning birday boʻlmasligiga olib keladi. Nihoyat, kristall oʻsib boʻlganidan soʻng, uning sovishida hosil boʻlgan termoelastik kuchlanishlar kristalldagi dislokatsiyani vujudga keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

INTERNET

YOU TUBE

E’TIBORIZ UCHUN RAXMAT



http://kompy.info
Yüklə 3,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə