O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Ta‟lim. 
Aholining turistik faolligi to‗g‗ridan – to‗g‗ri salohiyatli 
iste‘molchilarning ta‘lim darajasi bilan bog‗liq. Ta‘lim odamlarni qiziqishini kengaytiradi 
va shu sababli turizmga ta‘sir kiladi. O‗rta ma‘lumotli odamlar ko‗ngilochar sayohatlarni 
afzal ko‗radilar. Oliy ma‘lumotli odamlar esa ko‗prok sayohat qilishga molikdirlar. Bu 
toifadagi aholida yuqori darajada daromad manbai bo‗lib, sayohat chog‗ida asosiy 
harakatlanish vositasi sifatida aviatransportni afzal ko‗radilar. 
Kasb. 
Turizm tovar va xizmatlarining haridiga turistning qanday kasb bilan 
shug‗ullanishi ma‘lum ma‘noda ta‘sir ko‗rsatadi. Idoralarda ishlovchilar, xizmatchilarga 
nisbatan ko‗prok sayohat kiladilar. Lekin yil mobaynida ko‗prok sayohatni menedjerlar, 
bank xodimlari va boshqaruv apparati xodimlari amalga oshiradilar. Turistik firmalar 
mashg‗ulot turlari buyicha guruhlarni aniqlab olishga harakat kiladilar. Ba‘zi bir turistik 
firmalar aniq bir kasb guruhlari uchun maxsus tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashtirilganlar.
Irqi
. O‗zbekiston ko‗p millatli respublika. Ma‘lum bir millat va irqning kamligi 
ham turizm xizmatlarining salohiyatli iste‘molchilaridir. Aholining bu qismi o‗zlarining 
milliy an‘analari, madaniyati va urf- odatlariga ega. Bu guruh odamlarida mahalliy 
aholidan farqli ravishda harid qobiliyati o‗ziga xos bo‗ladi. Bu guruhdagi salohiyatli 


23 
iste‘molchilar o‗zlariga alohida maxsus yondashishni va maxsuslashgan marketing 
dasturini bo‗lishini talab kiladi. 
Jinsi. 
O‗zbekiston aholisi tarkibida ayollar 51 % ni tashkil qiladi. Bundan 
tashqari doimo usuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda ayollarning roli oshib 
bormoqda. Bu omillar ayollarni turizm bozoridagi asosiy segmentga aylantirmokda. 
O‗zbekistonda ishlovchi ayollardan ko‗ra uy bekalari ko‗p. Ishlovchi ayollar ko‗p 
xollarda yuqori daromadlarga ega va shu sababli oilada qo‗shimcha daromad bo‗lishi 
tufayli sayohatlarga yetarli pul mablag‗lari bo‗ladi. 
Ishlayotgan ayollar orasida kareraga qiziquvchi ayollar turfirma uchun ancha 
istiqbollidir. Shu sababli jinslarning ijtimoiy rolida o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda va bu 
iste‘molchilar harakatidagi o‗zgarishlarga olib kelmokda. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə