O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
Tayanch so‘z va iboralar

joylashtirish vositalari, kollektiv joylashtirish 
vositalari, individual joylashtirish vositalari,
 
mehmonxona turlari, keping, turistik 
avtofurgon, restoran, kafe. 
 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
 
1.
Turistlarni joylashtirish vositalari necha guruhga bo‗linadi? 
2.
Mehmonxonalar va anologik korxonalarga nimalar kiradi? 
3.
Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalariga nimalar kiradi? 
4.
Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari nimalarga asoslanib aniqlanadi? 
5.
Xususiy joylashtirish vositalarining ahamiyati nimalardan iborat? 
6.
Turistik mehmonxonalarda qanday xizmatlar ko‗rsatiladi? 
7.
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi nimalarga asoslanadi? 
8.
Turistlarga xizmat ko‗rsatadigan qanday ovqatlantirish korxonalarini bilasiz? 
9.
Turistlarni ovqatlantirish turlari bo‗yicha qanday xizmatlarga bo‗linadi? 


50 
VII.Mavzu: Transport xizmatini tashkil etish 
Reja: 
7.1.Turistlarga transportda xizmat ko‗rsatishning mazmuni. 
7.2.Turistik mahsulotlar tarkibida transportning ulushi. 
7.3.Avtobuslarda turistlarni tashish. 
7.4.Dengiz transportida turistlarni tashish. 
7.5.Turistlarni hayvonlar yordamida tashish. 
7.1.Turistlarga transportda xizmat ko„rsatishning mazmuni. 
 
 
Transport tizimlarining barcha turlari yagona maqsadni — tashish xizmatlarini 
ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni ko‘zlaydi.
Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish turistlarni va ularning yuklarini bir 
joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun 
mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflanadi.

Transport xizmatlari ko‗rsatish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan huquqiy 
bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar: 1) turli xalqaro transport tashkilotlari tomonidan; 2) 
mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida; 3) yuk va yo‗lovchi tashuvchilarning 
ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan. Xalqaro turizmni amalga oshirishda transport 
xizmatlari ko‗rsatishning turli jihatlariga alohida diqqat-e‘tibor berish lozim. Sayohatlar 
sohasida xalqaro hamkorlik chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya 
nazoratini amalga oshirish normalari va qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni 
taqozo etadi.
Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib 
qo‗yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poyezdlar, 
avtomobillar, muzyorar va suvosti transport i va b.) paydo bo‗lishiga, shuningdek 
transport xizmatlari ko‗rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. 
Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan‘anaviy 
usullarida, yuk va yo‗lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va 
rivojlanishida, turli axborot tizilari ishlab chiqilishida, yo‗lovchi tashishning texnik va 
texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning 
xavfsizligi oshirilishida o‗z ifodasini topmoqda.
Muayyan transport tuzilmalari o‗rtasida hamda har bir transport turi doirasida 
yo‗lovchi tashuvchilar o‗rtasidagi raqobat kurashi yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatishning 
takomillashuvi jarayoniga kuchli turtki berdi. Servis sifati va darajasining oshishi 
harakatlanadigan tarkibning hozirgi texnik jihozlanishida, yo‗lovchilarga qulay va 
shinam shart-sharoitlar yaratilishida, transport vositalari bortida yo‗lovchilarning dam 
olishi tashkil etilishida, yo‗lovchilarni ovqatlantirish sifatining oshishida, transport 
kompaniyalarining doimiy mijozlari uchun rag‗batlantirish dasturlari ishlab chiqilishida 
namoyon bo‗lmoqda. Yo‗lovchi tashuvchilar transportda bolalar va nogironlarga, 
shuningdek boshqa toifa yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha maxsus tadbirlarni 
amalga oshirmoqdalarki, bu yo‗lovchilarning ehtiyojlarini to‗laqonli qondirish uchun 
imkoniyat yaratmoqda. 
Turli transport tizimlari o‗rtasida yaqin hamkorlik transport xizmatlari ko‗rsatish 
sohasidagi muhim yo‗nalishlardan biridir. Bu multimodal vokzallar tashkil etish, qatnov 
jadvallarini muvofiqlashtirish, transport xizmatlarini uyg‗unlashtirish va yo‗lovchilarga 
kompleks xizmatlar ko‗rsatish imkonini beradi.


51 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə