O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

3.Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba 
Turistik mehmonxonalarning nomer fondida 2 kishilik xonalarga bo‗lgan talab o‗sib 
bormoqda, uning umumiy nomerlari nomerlar sonining 80 - 90 % ini tashkil qiladi. 
Nomerning ichki tashkil etilishi hordiqning aniq shakliga ko‗ra aniqlanadi. Masalan, 
kurort mehmonxonalarida uxlash joyi yoki dam olish zonasining nafaqat nomerda, balki 
balkon, lodjiya va ayvonda ham tashkil qilinishi harakterlidir. Oilaviy horgiq 
mehmonxonalarida esa nomerda dazmollash, quritish moslamalari va kichiq oshxona ham 
bo‗lishi talab qilinadi. 
Turistik mehmonxonalardagi nomerlar mehmon kutish va kunduzi muloqot joyi 
shaklida ham bo‗ladi. Nomer kichkina bo‗lsa, mebel va yotoq o‗rnini kichraytirish 
mumkin bo‗lgan jihozlar egallaydi. Kurort mehmonxonalari tarkibida profilaktik 
davolanish va cho‗milish uchun havza (basseyn) barpo qilinadi. Oilaviy hordiq 
mehmonxonalarida esa bolalar cho‗milish havzalari va bolalar jihozlarining bo‗lishi talab 
etiladi. 
Xalqaro turizmni tashkil etishda turistik mehmonxonalar yoki turli me‘yordagi 
mehmonxonalar alohida ahamiyatga ega. Har bir mamlakatda ularning nomlanishi turlicha 
bo‗lishi mumkin, lekin maqsadi bir. Turistik mehmonxona - jihozlangan uy (yoki boshqa 
xona) bo‗lib, turistlarga marshrut dasturiga muvofiq har tomonlama (kompleks) xizmat 
ko‗rsatishga mo‗ljallangan (joylashtirish, yashash, ma‘lumot va maishiy xizmat, ko‗ngilli 
hordiq va boshqalar). U turistik majmua tarkibiga kirishi yoki alohida korxona sifatida 
ishlashi mumkin. Turistik mehmonxonalar, qoidaga ko‗ra, turli marshrutdagi va barcha 
ijtimoiy guruhlarni qabul qilishga mo‗ljallangan. 
4.Mehmonxona majmualarida ish samaradorligini oshirishda xorij tajribasi 
Dunyodagi eng yirik otel Tailandning Pataya shahrida joylashgan ―Ambassador City 
Jomitien‖dir. U 5100 nomerli bo‗lib, 40 gektar atrofidagi maydonni egallaydi. 20 ta eng 
yirik otellarning 13 tasi Las-Vegasda joylashgan. Zamonaviy Las-Vegas alohida yirikligi 
bilan farqlanadi. Yaqindagina eng yirik deb hisoblangan (masalan, 1515 o‗rinli ―Caesuras 
Palace‖) bugun 20 ta eng yirik otellar ro‗yxatiga ham kirmay qoldi. 
Las-Vegas - bu hordiq sanoatining umume‘tirof etilgan (lideri) shahari sanaladi. 
Shaharda 50 ta kazino bo‗lib, ularning ko‗pi otel hududlarida joylashgan. Ushbu 
otellardagi apartamentlar o‗lchami va qulayligi jihatidan eng katta va yaxshisidir. Bunda 
mini-basseynlar, bir necha yirik teleekranlar, ikki va undan ortiq xonalar, holl va 
yotoqxonalar oshxona hamda barlar mavjud. Bunday apartamentlar binoning alohida 
ajratilgan tomonida joylashtirilgan va shaxsiy band qilib qo‗yilgan joy ya‘ni bron qilish 
xizmatiga ham ega. 
Ko‗pgina kazinoli otel nomerlari badavlat mijozlar uchun maxsus saqlanadi, ularning 
narxi 1000 AQSh dollaridan 25000 AQSh dollarigachadir. Ba‘zan kazinoga keladiganlar 
u yerdagi eng qimmat nomerdan ham kattaroq mablag‗ni tashlab ketadilar. Shuning uchun 
bunday mehmonxona xodimlarining eng asosiy vazifasi avvalo mijozning talab va 
istaklarini qondirishdan iborat. Demak, xorijiy mamlakatlar turizmida turistik biznes 
mehmonxonalar faoliyatini qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan bo‗ladi hamda u valyuta 
daromadini oshirishga xizmat qiladi. Avvalo, turistik biznes Meksikaga valyuta 



127 
daromadining 44 % ini, Portugaliyaga 28 % ini, Avstriyaga 23 % ini va Italiyaga 41 % ini 
beradi. Bu holatlarni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida to‗liq ko‗rish 
ularda mehmonxona biznesini amalga oshirish borasida qilingan ishlarning yuqori 
ekanligidan dalolat beradi. Ayniqsa, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Turkiya va Birlashgan 
Arab Amirliklari kabi quyidagi mamlakatlar turizmi tajribasida mehmonxona biznesining 
samarali yo‗lga qo‗yilgan: 
AQSH tajribasi. Mehmonxona biznesini tashkil etishda AQSHdagi havo yo‗llari 
xususiy sektor bo‗lib, ularning uchtasi jahondagi eng yirik avialiniyalar hisoblanadi. 
Turistlarni tashish bilan shug‗ullanadigan temir yo‗llar davlatga tegishli bo‗lib, jahon 
mamlakatlaridagi bugungi kun yutuqlarining barchasi shular tufayli boshlangan.
Yaponiya tajribasi. Yaponiyada asosan mamlakatda joylashgan mehmonxonalar 
mehmonxona biznesini samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, shahar 
markazidagi Shinjuko shahar zali va Tokio opera shahar konsert zalining orasida 
joylashgan Shinjuku Astina hotel Tokio mehmonxonasi bo‗lib, unda kundalik kontinental 
nonushta, 24 soatlik xizmatlar, maishiy qulayliklar, mashinalarni joylash, kundalik 
nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun ochiq bo‗ladigan restoranning mavjudligi kabi 
xususiyatlar xos hisoblanadi.
Turkiya tajribasi. Turkiyada mehmonxonalar biznesining asosida dam olish, 
hisoblashish tizimi, xizmat ko‗rsatishning standartlari va sifati yotadi. Mamlakatda 
turistlar istalgan qurort shaharlarga borib dam oladilar va bu hammaga manzur
keladi. Mamlakatda bir mehmonxonani bir nechta filiali mavjud va ular bir-biridan
farq qiladi. Tashrif buyurgan sayyoh oldiga katta tanlash huquqi qo‗yiladi va bunda
u istagan turdagi mehmonxona nomerlarini band qila oladil. Mehmonxona
xizmatining narxi mehmonxona yulduzi, tanlangan nomeri va ovqatlanish tizimiga
bog‗liq bo‗ladi. 



128 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə