xususiyati
bundan iboratki, ko`zg`alishning yangi vujudga kelayotga
markazlarining faoliyatini cheklash bilan qanoat hosil qilmasdan. balki zaif
qo`zg`atuvchilarni o`ziga tortadi va ana shu yo`l bilan ularning hisobiga
kuchayadi. muayyan darajada ustunlikka erishadi.
Shunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari to`g`risida mulohaza
yuritilganda fan olamida ikkita ta’limotning mohiyatiga to`xtaladi. Ushbu
ta’limotlarping birinchisi (I. P. Pavlov qalamiga mansub) diqqatning fiziologik
asosi ko`zg`alish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobig`ining ayrim
uchastkalarida to`planishi natijasida optimal ko`zg`alish o`chog`ining hosil
bo`lishi va ayni vaqtda manfiy induktsiya qonuniga binoan miya kobig`idagi
boshqa nerv markazlarining ma’lum darajadagi tormozlanishidir. Ikkinchisi esa
A.A Uxtomskiyning dominanta nazariyasining talqinidan iboratdir. Chunki
dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo`zg`aluvchanlik qobiliyatiga
ega bo`lgan qo`zg`alish markazidir. Dominanta mavjudligida
undan boshqa nerv
markazlari tormozlangan bo`ladi. U markaziy nerv tizimiga kelgan har qanday
ko`zg`olish, impulьslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradida, shu
tariqa boshqa markaz-larni tormozlash evaziga o`z faoliyatini yana kuchaytiradi.
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqkat deb psixik faoliyatning
yo`naltirilishi va shaxs uchun ma’lum darajada ahamiyatga ega bo`lgan
ob’ektning ustida to`planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik
jarayonki, u insonning jamiki faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi va ularning
muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati
haqidagi ta’limoti, A. A. Uxtomskiy surgan dominantlik, printsipi va ularning
zamondoshlari tadqikotlari diqqatning fiziologik asoslari
va mexanizmlarini
ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi.
Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok. tasavvur, xotira, tafakkur, xayolva
boshqalarni) vujudga kelish, rivojlanish va tako-millashishning zaruriy shartidnr.
Bilish jarayonlarining birligi, barqarorligi. o`zaro ularning uyg`unligi,
samaradorligi, mazmundor-ligi va tizimliligi bevosita diqqatga bog`liqdir.
Insonning har bir bilish jarayoni faqat diqqat yordamidagina ro`yobga chiqa
oladi (lekin qiziqish va irodaviy aktni e’tibordan chetda qoldirmaslik shart).
Agarda diqqat passiv (faolsiz) qo`zgatuvchilar yordamida vujudga kelsa, u
takdirda bilish jarayoni mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto tormozlanishi ham
mumkin.
Diqqat kuchsiz, beqaror, ob’ektga to`planishi zaif bo`lsa, kishining
diqqati uzoq vaqt muayyan vazifani bajarishga ongli ravishda yo`naltirilgan
taqdirdagina biliig jarayoni maqsadga muvofiq amalga oshadi.
Ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalar, sub’ektiv ruhiy kechinmalar,
muayyan taassurotlar, insonning xulqi, faoliyati diqqatning ob’ekti bo`lib
hisoblanadi. Diqqat jarayonida ongning voqelikka nisbatan tanlab munosabatda
bo`lishi to`planish, qaratilish, yo`naltirish, mustahkamlanish xususiyati namoyon
bo`ladi. Odamnin biron-bir ob’ektga e’tiborini yo`naltirar ekan, u ongida faqat
xuddi shu obьektning o`zinigina
aks ettirib qolmasdan, balki ayni bir davrda
ko`rilgan narsalar va hodisalarni ong doirasidan chetda qoldirmaydi. Diqqatning
qo`lami kanchalik keng doiraga yoyilsa, demak, u tanlangan ob’ektning mikdori
shunchalik ko`p bo`ladi.
118
Diqqat qaratilgan tashqi ifodaga ega bo`lgan ob’ektni sezish, idrok qilish.
A. N. Leontьev mulohazasiga ko`ra, bu orientir faoliyati emas, chunki
ob’ektning paydo bo`lishi bilan diqqat ham namoyon bo`ladi, ob’ekt yo`q
bo`lsa, demak diqqat ham bo`lmaydi, deb ta’kidlaydi. P. YA. Galьperin esa,
ob’sktning paydo bo`lishi bilan dikqat yuzaga keladi. Ob’ekt yo`kolganidan
keyin esa psixik qism bo`lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi.
Demak, diqqat ongning bir ob’ektga yo`naltirilishi
va ongli holatni nazorat
qiluvchi jarayondan iboratdir.
Shunga o`xshash g`oya L. S. Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida
ham ko`zga tashlanadi. L. S. Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo`lgan ikkita
ustanovka turini ajratib ko`rsatadi: Sensor usganovka-tayyorgarlikda
idrokning ustunligi qobiliyati. Motor ustanovka tayyorgarlikda harakatning
ustunligi qobiliyati.
P. P. Blonskiynipg mulohazasicha, diqqatning asosida kishining ijtimoiy
qiziqishlari yotadi. Psixologlar orasida diqqatni tushuntirishda turli qarashlar,
nazariyalar vujudga keladi, vaholanki P. P. Blonskiy dikkat bilan qo`rquv,
vahimani bir narsa deb qaradi. Qo`rquv-bu diqqatning intensivroq namoyon
bo`lishi, ya’ni maksimal darajada aks etishi deb tushuntiradi. Bu yerda psixik
faoliyatning ma’nosi butunlay yo`qotib ko`rsatilgan
tuyuladi va diqqat biologik
nuqtai nazardan qaralganga o`xshab ketadi. Biologik pozitsiyada diqkat bosh
miya yarim sharlari faoliyati bilan emas, balki vegetativ nerv tizimi bilan
bog`liqlikda tushuntiriladi.
Ulug` rus pedagogi K. D. Ushinskiy ishlarida diqqat to`g`risida juda ko`p
fikrlar aytilgan. Uning fikricha, diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona
eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib
kiradi. Diqqat ob’ektni to`la va aniq idrok qilish qobiliyatiga ega. Ziyraklikning
qator sabablariga oldin idrok qilingan ob’ekt izlarining ahamiyatidan tashqari,
Ushinskiy «ta’sirotning kuchi va to`plangan aktlarni boshqara olishni
ko`rsatadi. Bolaning rivojlanishi uning diqqatini to`g`ri yo`naltira bilishdaligini
muallif ta’kidlaydi. Diqqatning to`laligi, barqarorligini ta’minlovchi to`planishning
psixologik mexanizmlarini muhokama qilish ham
Ushinskiyning asarlarida uch-
raydi. U diqqatning asosiy omili irodaviy boshqarish deb hisoblaydi. Shuning
uchun diqqatni maqsadga yo`naltirib boshqara olish qiyin va murakkab
jarayondir. K. D. Ushinskiyning ko`rsatishicha, kishi o`z hissiyotlarini diqqat
orqali boshqaradi, bunda u ixtiyoriy yo`naltiriladi. Muallif diqqat turlarini
ixtiyorsiz yoki passiv, ixtiyoriy yoki aktiv kabilarga ajratadi. Uningcha, ixtiyoriy
diqqat bizning tomonimizdan zo`r berish orqali o`ziga predmet tanlaydi
Ixtiyoriy diqqatni ob’ektivlashtirish aktiv xarakteridan biridir.
K D.
Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga
ko`ra hosil bo`ladi. Tashqi sabablar, ko`zg`atuvchining kuchiga, organizmning
ayni vaqtdagi holatiga bog`liq. Passiv diqqatning ichki sabablari bizning
sezgilarimiz izlarini bog`lanishidir. Idrok qilingan ob’ektning yangiliklar
bosqichini diqqatning istovchi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat
qaratilayotgan ob’ekt ma’lum o`lchovda bo`lishi kerak.
Diqqatning psixologik tahlilini K. D. Ushinskiy tarbiya mu-ammosi bilan
119