O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73

xatti-harakatlariga  hukmronlik kilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. 
Irodaning kuchi yoki kuchsizligini aks ettiruvchi holatlar uning individual 
xususiyatlarini namoyon kiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi 
kuchli va irodasi sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy 
fazilatlari, sifatlari, xislatlari, illatlari to`g`risida mulohaza yuritiladi. 
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo`lib, inson ongining mohiyatini 
kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to`planishi tufayli shaxsning 
irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan. XVII asrdayoq, 
Gobbs va Spinochalar ta’kidlab o`tganlaridek, faollik manbai bemahsul sohaning 
paydo bo`lishi deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch-kuvvatining 
xissiy intilishi bilan uzviylikda qaramoklik lozim. Spinozaning fikricha, iroda 
bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy munosabatning tug`ilishi 
irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo`lsa, ikkinchn bir 
tomondan u mustaqil substantsiya sifatidatan olindi ham. V. Vundtning 
mulohazasicha, irodaning negizida appertseptsiya aktining sub’ekti tomonidan 
ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu kontseptsiyasi emotsional 
yoki effektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan 
olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga korishtirib bo`lmaydigan 
birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g`oya dastlab dinamik tendentsiyaga 
ega bo`lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami binan bir 
g`oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini taьminlashdan iboratdir. 
Psixologiyada yetarli darajada kat’iy fikr qaror topgankim, iroda-bu 
insoning ko`ylgan maqsadlariga erishishga yo`naltirilgan ongli faoligidir. Iroda 
tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad qo`ya olish qobiliyati, o`z 
emotsiyasini boshqarish, shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish kiritiladi. V. I. 
Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqkan holda ayrim xulosalar 
chiqaradi:  
a) iroda – bu shaxsning o`z faoliyatini va tashqi olamdagi o`zini o`zi 
boshqarilish shakllarini anglashning tavsifidir; 
b) iroda – ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va 
bosqichlariga taalluqlidir; 
  v) iroda – bu amaliy ongining va qayta quriluvchi olam, shaxsning o`zini 
ongli idora qilishlikdir; 
  g) iroda – bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog`liq bo`lgan 
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatning motivi (turtkisi) hisoblanmaydi. 
V.I. Selivanov irodannng psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday 
g`oyani ilgari suradi, insoning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o`zida 
mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u 
yoki bu ongli harakati o`zining tuzilishiga ko`ra, u bir davrning o`zida ham aqliy 
ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. 
Tadqiqotchi V.L. Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli 
sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma’nosining o`zgarishi hisobiga uni 
tormoqlovchi yoki qo`shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni 
harakat bilan birlashtiruvchi yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin 
qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni «ixtiyoriy boshqariluv ko`rinishlarining 
 
126


bittasi sifatida» tushuniladi, bunda boshqariluv motivatsiyaning ixtiyoriy 
o`zgarish orqali amalga oshirilishi ta’kidlaniladi. 
Yuqoridagi mulohazalardan ko`rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani 
tushunish, ta’riflash bo`yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy 
sifatlarning ma’noviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy 
qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan, V.A. Krutetskiy o`z asarida irodaviy 
sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, 
intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi. 
P.M. Yakobson bo`lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, 
kat’iyatlilik, tirishqoqlik, o`zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon 
bo`ladigan irodaviy sifatlar sarasiga L.I. Shcherbakov mana bularni kiritadi: 
sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, erinchoqliq 
va tirishqoqlik, dadillik va qat’iyatlilik, chidamlilik va o`zini uddalashlik, botirlik 
jasoratlik. 
Lekin aksariyat ilmiy psixologik adabiyotlarda irodaviy sifatlar qatorida 
«ishonch» atamasi sanab o`tilmagan. Shunga qaramasdan, ishonch iroda sifati 
tariqasida tadqiq etilishiga haqlidir. Buning uchun A.I. Shcherbakov 
tadqiqotidan namuna keltirishning o`zi yetarlidir. Tadqiqotchining 
ta’kidlashicha, bir talabaga institutni qisqa vaqt (fursat) ichida tugatish taklif 
qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. 
Shundan so`ng eksperimentator talabada o`z kuchiga ishonch uyg`otishga maqsad 
qilib qo`ygan va unda irodaviy zo`r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini 
shakllantirgan. Buning natijasida talaba o`z maqsadiga erishishga musharraf 
bo`lgan. Bunga o`xshash tajribalar boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham 
o`tkazilganligi ilmiy adabiyotlarda uchraydi. Shuning uchun ham o`z kuchiga 
ishonch psixologik hodisa sifatida o`rganilishi ko`pchilikni kichiktiradi, chunki 
kuchli irodaviy zo`r berish kamday omillar bilan shartlanganligini kashf qilish 
muhim ilmiy muammo hisoblanadi. Xuddi shu bois hozirgi zamon psixologiyasining 
irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy 
tamoyili (printsini) ishlab chiqilmagandir. 
Ushbu psixologik muammoni hal qilish maqsadida V. K. Kalin irodaviy 
sifatlarni taspiflashga (klassifikatsiyalatga) qaror qiladi. Uning nuqtai nazarida, 
bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida vujudga keladi, ammo bunda 
uning itellektual va axloqiy jabhalari ishtirok etmaydi  U bazal sifatlarni 
aniqlash uchun ongning quyidagicha namoyon bo`lishini tanlaydi: 
 
A) faollik darajasining ortishi; 
 B) zarur bo`lgan faollik darajasini quvvatlash; 
 
B) faollik darajasining pasayishi. 
Ana shulardan kelib chiqqan holda tadkiqotchi quyidagi sifatlarni mulohaza 
uchun tavsiya qiladi; (ayratlilik, chidamlilik, vazminlik. Agarda bu jarayonda 
intellektual negiz ishtirok etmasa, shy narsani tushunib bo`lmaydi, qaysi hal 
qiluvchi qurilma hisobiga vaziyat baholanadi va harakatni kuchaytirish
quvvatlash, pasaytirish to`g`risidagi komanda beriladi. 
V. K. Kalin bazali tizimga kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi deb 
nomlaydi, chunki ularda bilimlar, ko`nikmalar, emotsiya va intellektning paydo 
 
127


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə