O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73

deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarning sodda 
majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, zaruriy o`zaro 
bog`liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning 
qonuniy tarzda o`zaro bog`liqligi turlicha aks etishi mumkin. 
Har qaysi tip uchun o`ziga xos xususiyatlarning o`zaro aloqasi, har bir 
alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari 
bilan bog`liqligida ham aks etadi. Masalan; o`zini tuta bilmaslik yoki o`zini tuta 
bilish temperamentning bitta tipi uchun: a) ehtiroslik shiddat, b) jazava-yuksak 
darajadagi muvozanatsizlikdir; bir xil tip uchun o`zini tuta bilish-emotsional 
irodaviy bir me’yorda tutish bo`lsa, boshqasi uchun u  ulug`vorlik, vazminlik 
namunasidir. 
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi  
muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanadi. 
1.
 
Senzitivlik (latincha  sezish, his qilish degan ma’noni anglatadi). Senzitivlik 
yuzasidan insonda bironta psixik reaktsiyani hosil qilish    
uchun zarur bo`lgan o`ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, 
jumladan, sezgilarning paydo bo`lishi uchun  kerak  
 qo`zg`ovchining ozgina kuchi  yaьni ularning  quyi  chegarasi, ehtiyojlar 
qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi mujassamlashadi. 
2.
 
Reaktivlik. Bu to`g`rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi 
 tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional  
reaktsiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning 
yorqin ro`yobga chiqishi -emotsionallik, ta’sirlanuvchanlik ifodalanishidir. 
3.
 
Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan  
tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda  
ob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan  
yengishiga qarab fikr yuritiladi. 
4.
 
Reaktivlik bilan faollikning o`zaro munosabati. Odamning 
faoliyati ko`p jihatdan nimaga bog`liqligiga binoan, chunonchi  
tasodifiy    tarzdagi    tashqi     va    ichki     sharoitlarga    (kayfiyatga,favquloddagi 
hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga ko`ra fikr 
bildirish nazarda tutiladi. 
5.
 
Reaktsiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaktsiyalar va jarayonlar- 
ning kechish tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq  
sur’atiga,    farosatlilikka,    aql  tezligiga    asoslanib    xulosa chiqariladi 
6.Harakatlarning silliqligi va unga karama-qarshi sifat rigidlik (qotib 
kolganlik). shaxsning o`zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va 
chaqqonlik bilan muvofiklashishiga yaьni   silliqlik   bilan   moslashishga,   
shuningdek,   uning  xatti-harakatlari  kanchalik sust va zaifligiga  nisbatan baho 
berishdan iboratdir. 
7.Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati 
 va reaktsiya  ko`p jihatdan  nimalarga bog`likligiga,  chunonchi  
favquloddagi tashqi taassurotlarga  va   ichki  timsollarga,    
tasavvurlarga,    mulohazalarga     taalluqligiga asoslangan holdagi  munosabatdir. 
Sangvinik-juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi;  
 
137


yolg`on dalillarga jaxli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma’ruzalar  
diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko`p ishlatadi, chehrasiga  
qarab kayfiyatini anglab olish kiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz 
ta’sirni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik 
munosabati muvozanatda, intizomli, o`zini tiya biladi,  
boshqara oladi. Xatti-harakati jo`shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql 
idroki tiyrak, topqir, kiziqishlari, kayfiyati,  
intilishlari o`zgaruvchan. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko`ngli ochiq, 
dilkash, muloqotga tez kirishadi. Xayolati yuksak darajada 
rivojlangan, tashki ta’sirlarga hozirjavob va hokazo. 
Xolerik-sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va  
reaktiv. Ko`pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serzarda, 
tinimsiz.Sangvinikka karaganda silliqrok, lekin ko`proq qotib kolgan. Qiziqishlari, 
intilishlari barkaror, xatti-harakatlarida qat’iylik mavjud. Biroq dikkatni bir joyga 
to`plashda qiynaladi. Nutq sur’ati tez  
va hokazo. 
Flegmatik-senzitivligi sust, his-tuyg`usi    kam o`zgaruvchan, shunga  
ko`ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko`ngilsiz 
hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin, 
kam harakat. Imo-ishorasi, mimikasi ko`zga  
yakkol tashlanmaydi. Lekin, serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli.  
Nutq va harakat sur’ati sust. Diqkatni to`plashi osoyishta. Diqqatni  
ko`chirish kiyin. Introvert, kam gap, ichimdan top. Yangilikni kabul qilishi murakkab. 
Tashki taassurotlarga sustlik bilan javob beradi. 
Melanxolik-senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g`ayratsiz. Arazchi, xafaxon. 
Jimgina yig`laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha 
ishchan emas. Diqqati beqaror. His-tuyg`usi sust o`zgaradi, rigid va   introvert. 
Psixologik ma’lumotlar e’tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari 
temperament tiplari o`rtasidagi tafovutlarning sababchisidir. Shuning uchun irsiy 
fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) 
egizaklarning temperament xususiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan 
(geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil 
tasdiqlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda geterozigot egizaklardan farqli 
o`laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatlari shunchalik o`xshashki, 
hatto ular irsiyat yo`li bilan berilish omilini 85% tasdiqdash imkoniyatiga ega. 
Tarbiyaviy muhit turlicha bo`lishiga qaramay, o`xshashlik saqlanib qolishi 
tajribalarda ko`p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari 
o`zgarishi to`g`risidagi ma’lumotlar inkor etilmaydi, unga favkuloddagi 
tashqi hamda ichki sharoitlar keskin ta’sir o`tkazadi. 
Shuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarning turmush 
sharoiti bilan tarbiyaviy ta’sirida o`zgarish jarayoni temperament tiplarining 
takomilashuvidan farqlay olish shart. Ma’lumki, temperament tipi unga 
mutanosib xususiyatlari birdaniga paydo bo`lgan narsa emas, chunki nerv 
sistemasining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta’sir 
o`tkazib, o`z izmini koldiradi. Shaxsning kamolotiga binoan, temperament 
 
138


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə