О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə29/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158
ДАРСЛИК

Qarorlarning turlari

Boshqaruv qarorlari belgilariga qarab turlicha tasniflanadi:

Qarorlarning mohiyati kо‘ra siyosiy yoki iqtisodiy;

Muammoning aniqligiga kо‘ra tavakkalchilik sharoitida;

Ta’sir muddatiga asosan strategik yoki nostandart;

Shakliga kо‘ra umumiy va xususiy;

Motivatsiya ta’siriga kо‘ra, rejalashtirish va tashkillashtirishga yо‘naltirilgan qarorlar turlari kо‘pincha madaniyat va san’at sohasi boshqaruvining faoliyat doirasidagi hujjatlar tо‘plamida kо‘rinadi.

Agar qarorlarni rahbarning shaxsiy xislatlari bilan bog‘langan holda kо‘rsak, muvozanatlashgan, tavakkalchilik asosida qabul qilingan qarorlarni ham kо‘rishimiz mumkin.

Boshqaruv qarorlarini tasniflar ekanmiznoaniq, yokitavakkalchilikka asoslangan, axborotlari asosli bо‘lmagan, ijrosida bajarilish ehtimoli noaniq bо‘lgan, zarurat yuzasidan qabul qilingan qarorlarga ham duch kelamiz, bu qarorlar odatda noaniq qarorlar sirasiga kiradi.

Har xil baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar, tashkilot faoliyatida kechiktirib bо‘lmaydigan tarzda olingan axborotlarga asosan qabul qilingan qarorlar tezkor ya’ni operativ qarorlar turkumiga kiradi.

Bir kunlik, bir haftalik, bir oylik, biir choraklik, bir yillik, besh yillik qarorlar esa ma’lum muddatli qarorlar nomi bilan yuritiladi.

Faqat aniq axborotga asoslanib, ijrosi mukammal ta’minlanishi shart bо‘lgan qarorlar aniq qarorlar deyiladi.

Qaysi bir tashkilotning faoliyat darajasiga sezilarli ta’sir qilishi mо‘ljallangan yoki u yoki bu darajada faoliyatning yaxshilanishiga, taraqqiy etishiga xizmat qilishi kerak bо‘lgan qaror tavsiyali qaror nomi bilan yuritiladi.

Yuqori turuvchi hokimiyat idoralari topshiriqlariga asoslangan, ma’lum muddatlari bilan chegaralgan qarorlar muntazam qarorlarning aynan о‘zidir.

Tashkilot xodimining faqat shaxsiy mehnati, shaxsiy munosabati, shaxsiy faoliyatiga doir qarorlar shaxsiy qarorlardir.

Rahbar faoliyatining u yoki bu darajadagi muammolarni bartaraf etish borasidagi faqat о‘zi tomonidan qabul qiladigan qarori boshqaruvchi qarorlar bо‘ladi.

Anglab yetish qiyin emaski, qabul qilinayotgan qarorlarning hammasi faqat ijro intizomi, bajarilish taktikasi, nazorat missiyasi bilan muhim. Intizom, ijro va nazorat inson organizmining aql, yurak va qо‘l mushtarakligida bajaradigan birgalikdagi harakatlari singari bir-biri bilan mushtarak bog‘liq jarayonlardir.


Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə