О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qonunlar – tamoyillar – usullar - uslublar



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə25/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158
ДАРСЛИК

Qonunlar – tamoyillar – usullar - uslublar.

Idora qiluvchi davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy ijtimoiy - huquqiy meyor va munosabatlarni belgilovchi rasmiy hujjat qonundir. О‘zbekiston davlatining asosiy bosh qomusi – Konstitusiya bunga misol bо‘la oladi.Boshqaruv (menejment) madaniyatining bо‘linmas unsuri – hujjatlar yuritishi madaniyatidir.Hujjatlarning boshqaruv jarayonidagi ahamiyati juda katta, boshqaruvning biror bir vazifasi hujjatsiz amalga oshmaydi, hujjatlardagi axborot tashkilot tashqi va ichki faoliyatining hamma tomoniga daxldor bо‘lgani bilan qimmatlidir.

Boshqaruv madaniyatini takomillashtirish uchun uning barcha usullarini takomillashtirish lozim bо‘ladi.

Quyidagi usullardir:



  • tashkiliy-ma’muriy usullar;

  • iqtisodiy usullar;

  • ijtimoiy – ruhiy usullar;

  • tarbiyaviy usullar;

  • huquqiy usullar boshqaruvning barcha qoidalarini amalga oshirish borasidagi boshqaruv usullaridir.

Boshqaruv jarayoni va samaradorligini muayyan tartibga solish, munosib kadrlar zahirasini shakllantirish, yuqori turuvchi organlar qarorlarini sо‘zsiz va muhokamasiz bajarilishini ta’minlash tashkiliy-ma’muriy usullarning asosini tashkil etadi.

Iqtisodiy manfaatlar esa quyidagi tarkibda bо‘ladi:



  • umumjamiyat manfaatlari;

  • jamoa manfaatlari;

  • shaxsiy manfaatlar;

Boshqaruvda nizolarning oldini olish, xodimlarni rag‘batlantirish, ular mehnatini e’tirof etish borasidagi sog‘lom raqobat va mehnat iqlimini tashkil etish esa ijtimoiy ruhiy usullarga bog‘liq. uchun xizmat qiladi. Toza ruhiy iqlim saqlangan boshqaruv obyektining muvaffaqiyatlari hamisha rivojlanish sari yuz tutadi.

Har qanday boshqaruvchi о‘z boshqaruv jarayoni manfaatlariga mos samarali ta’sir kо‘rsatish yо‘llarini izlaydi.Bu borada albatta tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologikusullar boshqaruvchiga qо‘l keladi.

Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari rahbar va xodimlarning natijali faoliyatiga ta’sir etibgina qolmasdan, ma’muriy xuquq va hokimiyat kuchini qо‘llash, ya’ni buyruq, qaror va farmoyishlarni о‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishiga asoslanadi.

Rahbar irodasi, ishbilarmonligi, malakasi, vakolat va majburiyatlaridan oqilona foydalana olishi ma’muriy-tashkiliy ishlarni ma’lum meyorlarda, reglament asosida olib borishi ham alohida xarakterli tomonlardan biri.Ma’lum direktiv hujjatlar orqali belgilab qо‘yilgan tashkilotning nizomiga rioya etish, nizom asosida ish yuritish boshqaruv faoliyatining reglamenti hisoblanadi.

Angliyalik tarixchi, jurnalist, dramaturg va yozuvchi Siril Nortkot Parkinsonning boshqaruv jarayonlaridagi kuzatishlari va xulosalarini alohida qoidalarga jamlagani, amalda qо‘llanishi har bir rahbar va xodimga qо‘l kelishi tasdiqlangan uch qoidasini quyida keltiramiz.

Parkinson qator mashhur universitetlar, jumladan, Harvard, Illinoys, Kaliforniya universitetlarida ishlab, 40dan ortiq kitob nashr ettirdi.Parkinson uzoq yillar davlat tashkilotlari va organlariga kasb-kori va hayot tashvishlari bilan borib, u yerdagi ish tartibi, muomala-munosabat va hokazolarni kuzatib jamiyat boshqaruvi borasida muayyan fikrga keldi va uncha-muncha sotsiolog payqamagan jihatlar asosida о‘z “qonun”ini yaratdi. Mazkur favqulodda hodisalarani ishlab chiqib, “Parkinson qonuni” deya nomladi va undagi ilk maqolalarni 1955 yili “The Economist” nashrida chop ettirdi.

Bu qonunlarda boshqarishni tashkillashtirish, tadbirkorlik tamoyillari, moliyaviy savodxonlik va muvaffaqiyatga erisholmaslikning asosiy sabablari tushuntiriladi. Birinchi qonun qisqa fursatda kо‘p ishni bajarishni hohlovchilar uchun qо‘l keladi. Qonunga asosan uchta “oltin qoida”n

1-QOIDA

“Biror ishni ajratgan vaqtingizni tо‘lig‘icha unga sarflang”, yoki “Vaqt qancha kо‘p bо‘lsa, ish hajmi ham shuncha kо‘p bо‘ladimi?”.

Ikki soat ichida bajarish mumkin bо‘lgan ishga bir hafta vaqt ajratilsa,bu vazifa atrofida ortiqcha ikir-chikirlar, ortiqcha hohishlar kо‘payib ketadi. Masalan, ishsiz bekorchi odam uzoqdagi qarindoshiga xat yozish uchun bir kunini sarflashi mumkin.Xatni nimadan boshlash, konvert qidirish, ikki uch bor takroran yozish va uni pochta qutisiga olib borib tashlash bir kunlik vaqtini о‘tkazadi. Vaholanki, о‘ta band odam buning uchun atigi 10-15 daqiqa vaqtini sarflaydi xolos.

Ushbu qoida talaba hayoti misolida shunday о‘tishi mumkin. Agar talaba diplom ishi yozish uchun hali ixtiyorida bir oy vaqti borligini bilsa, unda ishni chо‘zish uchun har xil sabablar kо‘payadi. Diplom ishini esa oxirgi bir yoki ikki haftada - ikki oyoq bir etikka tiqilganda boshlaydi va shosha-pisha qisqa muddatda yozib tashlaydi. Bu paytda u boshqa biror ishga chalg‘imaydi, barcha imkoniyatini ishga soladi. Aslida shu ishni bir oy oldin boshlab,har kuni о‘n qog‘ozdan yozsa imtihonga о‘n kun qolganda diplom ishi tayyor bо‘ladi, uning kamchilik va xatolari ustida jiddiy ishlashga vaqti yetardi. Parkinson oddiy va arzimas vazifalarga kо‘p vaqt sarflab yuborishni qoralaydi. Lekin hammaga ham bu ish yaxshi emasligini tushuntirib bо‘larmidi? Axir kо‘pchilik “dangasalar”da : “Ish qanchalik kо‘p vaqt davom etsa, shunchalik sifati yuqori bо‘ladi” degan fikr mavjud.

Gap qoidalarda emas, balki uning amaliy samaradorligidadir. Kо‘proq vazifani bajarish uchun kо‘p vaqt sarflab о‘tirish shart emas. Qanday topshiriq bо‘lishiga qaramay, avvalo vaqtni tо‘g‘ri taqsimlash, bir ishga kirishilganda boshqasiga chalg‘imaslik va fikrni bо‘lmaslik zarur.Bir soat ichida bir necha vazifalarni bajarish, texnik imkoniyatlardan unumli foydalanish, oldinda turgan vazifani qanday bо‘lmasin tezroq uddalash emas, sifatli uddalash maqsad va vazifa bо‘lmog‘i lozim.

2 QOIDA

“Kishining daromadi qancha oshsa, unga mutanosib ravishda xarajatlar ham oshib boradi”.

Parkinsonning mazkur qarashi inson faoliyatining global jihatlarini inkishof etadi. YA’ni, yuqdan bor bо‘lmas degan azaliy qonuniyatga tayanib, agar daromad kо‘paysa, о‘z-о‘zidan xarajatlar ham ortadi, degan xulosa yuzaga keladi.Bu qoida nimani anglatadi?

Ba’zilar butun umr ishlasa ham kosasi oqarmasligi, hech vaqo orttirolmasligidan noliydi. Bunga aynan ikkinchi qonuniyat asosida yechim topishi mumkin. Bu qonuniyat quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

1.Ish haqi kо‘tarilganida asosiy xarajatlar nimalar ekanini muntazam kuzatib borish;

2.Qо‘shimcha daromadlarni kо‘paytirish;

3.Qarz olmaslik;(qarz olmagan odam tinch va erkin yashaydi)

4.Moddiy “inqiroz”ga uchraguncha kuzatib turmaslik.

Buning uchun hatto daromadning yarmi yoki 30 foizini saqlash talab etilsa,ayrim ehtiyojlardan kо‘payib ketsa, moliyaviy “kollaps” (daromad pasayishi) yuzaga keladi.

Ikkinchi qoida qancha murakkab bо‘lsa ham uni chetlab о‘tishning imkoni yо‘q, aks holda hech qachon jamiyatda barqaror о‘rin topilmaydi.



3 QOIDA

“Har qanday taraqqiyot ham yо‘lda mashaqqatga uchraydi.О‘z navbatida, bu о‘sha yо‘lning oxiri hisoblanadi”. YA’ni, о‘sish-rivojlanish tufayli turli muammo va qiyinchiliklar darajasiga qarab о‘sha ishning nechog‘lik qadr-qimmatga ega ekanligini ham bilish mumkin. Axir, qimmatbaho la’l-javohir suvning tubida bо‘ladi.

Parkinsonning bu uch “oltin” qoidalaridan tashqari qator kichik qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, kechiktirish qonuniyati. Parkinson fikricha, biror ishni tо‘xtatish yoki rad etishning asosiy qonuniyati uni kechiktirish ekan.“Telefon qonuniyati” – “telefondagi suhbat samaradorligi unga ajratilgan vaqtga teskari proporsionaldir” deyiladi yana bir manbada. Har bir rahbar bilishi lozim bо‘lgan ushbu qoidalar ishni kо‘zini bilish, maqsadga bevosita jamoa bilan erishish, ortiqcha vaqt va ortiqcha yumushlarsiz erishish imkonini berishi tabiiy.

Ma’naviy gо‘zallik hamma xalqlarda bir xil tushuniladi, bir xil qadrlanadi.

Odam bolasi shu umumbashariy, insoniy gо‘zallik uchun kurashishi, shu oliy maqsad yо‘lida sira charchamay, sira erinmay kurashishi kerak. Chunki insonga haqiqiy husnni insoniy xulq-atvor, insoniy fazilat beradi”.

Rahbarlarda esa inchunun.



Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə