О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə21/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   158
ДАРСЛИК

aniq maqsadni tanlash



maqsad yо‘lidagi vositalar mutanosibligini ta’minlash



natijani nazorat qilish



ishchining bilimini qadrlash



ishda motivatsiyaning muhimligi



boshqaruvchi va xodimlarning javobgarligini tartibga solish

Yana bir boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri Anri Fayol boshqaruv bо‘yicha 14 tamoyilni ilgari suradi. Fransuz olimi mehnat taqsimotini ishni kо‘p hajmda, sifatli bajarish, vakolat va javobgarlikka katta ahamiyat berish, vakolatning javobgarlik tendensiyasiga mos tushishi, har qanday sharoitda qat’iy intizom muvaffaqiyat garovi ekanligi, buyruqlar va qarorlar yakkaboshchilik asosida – faqat boshliqning varolatiga munosib ekanligi, bir rahbar va yagona reja asosida qilingan ish yо‘nalishning bitta ekanligidan darak berishi, hammavaqt shaxsiy manfaatlar umummanfaatlar asosida qо‘llanilishi, adolatli e’tirof va mukofot ishning natijasiga katta rag‘bat berishi, markazlashtirish, skalyar zanjir metodini qо‘llash, eng pastdagi xodimdan eng yuqori lavozim egasigacha) tashkilotning har bir a’zosi tashkilot g‘alabasi yoki mag‘lubiyatiga birdek javobgarligini oshirish, hamma narsa va hamma uchun bir xil sharoit yaratish, haqqoniyat va adolatning shaffofligini ta’minlash, ish о‘rnining barqarorligi ishchi uchun nechog‘lik ahamiyatga egaligini ta’minlash, tashabbus yangi natijalarning kaliti ekanini anglash, birgalashib, ittifoq bо‘lib, yagona kuchga aylanmoq – bu katta natija, yuqori samara ekanini tushunish, anglash, his etish kabi tamoyillar – boshqaruvning eng samarali tamoyillari ekanligini isbot qildi29.



Fransuz olimi Anri Fayol tamoyillari:



qabul qilingan qarorlar javobgarligi



Yakkaboshlik



boshqaruvda iyerarxiya (iyerarxiyaga ta’rif beriladi)



shaxsiy manfaatlarni umummanfaatlarga bо‘ysundirish



Ixtisoslashuv



qat’iy tartib – intizom



mehnat haqidan qoniqish



kadrlarning doimiyligi



g‘oya va tashabbuslarning rag‘batlantirilishi



manfaatlar umumiyligi

A.Fayol boshqaruv tizimiga oid beshta universal elementlarni asoslab bergan:



  • 1.Rejalashtirish.

  • 2.Tashkillashtirish.

  • 3.Rahbariyat.

  • 4.KoordinatsiY.

  • 5.Nazorat30.

Boshqacharoq ta’rif beriladigan bо‘lsa,boshqaruv – bu muayyan tashkilot maqsadi yо‘lida rejalashtirish, tashkillashtirish, ruhlantirish va nazorat qilishdir. Boshqarma esa faoliyatning asosiy turi bо‘lib, iqtisodiy – ijtimoiy о‘zgarishlarga asoslanib ish kо‘radigan tashkilotdir31.

Boshqaruv – bu muayyan tashkilot maqsadi yо‘lida rejalashtirish, tashkillashtirish, ruhlantirish va nazorat qilish degani. Boshqarma esa faoliyatning asosiy turi bо‘lib, iqtisodiy – ijtimoiy о‘zgarishlarga asoslanib ish kо‘radigan tashkilotdir32.

Mavjud imkoniyatlarni, inson intellekti va mehnat resurslarining tо‘laqonli imkoniyatlarini jamoaning ma’lum maqsadi sari yо‘naltirish boshqaruv ekanini anglash qiyin emas.

Boshqaruvning tamoyili yoki nazariyasi esa – harakat uchun umumiy tavsiyalar va qabul qilishda aniq maqsadga tomon dadil qadamlardan iborat bо‘ladi. Bu borada ilmiy maktab yaratgan olimlarning tamoyillarini kо‘rib chiqamiz:




Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə