О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Boshqaruvchining maslahatchilari hamisha nazoratda bо‘lishlari kerak



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə18/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158
ДАРСЛИК

Boshqaruvchining maslahatchilari hamisha nazoratda bо‘lishlari kerak.

Shu о‘rinda buyuk sarkardaning quyidagi sо‘zlari yozganlarimizning isbotidir:

“Kimki biror sahroni obod qilsa, yoki biron koriz qursa, yo biror bog‘ kо‘kartirsa, yoki biron xarob bо‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yilda undan hech narsa olmasinlar,ikkinchi yili raiyat roziligi bilan berganini olsinlar,uchinchi yili esa qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig‘sinlar”, yoki “Kasbu hunar va ma’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan yumush berilsin”, yoki “Adl tarozusini qо‘limga oldim, ne kam qildim va ne ziyod, hammani о‘lchovda barobar tutdim”.

Taniqli allomalarning merosini о‘rganish, ularning ona sharq taraqqiyoti va rivoji borasida milliy davlatchilikni boshqarish borasidagi qimmatli yо‘nalishlarni belgilab berganlarini e’tirof etish- bugungi kunda ham ibratlidir. Ayniqsa, ularning madaniyat va san’at muasasalarini tashkil qilish va boshqarish bо‘yicha kо‘rsatmalari bо‘lajak rahbarlarning dasturilamali bо‘lishi kerak.

Haqiqatdan ham sо‘nggi yillarda madaniyat va san’at muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlarning tarkibi, ijodiy faoliyati, imkoniyatlari, imtiyozlariga keng e’tibor berilmoqda. Bu sohalarda kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlash markazlarini ochilishi shu sohalarni rivojlanishiga qо‘yilgan muhim qadamlardan biri xisoblanadi. Kadrlar tayyorlash tizimida Madaniyat vazirligi huzuridagi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, О‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Milliy rassomchilik va dizayn instituti va Respublikaning boshqa oliy Madaniyat va san’at muassasalarida san’at sohalariga oid yо‘nalishlar va mutaxassisliklar tayyorlanadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “О‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora–tadbirlari tо‘g‘risida”gi23 Qarorida yoshlarimizning dunyoqarashi, madaniy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega bо‘lgan musiqa san’atini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur о‘rganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa san’ati mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillishtirish maqsadida о‘ta muhim vazifalar belgilandi. Shuningdek, О‘zbekistondavlat konservatoriyasi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bо‘yicha qator ishlar bajarildi. Konservatoriyaning madaniy hayotimizdagi о‘rni va nufuzini madaniyat vazirining konservatoriya rektori vazifasini ham bajarishi qarorda belgilab berildi. О‘qituvchi va talaba yoshlarning ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish uchun О‘zbekiston davlat Konservatoriyasi muassisligida “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyati yо‘lga qо‘yildi.

Yana bir qaror “Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bо‘yicha qо‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi24 qaror Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 14 avgustda imzolandi. Ushbu qaror madaniyat va san’at xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, iste’dodli va istiqbolli yoshlarning ijod qilishlari uchun katta e’tibor berilganining yorqin namunasidir.

Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish borasida ish yuritayotgan ilmiy muassasalardan yana biri vazirlik tasarrufidagi “Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodika markazi” bо‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  • madaniyat muassasalari tizimida ijodiy faoliyatni tо‘g‘ri tashkil etish, ularga ilmiy-uslubiy yordam kо‘rsatish, xalq ijodiyotini rivojlantirish, madaniyat markazlari hamda madaniyat va istirohat bog‘larida aholining, ayniqsa yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishni tashkil etishda ijodiy-tashkiliy va ilmiy-amaliy tomondan malakali yordam kо‘rsatish;

  • xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlarga doir muammolar hamda istiqbolda yanada rivojlantirish yо‘llarini,nomoddiy madaniy meros, qadriyatlar, urf-odatlar, udumlarni о‘rganish va zamon talablaridan kelib chiqib, ularni takomillashtirish borasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda keng kо‘lamda targ‘ibot ishlarini olib borish;

  • madaniyat markazlarining xodimlari, madaniyat va istirohat bog‘lari mutaxassislari hamda badiiy havaskorlik jamoalari rahbarlarining malakalarini oshirish uchun san’at va madaniyat yо‘nalishidagi oliy Madaniyat va san’at muassasalari bilan hamkorlikda mahorat dars (master klass)lari va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

  • madaniyat markazlarini badiiy bezatish, nomoddiy madaniy meros, shuningdek, aholi tomonidan madaniyatning boshqa turlariga bо‘lgan ehtiyoj va talablarni о‘rganish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-ijodiy ekspeditsiyalar uyushtirish, festivallar, kо‘rik-tanlovlar, seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, davra suhbatlari, muloqotlar о‘tkazish;

Madaniyat va san’at yо‘nalishiga doir masalalarni ilmiy о‘rganish, sohaga doir tadqiqot ishlari olib borish bilan shug‘ullanadigan eng muhim ilmiy muasssasalardan yana biri О‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan San’atshunoslik instituti bо‘lib, ushbu institut dastlab Madaniyat vazirligi, sо‘ngra О‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufida, 2009 yildan boshlab esa Fanlar Akademiyasi tarkibida faoliyat olib bormoqda. Institut 1928 yilda tashkil etilgan, asosiy vazifasi – milliy badiiy merosni tarixiy-nazariy va etnomadaniyat nuqtai nazaridanо‘rganish, milliy va xalqaro tajribalar asosida san’atshunoslikning yangi metodologik yondoshuvlarini ishlab chiqish, О‘zbekiston zamonaviy sanatining barcha turlari (arxitektura, tasviriy va amaliy bezak sanati, musiqa, teatr, kinematografiya, televideniye, xoreografiya)dagirivojlanish jarayonlarini, globallashuv dinamikasi va milliy-madaniyо‘ziga xoslik kesimida milliy sanat muammolarini, san’atning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi о‘rni va ahamiyatiga doir masalalar ustida tadqiqot ishlarini olib borishdan iborat.

Xullas, О‘zbekiston madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi faoliyati turli ilmiy maktablar va о‘quv muassasalari bilan bevosita bog‘liq. Mazkur ilmiy maktablar va о‘quv muassasalari faoliyatini takomillashtirish hozirgi vaqtda dolzarb bо‘lgan masalalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda davlat hokimiyati organlari rahbar kadrlaridan strategik fikrlash, maqsadlarni ilgari surish va ularga erishish choralarini topish, mustaqil qarorlar qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirish, samarali muloqotga kirishish va muzokaralarni oqilona olib borish talab etiladi. Ta’kidlash joizki, boshqaruv vazifalari XXI asrdagi kabi murakkab bо‘lgan emas. Bu esa mahalliy davlat boshqaruvi organlarining kadrlar salohiyatini oshirish masalasining naqadar dolzarbligini kо‘rsatadi25.

Hozirgi kunda inson resurslarini boshqarish tobora strategik vazifaga, insonlarning salohiyatini rivojlantirish esa investitsiya manbaiga aylanmoqda. Kо‘p sonli tadqiqotlarning guvohlik berishicha, inson resurslarini boshqarish vazifasi samarali ravishda amalga oshirilayotgan tashkilot va muassasalarda, odatda, moliyaviy о‘sish, raqobatbardoshlik yuqoriroq bо‘ladi26.

Faqat masalaga tо‘g‘ri yondashish, unumli, samarali mehnat evaziga kо‘zlangan maqsadlarga erishish, buni faqat salohiyatli kadrlar faoliyati orqali amalga oshirish, о‘z navbatida ularni rag‘batlantirish, tо‘xtovsiz malakalarini oshirishlariga kо‘maklashish tashkilotning asosiy maqsadi bо‘lmog‘i lozim.

Ayni vaqtda inson resurslarining qay tarzda va qanday boshqarilishi boshqaruvchilarning kun tartibidagi birinchi vazifadir:



  1. tashkilotning strategik maqsadlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  2. kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish;

  3. xodimlarning ishini rag‘batlantirish;

  4. attestatsiya, mehnat natijalarini baholash;

  5. mehnat munosabatlari;

  6. pensiya siyosati;

  7. tashkilotdagi muloqot va ma’naviy muhit;

  8. trening va inson resurslarini rivojlantirish27.

Sо‘nggi yillarda davlat rahbari tashabbusi bilan ilm-fan sohalari taraqqiyotida о‘zgarishlar ulkan. Yurtboshimizning “Ilmiy va ilmiy – texnikaviy faoliyat natijalarishi tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Qarori, “Fan va oliy ta’lim xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni ilmiy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.Bu borada 2017-2018 yillarda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ilmiy – amaliy va innovatsion loyihalar, ishlanmalarni moliyalashtirish uchun qariyb 800 milliard sо‘m ajratilgani ilm fanga berilgan katta e’tiborning yaqqol dalilidir.

Prezidentimizning 2017 yil 16 noyabrdagi “Respublika oliy Madaniyat va san’at muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini о‘tkazish tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi qarori asosida 2017-2018 о‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab qiladigan madaniyat, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi 18 ta’lim yо‘nalishiga qabul qilish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshirilishi madaniyat va san’at sohasi ixlosmandlari bо‘lgan yoshlar uchun ayni muddao bо‘ldi.

Unga kо‘ra О‘zbekiston davlat konservatoriyasi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy dizayn va rassomchilik instituti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida ijodiy imtihonlar joriy qilindi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida jahon tajribasidan kelib chiqib, “Kutubxona axborot faoliyati” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘quv reja va malaka talablari qaytadan ishlab chiqildi.Teatr san’atiga berilayotgan e’tibor, Prezidentimizning soha xodimlari bilan uchrashuvlardagi takliflari asosida “Aktyorlik san’ati” (faoliyat turlari bо‘yicha) maxsus sirtqi bо‘limi tashkil etildi.”Kasb ta’limi (faoliyat turi bо‘yicha)”, “Vokal ijrochiligi”, “San’atshunoslik” (turlar bо‘yicha),” “Aktyorlik san’ati” (turlar bо‘yicha), “Rejissyorlik san’ati” (turlar bо‘yicha),” Xalq ijodiyoti” (turlar bо‘yicha) yо‘nalishlari bо‘yicha kirish imtihonlari ijodiy sinovlar tarzida о‘tkazildi.Jarayonni har tomonlama о‘tkazish maqsadida taniqli san’atshunos olimlar, teatr san’ati ustalari, О‘zbekiston xalq artistlari baholadilar va mamlakatimiz tarixida birinchi marta ijodiy imtihonlar haqiqiy iste’dodlarni saralab berdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilann О‘zbekiston kitobxon mamlakatga aylandi. Mutolaa va kitobxonlik madaniyati aholining barcha qatlamlari orasida keng yoyilmoqda. “Yosh kitobxon”, “Kitobxon oila”, “Mutolaa siri” tanlovlari bо‘lib о‘tmoqda. О‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi tuzildi. О‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi28.




Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə