О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə16/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158
ДАРСЛИК

Kengash;

  • Maslahat;

  • Tadbirkorlik va hushyorlik;

  • Ehtiyotkorlik.

    Mamlakatni 12 qoidaga tayanib boshqargan:



    Har yerda va har vaqtda islom dinini qо‘llab-quvvatlash;



    Kengash, mashvarat, maslahat va sabr-toqat bilan murosayu-madora qilish orqali boshqarish;



    Saltanat ishlarini tо‘ra-tuzukka asoslanib, ya’ni qonun-qoidaga , о‘rnatilgan tartibga kо‘ra ish yuritish.



    Davlat ishlarini qat’iyatlilik bilan boshqarish;



    Adolat va insof tamoyiliga asoslanib, “gunohkorga ham, begunohga ham rehm qilib”, haqqoniyat bilan hukm chiqarish;



    Saltanatni boshqarishda tejamkorlik, zukkolikka tayanish;



    Sayyidlar va oqilu donolar, muhaddislarning izzat-hurmatlarini joyiga qо‘yish;



    Azmu-jazm bilan ish tutish;



    Raiyat ahvolidan xabardor bо‘lish, ulug‘larni ota о‘rnida kо‘rish, kichiklarni farzand о‘rnida kо‘rish;



    Barcha xalq va millatni hurmat qilish;



    Dо‘st, dushman bilan kelishib yashash;



    Dо‘st, dushmanligiga qaramay sipohiylarni hurmat qilish.

    Shu о‘rinda Amir Temurning ilm-fan, ma’rifat sohasida ish kо‘rsatgan, elga tanilgan kishilarning ta’minoti, ular uchun imkoniyatlar yaratish, ularni imkon jamiyatda yuksak qadrlash, davlatni rivojlantirish yо‘lida ularning maslahat va kо‘rsatmalaridan foydalanishdek benazir ish tutumlari ham ayniqsa diqqatga sazovordir.

    Amir Temur uchun uch asosiy fazilat davlat boshqaruvining mezoni bо‘lib kelgan.

    Davlatning muhrida ham belgilangan adolat mezoni Sohibqironning umr mazmuniga aylangani haqiqat. Amir Temur adolatni ikki qiyosda qiyoslaydi: bu rahbarning sо‘zdagi adolati, neki gapirilsa haqqoniyat nuqtai nazaridan sо‘zlash va raiyatga yolg‘on yoki ikki xil sо‘zlashni munofiqlik hisoblaydi. Keyingi qiyos- esa ishdagi adolat, rahbarning faoliyatidagi adolat tamoyilidir.

    Temur zamonida dinga sodiqlik, ishonch e’tiqodning asosi hisoblangan. Sarkarda e’tiqodni о‘zidan qanday talab qilgan bо‘lsa ham lashkarboshilari, vazirlari hatto oddiy sipohiysidan ham talab qilgan.Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, adolatli hukmdor har qanday fazilatni xodimlaridan talab qilmoqdan avval shaxsan ibrat kо‘rsatmoq zarur deb hisoblagan.

    Bilimli, ziyoli kishilardan saltanat rivoji yо‘lida foydalanmoqlik, ularning ibratli hayot va ijod yо‘llarini targ‘ib qilmoqlik masalasida ham adolatli hukmdor ijobiy ishlarni amalga oshirgan.Bilimparvarlik, bunyodkorlik asosiy mezonlarning yana biri hisoblanadi.Shuning uchun ham Movoraunnahrning poytaxti hisoblanmish Samarqand madaniyat va san’at rivojining muhtasham markaziga aylangan.Undan tashqari dunyoning eng kuchli sangtaroshlari, naqqoshlari, arxitektorlarining mujassami ham Samarqandda qurilgan binolarda о‘z aksini topgan.Shuning uchun ham Amir Temur :”Bir daraxtni kessam, о‘rniga о‘n daraxtni ektirdim”, yoki “Bizning qudratimizga shubha qilganlar qurgan imoratlarimizga boqsinlar” deb yozgan bо‘lsa kerak.

    Bundan kо‘rinadiki, Hazrati Sohibqironning dasturilamali adolat, shijoat va bir sо‘zlilik bо‘lgan. “Tuzuklar”ni о‘qigan kishi albatta buyuk xukmdorning 12 asosiy qat’iyatiga qoyil qolmay iloji yо‘q:



    Yüklə 2,81 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə