Zbekistonning zamonaviy yoshlari kelajak bunyodkori



Yüklə 23,29 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü23,29 Kb.
#110699
  1   2
Н.Шодиев мақола.t docx


YANGI O‘ZBEKISTONNING ZAMONAVIY YOSHLARI
KELAJAK BUNYODKORI
SHODIYEV NURIDDIN RO‘ZIKULOVICH
Guliston davlat universiteti
Tarix yo‘nalishi 2-bosqich magistranti
тел: +99899 476 32 21


Annotatsiya: Mazkur maqolada yurtimizda o‘sib ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning zamonaviy tarbiya masalasi haqida fikr yuritilgan bo‘lib, unda zamonaviy tarbiyada albatta boy tariximizdagi milliy qadriyatlarimiz, o‘z ilmi bilan jahon ahlini lol qoldirgan buyuk mutafakkirlarimiz, milliy marifatparvarlarimiz ilmiy izlanishlaridan oqilona foydalanish masalalari yoritildi.


Kalit so‘zlar: Sog‘lom, barkamol, zamonaviy, kelajak, Аlpomish, Go‘ro‘g‘li, To‘maris, jamiyat, rivoyat, farzand, g‘oya, axloq, doston, hushyorlik, tomir.


Аннотация: В данной статье была рассмотрена проблема современного воспитания подрастающего поколения в нашей стране, освещены вопросы разумного использования в современном воспитании национальных ценностей нашей богатой истории, научных изысканий наших великих мыслителей, национальных просветителей, поразивших своей наукой мир.
Ключевые слова: здоровый, гармоничный, современный, будущее, Альпомиш, Грагли, Томарис, общество, повествование, ребенок, идея, мораль, эпос, трезвость, Вена.

Bugungi kunda taʼlim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil qilishda, buyuk ota-bobolarimizning maʼnaviy meʼroslaridan, milliy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero kelajagimiz bunyodkorlari yaxshi xulq va go'zal qadriyatlarimiz bilan qurollanishi zamonaviy tarbiyaning asosiy mazmunidir. Ota-bobolarimiz yosh avlod tarbiyasi borasidagi jami saʼyi-harakatlari taxsinga sazovordir. Shuning uchun ham yoshlar o‘rtasida bunyodkor g‘oyalarni targ‘ib qilishda ibrat–namuna tizimini yanada jonlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, yuksak maʼnaviyatli shaxs tarbiyasini shakllantirishni dolzarb deb hisoblaymiz.


Bunday dolzarb muammolar yechimini albatta birinchi navbatda oila, taʼlim muassasalari va mahalla faoliyati uyg‘unligida olib borishni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun xalqimiz maʼnaviyatining tarixiy ildizlariga eʼtiborni qaratish eng asosiy vazifalardan biridir. Bunda ona zaminimizda yaratilgan ijod namunalari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Аsosan, qadimgi tosh bitiklar, rivoyatlar, afsonalar, hikoyalar va dostonlarga, yaʼni xalq og‘zaki ijodi, xalq amaliy saʼnati, xalq harakatli o‘yinlariga borib taqaladi. Misol uchun hammamiz sevib o‘qiydigan Spitamen, Аlpomish, Go‘ro‘g‘li, To‘maris va Shiroq to‘g‘risidagi rivoyat va dostonlar yosh avlodni vatanparvarlik, mardlik, do‘stlik, sadoqat, vafo, vatanning mustaqil, ozod kelajagi porloq bo‘lishi uchun fidoiylik ko‘rsatishga chorlaydi, daʼvat etadi. Ularni bugungi kun uchun targ'ib qilish albatta yoshlarimizning vatanparvarlik tuyg'ularini yanada kuchaytiradi va o'z vatanini rivoji uchun qo'lidan kelgan bor imkonini ishga solishlariga o'z hoxish irodasi bilan yo‘naltiradi.
Buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriyning “Odob durdonalari” (Аl-Аdab al-mufrad) kitobida keltirilgan muborak hadisi sharifda “Hech bir ota o‘z farzandiga xulqu-odobdan buyukroq meros bera olmaydi”[1:34], deyiladi. Bu bejiz emas yosh avlod albatta vaqtining ko‘p qismini ota-onalari oldida o‘tkazishadi. Shuning uchun ham ko‘plab hadisu-shariflarda tarbiyaning bosh debochasi sifatida oila ko‘rsatiladi. Bu albatta yangilanayotgan O‘zbekistonimizda yoshlarda tarbiya berishda oilaning ahamiyati katta ekanini ko‘rsatadi.
Bugungi jadallik bilan rivojlaniob borayotgan zamonda yoshlarni yukask maʼnaviyatli shaxs sifatida tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Xorazmiyning boy ilmiy merosiga alohida to‘xtalib o‘tishimiz maqsadga muvofiqdir. “O‘tmish davrlarda o‘tgan olimlar fanning turli tarmoqlarida asarlar yozish bilan o‘zlaridan keyingi keladiganlarni nazarda tutardilar. Ulardan biri o‘zidan avvalgilardan qolgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib ketadi, uni o‘zidan keyin keluvchilarga meros qoldiradi, boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi, bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi... o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi”[2:36]. Bnday bebaxo falsafiy qarashlar, butun insoniyat olamining yuksalishida umumiy talab, kamolot mezoni sifatida eʼtirof etilishi mumkin. Yuqoridagi boy ma’no va mazmunga to‘la bo‘lgan falsafiy so‘zlar vatanimiz yoshlariga tarixiy ma’naviyatimizning durdonalarini albatta singdirish va u orqali zamonaviy tarbiya xususiyatlarini boyitishda ko‘maklashiga undaydi.
Аtrofimizda sodir bo‘layotgan hodisalarga xotirjamlik va loqaydlik bilan emas, balki hushyorlik bilan qarash zarur. Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek: “Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda maʼnaviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha-qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda maʼnaviyat qudratli kuchga aylanadi”[3]. Bu iboralarning ma’zmunida ma’naviyat albatta birinchi o‘rinda yangraydi. Sababi ma’naviyat bor joyda tarbiya bor, ma’naviyat bor joyda vatanparvarlik va halollik bo‘ladi.
Jadid marifatparvarlarimizdan biri Abdurauf Fitrat o‘z asarlarida insonlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik masalasiga alohida to‘htalib o‘tadi. “Hech shubha yo‘qki, - deydi adib, - odamlar nechalab din, mazhab, qavm va millatga bo‘linmasinlar bir otaning farzandlaridir, bir tomirdir”[4,262-b]. U millat tinchligi va ravnaqi har qanday qadriyatdan ustin ekanligini ta’kidlaydi. Va buni ta’minlash har bir millat vakili uchun ham farz, ham qarz ekanligini alohida uqtiradi. U millatning intizomi haqida gapirib, shunday deydi: “har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi”[5,4-b]. Yuqorida bayon etilgan so‘zlar yoshlar tarbiyasining asosiy bo‘g‘ini, boshlang‘ich nuqtasi sifatida oilani ko‘rsatadi. Bunda albatta zamon bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalash zukko va dono otaning, mehnatkash va yumshoqso‘z onaning birinchi qilmog‘i zarur bo‘lgan ishi ekanini eslatadi.
Yurtboshimizning shuning uchun “biz ajdodlarimizning donishmandlik anʼanalariga amal qilib, ularning g‘oyalarini teran anglagan holda, qatʼiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz”[6] deb aytgan sermazmun gaplari bizni kelajagimiz porloq va albatta buyuk bo‘lishini ko‘rsatadi.
Xulosa o‘rnida shuni takidlashimiz joizki, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” jadal borayotgan yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasida milliy qadriyatlar asosida shakllantiriladigan axloq, odob ko‘nikmalarida allomalar merosining o‘rni juda katta. Bu o‘rinda Imom Buxoriy mashhur “Odob durdonalari” asarining ahamiyati beqiyos. Bizning asosiy maqsadimiz – milliy va maʼnaviy qadriyatlar asosida komil insonni tarbiyalashdir. Komil inson deganda, eng avvalo, dunyoqarashi keng, vatanparvar, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan oʼzgalarga ibrat boʼladigan, masʼuliyatli va sogʼlom kishilarni tushunamiz. Inson faqat tarbiya orqaligina komillikka erishadi. Uning maʼnaviy darajasi atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalarni qanday qabul qilishi va mustaqil baholay olishiga ham bogʼliq.


Yüklə 23,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə