О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


MADANIYAT VA SAN’AT SOHASI BOSHQARUVINING TARIXIY -ILMIY MAKTABLARI



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə13/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158
ДАРСЛИК

1.2. MADANIYAT VA SAN’AT SOHASI BOSHQARUVINING TARIXIY -ILMIY MAKTABLARI

REJA

  1. Sharqning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temurning boshqaruv sohasidagi ilmiy qarashlari.

  2. Madaniyat va san’at sohasi boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash masalalari.

  3. Madaniyat va san’at sohasida ijodiy imtihonlarning joriy etilishi-iqtidorli kadrlar salohiyatiga asos sifatida. (ijodiy imtihonlar joriy etilishi).

Darsning maqsadi: kо‘hna Sharqning buyuk allomalari Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temurning boshqaruv sohasidagi ilmiy qarashlarini talabalarga yetkazish, madaniyat va san’at sohalari boshqaruvi bо‘yicha kadrlar tayyorlash masalasi haqida ma’lumotlar berish.

Insoniyatning ilk о‘tmishi, birinchi moddiy va ma’naviyat, madaniyat maskanlari Sharqda shakllangan va insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun zamin tayyorlab bergan11.

Kо‘hna Sharq ma’rifat beshigi. Uni yaxlit birlashtirib turuvchi mushtarak xususiyatlar va qadriyatlar falsafasi mavjud.Modomiki, Sharqning ajralmas qismi О‘zbekiston haqida gap borar ekan, Sharq halqlarining sermulohazakorligi, mavjud vaziyatlarda zarur qaror qabul qila olishga intilishi, inson hayotining mazmuni –mehnatu ijodda о‘rnak bо‘lish, yomonlikdan saqlanish, bir marta beriladigan hayotni ezgu amallarga sarflash ana shu xalqning umr mezoniga aylanganini kо‘rish mumkin.

Yer yuzida yetti milliardga yaqin inson yashaydi, ularning atigi ikki yuzdan ortig‘ining о‘z davlati mavjud, xolos. Davlatchilik tizimi qadimiyligi о‘zbek xalqining о‘ziga xos xususiyatidir.Boshqaruv tizimini shakllantirish, rivojlantirish, takomillashtirish tizimi va amaliyotini yaratgan taniqli siymolari ana shu xalqning qadim tarixidan darak beradi.Boshqaruvning samarali faoliyatida davlat rahbarlarining ma’rifiy islohotlarida albatta madaniyat va san’at ziyolilarining munosib hissalari bо‘lgan va bu doim e’tirofga sazovor bо‘lgan.Mamlakat tinchligu osoyishtaligiga rahna solib turgan notinchliklar, mamlakat ichki va tashqi siyosatidagi tarafkashliklar о‘z navbatida rahbarlarga bо‘lgan munosabatlar taniqli ilm-fan namoyandalari, din vakillari, shoirlaru yozuvchilarning rahbarlar borasidagi fikrlarini shakllantira borgan.

Boshqaruvda ilmu fan ziyolilarining, el tanigan iqtidor sohiblarining xizmati ham alohida ta’kidlangan. Masalan, jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi bilan shayx Najmiddin Kubro, Temuriy shahzodaning zamondoshi va vaziri Alisher Navoiy faoliyatlari bunga misol bо‘la oladi.

Dunyo tan olgan qomusiy aql sohibi, ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qо‘shgan Arastuning benazir ilmiy qarashlari, yunon donishmandligimaktabi asoschilaridan biri, boshqaruvning inson tarbiyasiga ta’siri borasidagi nazariyalarni ilgari surganAbu Nasr Forobiy (873-950) tadqiqotlari alohida о‘ringa egadir. Alloma boshqaruvning birinchi e’tirofi “iste’dod va malakasiga qarab, har bir kishiga munosib vazifa berish orqali ulardan (qо‘l ostidagi odamlardan) samarali foydalan olish qudrati”,-deb yozadi. Mutafakkirning fikricha tahlil va qiyoslash, doimiy kuzatish- boshqaruvning, boshqaruvchining asosiy vazifasi hisoblangan. Mana shu asos allomaning“ Ruhni tarbiyalash va poklash muttasil davom etsagina, yaxshi amallarga erishish mumkin” – deb e’tirof etishiga sabab bо‘lgan12.

Mutafakkirning asarlarini mutolaa qilar ekansiz uch mezon boshqaruv taraqqiyotining asosini, о‘zagini tashkil etishi –bular fozil jamiyat (ya’ni ilmu ma’rifatli jamiyat), adolatli tuzum (ya’ni adolat va haqqoniylikka asoslangan tuzum) va odil rahbar (faqat tо‘g‘rilik va adolatni yoqlagan rahbar) faoliyati ekaniga guvoh bо‘lasiz.

“Inson barcha zarur narsalarni bir о‘zi hosil qila olmaydi, bularni topish uchun turli kasbdagi odamlarning xizmatiga muhtojlik sezadi. Boshqa insonlar ham shunday holatda bо‘ladilar. Insonlar о‘z ehtiyojlarini qondirish va kamol topish uchun jamoaga va jamiyatga birlashuvlari zarur bо‘ladi. Bu jamoada har bir shaxs о‘z tabiatiga,iste’dodi va qobiliyatiga yarasha kasb-hunarlarni о‘rganib, har kun о‘z san’atida (hunarida) kamolotga yetishga harakat qiladi.Shu sababli (turli millat va turli dinga mansub) turli joylarda yashovchi odamlar turli jamiyatlarga birlashadilar.Bu jamiyatlar ba’zilari tо‘liq, ba’zilari tо‘liqsiz bо‘ladilar.

Tо‘liq jamiyatlar uch turli: buyuk jamoa, о‘rtacha jamoa va kichik jamoa.Buyuk jamiyat – yer yuzidagi barcha joylar va yashovchi odamlar jamoasi. О‘rtacha jamiyat – biror xalqni tashkil etadi.Kichik jamiyat – u yoki bu shahar aholisi birlashmasi.Tо‘liqsiz jamiyatlar – qishloq, mahalla va oila jamoalari. Oila - eng kichik jamiyat. Mahalla va qishloq shaharga qarashli bо‘lib, qishloqlar jamoasi shahar aholisiga (mahsulot yetkazish uchun) xizmat qiladilar. Mahalla esa shaharning bir qismi, kо‘cha – mahallaning bir qismi. Shahar – mamlakatning bir qismi. Xalqlar turli mamlakatlardan iborat dunyo jamiyatidir13.

Forobiy jamiyat rivojida madaniyatning nechog‘li о‘rin tutishini “Fozil odamlar shahri”, “Kitob li madaniyat al-fozila va al-madanat al-mubaddala va al-madanat azzola” (Fozil, johil, fosiq, о‘zgartirilgan va adashganlar shahari haqida kitob”), “Kitob mabodi orou al-madanat al-fozila” (Fozil shahar ahli qarashlarining asoslari haqida kitob”), “Kitob as-siyosat al-madaniya va yu’rafu bimabodiy al-mavjudot” (“Shaharlar ustidan siyosat yurgizish kitobi, u mavjudotning boshlanishi deb tanilgan”), “Kalom fi al-millat al fikh al-madaniy” (“Xalq va shaharlarni boshqarish huquqi haqida sо‘z”), “Kitob fi al-ijtimoot al- madaniya” (“Shahar yig‘inlari haqida kitob”) singari kitoblarida tо‘laqonli asoslab beradi. Asarlarning mazmun-mohiyati allomaning “madaniyat”, “al-madaniya”, “al-madanat”, “al-madaniy” singari tushunchalarni jamiyat hayoti, odamlarning munosabatlari, xislatlari bilan mushtarak tasvirlaydi14.

”Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bо‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bо‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bо‘ladi, kishilar о‘rtasida farq bо‘lmaydi, har kim о‘z istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’noda ozod bо‘ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga halaqit beruvchi sulton (ya’ni podshoh) bо‘lmaydi. Ular о‘rtasida turli yaxshi odatlar, zavq- lazzatlar paydo bо‘ladi. Ularning о‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutlaq bо‘lmaydi. Ular odamlar ichida kо‘tarilgan, sinalgan eng olijanob, rahbarlikka loyiq kishilar bо‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar о‘z saylovchilarini tо‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar. Bunday rahbarlar hammaga barobar munosabatda bо‘ladilar, hatto hammaning manfaatini о‘zlarining manfaatlaridan ortiq kо‘radilar, umumning manfaati uchun о‘zlarining shaxsiy manfaatlaridan kechadilar, xalq manfaati uchun о‘zlaridagi kuch- g‘ayrat va boyliklarini ayamaydilar”, - deb e’tirof etadi alloma15.

Alohida ta’kidlash lozimki, Forobiyning qarashlarida jamiyatda madaniy bilimning о‘rni, insonlarga xos bо‘lgan jamiki yaxshi fazilatlarning birlashtiruvchi madaniy ilm ekanligi, faqat madaniy bilimga ega bо‘libgina jamiyatni birlashtirish mumkin ekanligiga ustuvor e’tibor qaratilgan.

“Qutadg‘u bilig”, ya’ni “Saodatga eltuvchi bilim” asari bilan tanilgan yana bir sharq donishmandi Yusuf Xos Hojib (taxminan 1020 yil Bolosug‘unda tug‘ilgan – vafoti noma’lum)dir. Qoraxoniylar saltanati hukmdori Tavg‘ach Bо‘g‘raxonga atab yozilgan ushbu asar 1069 yilda yozilgan. Xalqning ma’rifatli ziyolilari shoirlarni ushbu asarda muallif “sо‘z teruvchilar” deb ta’riflaydi, XI asr voqealari, insonlarning о‘sha davrdagi yashash tarzi, muomala-yu munosabati, yaxshilik va yomonlikka bо‘lgan munosabatlaridan darak beruvchi bu asarda shoirlarni “Tillari qilichdan о‘tkirroq”, “Xotir yо‘llari qildan ham ingichkaroq” deb nihoyatda nuqtadonlik bilan ta’riflaydi. Qalam ahlini dengizga kirib, gavhar, yoqut, inju olib chiqqan g‘avvoslarga qiyoslaydi.Agar shu mezondankelib chiqib baholanadigan bо‘lsa, “Qutadg‘u bilig” ana shunday injularning о‘ziga xos xazinasidir”16.

Barcha donishmandona hikmatlarning oliy mezoni- bu inson qadr-qimmati, insonga bо‘lgan munosabatdir, deb baho beradi alloma va bu fikrini shunday davom etadi :

Inson borliq mavjudotning, jamiyatning egasi, insonning bor boyligi va suyangani aql-zakovat hisoblanadi va jamiyatning asosi esa bilim, aql-zakovatdir. Osoyishta va farovon hayot inson aql-zakovatining, murosa-yu munosabatining mezoni bо‘lsagina tatiydi va о‘sha joyda taraqqiyot bо‘ladi, kamolot bо‘ladi, taraqqiyot va kamolotni odil va uzoqni kо‘ra biladigan rahbarning mahorati ta’minlaydi. Adolat va farovonlikka asoslangan jamiyat rivojlanadi, taraqqiy topadi, ichki va tashqi siyosatini ta’minlay oladi.Bu borada har qanday aqlli va tadbirkor rahbar elning hurmatini qozongan, obrо‘-e’tiborga ega bо‘lgan ziyolilarga- madaniyat, din, adabiyot va san’at vakillariga tayanib ish kо‘rganiga tarixda misollar kо‘p.

Allomaning qarashlari ilmga, ma’rifatga bо‘lgan e’tiboru hurmatida kо‘zga yaqqol tashlanadi, rahbarning har bir sо‘zni о‘z о‘rnida ishlatishi, muomala madaniyati nihoyatda yuksak bо‘lishi, dag‘al muomala ishning samarasidan inqiroziga sabab bо‘lishi, xalq samimiy va adolatli munosabatning qadriga yetishi va shu holatdagina hurmat topish muqarrar ekanligi bilan qimmatli.

Sir emaski, rahbarning sо‘zi va aytilgan sо‘zida turishi, ya’ni sо‘z va amalning birligi, va’da qilgan masalaning о‘z vaqtida va kо‘ngildagidek bajarilishi xodimlari oldida uning obrо‘yini oshirishi muqarrar.Bu borada “Avesto”da yozilgan “Ezgu niyat, ezgu sо‘z, ezgu amal” tamoyilining rahbar tomonidan sо‘zsiz bajarilishi ishga ham, ishning samarasiga ham katta ta’sir kо‘rsatadi. Agar rahbar о‘z sо‘zida turmasa, aytgan gapidan qaytib tursa va aytgan sо‘ziga amal qilmasa, albatta bu uning obruyiga ham tashkilot taraqqiyotiga ham nihoyatda sezilarli ta’sir kо‘rsatadi.

Alloma о‘zini hurmat qilgan rahbar nihoyatda adolatli bо‘lmog‘i, bilim-aqlu zakovat, ezgulik-yaxshilik fazilatlariga ega bо‘lmog‘i unga faqat tarafdorlarini kо‘paytirishi, bajarayotgan ishiga unum berishi haqida takror va takror uqtiradi.

Insoniyat ma’naviy merosining yana bir yorqin namoyandasi bо‘lgan mutafakkir Aql (О‘g‘dulmish) obrazi misolida sharqona boshqaruv tamoyilini kо‘z oldingizga keltiradi, rahbarning aqlu tafakkuri, munosabatu mahorati, uzoqni kо‘ra bilishi boshqa amaldorlar, siyosatdonlar, maslahatchilar, ziyolilar va elchilardan qay darajada ustun bо‘lmog‘i kerakligiga о‘quvchini ishontiradi.

Mutafakkir bо‘lajak boshqaruvchilarning aql-zakovat, sabr-qanoat,

murosa-yu muomala, kirishimlilik rahbarning bosh maqsadi bо‘lishi kerak deb uqtiradi. Adolat va haqqoniylik rahbarning birlamchi maqsadi bо‘lsa, о‘sha jamiyatda davlatning kuchi adolat mezonlarida bilinsa, о‘sha jamiyat taraqqiy topishi, rivojlanishi, adolatli jamiyatning teran mushohadali, mustaqil fikrli, qarorlari muhokama qilinmay bajariladigan zakovatli rahbarlari yurt kelajagini ta’minlay olishi, barcha tamoyillar faqat sabru bardosh mezonlariga suyanishi maqsadga muvofiqligini tasvirlaydi mutafakkir. Alloma aynan mana shu xususiyatlar nafaqat rahbarning, balki jamiyatning har bir ongli fuqarosining, ziyolisining bosh maqsadi bо‘lsa,о‘sha jamiyatda yashash, ishlash, ijod qilish sharaf ekanini aniq misollarda ochib berishga harakat qilgan.

Zero, mutafakkir ushbu tо‘rt xususiyatni inson hayotiga ham qiyoslagan, ya’ni tо‘rt xususiyatning har biri tо‘rt qismdan iborat inson hayotining bir davri ekaniga ishora qiladi. Masalan, adolat-yoshlik, davlat – yigitlik, aql-zakovat – о‘rta yoshlik, sabr-qanoat-keksalikdir17.

Yana bir mutafakkir - tarixda, boshqaruvda о‘z dunyoqarashi,ta’limotiga egabо‘lgan Saljuqiylar davlatiarboblaridan biriNizomulmulkdir. Nizomulmulk1017 yilda Eronning Tus shahrida tavallud topgan. Uning asl ismi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiy bо‘lib, Nizomulmulk uning unvoni bо‘lgan. “Nizomul-mulk”, ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi tanilgan. Saljuqiylar hukmdori Alp Arslon saroyida, keyinchalik uning о‘g‘li , 17 yoshlik Malikshoh (1072 - 1092) xizmatida bо‘ladi, vazir sifatida faoliyat olib borar ekan, hukmdorlarning topshiriqlariga asosan davlatning deyarli barcha ishlarini rasamadi bilan boshqargan va saroy ahlida ham, raiyat ahlida ham alohida hurmat-e’tibor qozongan. Vazir sifatida Nizomulmulk har bir mamlakatda bо‘ladigan tarafkashlik, ayirmachilik (qabilalar, urug‘lar,zodagonlar orasida) tarafdorlariga nisbatan keskin kurash olib borgan, davlatning qudrati yakdillikda, birgalikda harakat qilmoqlikdan iborat ekaniga jamiyat a’zolarining fikrini qaratgan va о‘z navbatida tinch,murosa yо‘li bilan bunga erishgan ham.Tinimsiz kuzatish, kuzatganlaridan kerakli xulosalar chiqarish, turli nifoq va nizolarni bartaraf etishdagi faoliyati umumlashmalarining ta’biri sifatida 1091 yilda «Siyosatnoma» («Siyar ul-muluk») kitobini bitadi.

Asarda boshqaruvdagi muammolar va ularning yechimlariga bog‘liq qator tamoyillar, hukmdorlarning oilalari, qozilar faoliyati, askar va raiyat ahvolidan yaqindan xabardorlik, soliq, zakot, davlatning maxfiy ishlari (masalan, ayg‘oqchilik) tomonlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu asar inson boshqaruv jarayonida о‘zi ishtirok etib, har kuni u yoki bu muammoga duch kelishi, qay birida tо‘g‘ri yо‘l bilan muammoni hal etishi, qay birida xato qilishi, qay birida qaysi bir amaldorning kо‘magi lozim bо‘lishi singari boshidan о‘tgan voqea hodisalardan kerakli xulosalar chiqarish va xulosalarning keyingi rahbarlarga dars bо‘lishi haqida darak beradigan asarga о‘xshaydi gо‘yo.

“Siyosatnoma”ning qimmati shundaki,siyosatchi va islohotchi Nizomulmulk vazir sifatida, boshqaruvchi sifatida yuqori va quyi pog‘ona rahbarlarining murosa va sulh, adolatli rahbarlik, intizomning birinchi darajada bо‘lishi, mas’uliyat va mahoratni о‘z о‘rnida ishlata bilish, halollik, insof, diyonat, mustahkam iroda va imon bilan ish kо‘rish mamlakat taraqqiyoti va farovonligining asosiy sharti deb hisoblaganlidadir. Nizomulmulk Bag‘dod safari yо‘lida yollangan qotil tig‘idan halok bо‘ladi18.

Kо‘pincha adolatli hukmdorlar haqida gap ketganda ular haqida halq orasidarivoyatlardan misollar keltiriladi. Har narsaning о‘z meyori, muvozanatlar tengligi bо‘lganiday “Siyosatnoma”da ham boshqaruvchining adolati bilan mehr muruvvati yonma yon turishi, saxiylik va tadbirkorlik, mehr va qahrning bir xilda qо‘llanilishi haqida qimmatli fikrlar keltirilgan. Agar keragidan kо‘p ishonch va mehr xodimning haddidan oshishiga, keragidan kо‘p qahr xodimlarning rahbarlaridan bezishiga olib kelishini kо‘z oldimizga keltirsak, bu haqiqatning tо‘g‘riligiga amin bо‘lamiz.

Nizo va kelishmovchiliklarni tо‘g‘ri baholash, adolat tarozisining posangisi teng muvozanatlarda harakatlansagina elu yurt tinchligi ta’minlanishini Nizomulmulk bu tarixiy asarida yaqqol isbotlab bergan.

Albatta ziyraklik, hushyorlik, favqulodda vaziyatlardan tо‘g‘ri xulosa chiqarish boshqaruvchining mahoratiga bog‘liq ekanini anglatishi, о‘rgatishi “Siyosatnoma”ning katta yutug‘idir.

Taniqli olim F.Ravshanovning milliy rahbarshunoslik haqidagi fikrlariga qо‘shilgan holda quyidagilarni ta’kidlamoq lozim:



Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə