О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


vaqtincha yoki xizmatdan bо‘shagan, xalq ichida obrusi baland harbiy rahbarlar



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə15/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158
ДАРСЛИК

vaqtincha yoki xizmatdan bо‘shagan, xalq ichida obrusi baland harbiy rahbarlar;



ilgari davlat lavozimlarida faoliyat kо‘rsatgan , nafaqadagi amaldorlar;



ilm-fan va fazilat ahli (shoirlar, sufiylar, din arboblari, mashhur kosiblar);



oilaning, farzand tarbiyasining mas’ullari hisoblanmish ayollar20.

Boshqaruv jarayonlarida boshqaruvchining shaxsiy namunasi alohida diqqatga sazovor. Intizomu odob, muomala-yu munosabat, sezgirlig-u hushyorlik, ishning samarasi-yu kо‘lamiga baho berishda birinchi rahbarning о‘rnak bо‘larli xususiyatlari о‘zlari bilmagan holatda qо‘l ostidagi xodimlarni tarbiyalab boradi. Bu borada mutafakkir shunday saboq beradi.

Masalan: “...ezmalik, nafrat, hasad, g‘azab, hirs, yomon hatti-harakatlar, yolg‘on, zulm, о‘zibilarmonlik, badfellik, shoshilinch, nosipolik, yengiltaklik” boshqaruvchiga qanchalik pand bersa, “tartib-intizom, hayo, xushxulqlik,halimlik, kechirim, tavoze, saxovat, sabr, sidq, shukr, rahm, ilm,aql, adl...”21 ila bajarilgan ish, meyor va miqdor mutanosibligi nafaqat rahbarga, balki uning faoliyatida birga xizmat kо‘rsatayotgan maslakdoshlari va tashkilot nufuziga ham faqat yaxshi naf keltirishi о‘z-о‘zidan ayon haqiqat.

Boshqaruvning biror bir mayda xususiyati yо‘qki, vazir va siyosatdon Nizomulmulk e’tiboridan chetda qolgan bо‘lsin.

Masalan:


  • rahbar qabulini tashkil etish qoidalari;

  • xodimlarni tarbiyalab borish uslublari;

  • bir kishiga ikki amal bermaslik sabablari;

  • ayollarni davlat ishlariga aralashtirmaslik haqida;

  • shikoyat qilganlarning javobini berish va ish kо‘rish xususiyatlari tо‘g‘risida;

  • hisob-kitob tartibi va uni kerakli darajada olib borish tartibi haqida;

Boshqaruvda о‘ziga xos yо‘nalishga asos solishga harakat qilgan Nizomulmulk “Davlat yorug‘ shamga о‘xshaydi. Odamlar shu yorug‘likda yо‘llarini topib, qorong‘ilikdan chiqadilar” singari misralarni saljuqiy hukmdorlarning boshqaruvdagi muammolari va bu muammolarning yechimlarini izlab topishdagi harakatlari bayoni sifatida keltirgan bо‘lishi tabiiy.“Har asr va davru zamonda xalq ichida bir kishini podshohlikka kо‘tarib, unga hunarlar, yoqimli siyratu fazilatlar beradi”, bu satrlar muallifi hayoti va faoliyati davomida mavjud qonunlarga itoatkorlik - adolatli davlatning asosiy mezoni deb bilib, qator ziyolilarni, ilmu urfon ahlini, shoiru adiblarni himoya qilgani, e’zozlab qо‘llab quvvatlagani ham alohida ibrat maktabi sanaladi.

Nizomulmulk 1067 yil Bag‘dodda «Nizomiyya» aqoid va huquq madrasasini qurdirgani va bu ilm dargohitaniqli iqtidor egalari (Umar Xayyom, G‘azzoliy)ni dunyoga tanitgani, dunyoviy bilimlarni targ‘ib etgani boshqaruv sohasida о‘ziga xos yorqin iz qoldirgan mutafakkirning ibratli faoliyati isbotidir.

Hazrati Sohibqiron – Amir Temur Tarag‘ay Bahodir о‘g‘li(1336-1405) qoldirgan bebaho ilmiy, ma’naviy meros musulmon Sharqining bebaho xazinasidir. Yevroosiyoning 27 davlatida adlu imon bilan hukmfarmolik qilgan Amir Temurning “Temur tuzuklari” XIV-XV asrning bosh qomusi bо‘lganini tarix tasdiqlaydi. Jamiyatda boshqaruvning katta muammolaridan tortib, eng mayda taraflarigacha tahlil qilingan, qiyoslangan mazkur asar mana yarim asrdan oshdiki ta’riflanadi, manaman degan mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bо‘laveradi.

Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov : “...Bizning tariximizda Amir Temurdek ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu-nasihati bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qо‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni о‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yо‘q”,- deb yozgan edi22.

Yaxshi bilamizki, mohir rahbar va mashhur sarkarda davlatni boshqarishda tо‘rt narsaga amal qilgan:

1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə