О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


О‘ZBEKISTONDA SAN’AT VA MADANIYAT SOHASI BOSHQARUVINING RIVOJLANISHI



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə10/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158
ДАРСЛИК

1.1.О‘ZBEKISTONDA SAN’AT VA MADANIYAT SOHASI BOSHQARUVINING RIVOJLANISHI
REJA

  1. О‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasiga doir islohotlar rivoji – madaniy rivojlanishning asosiy manbalari.

  2. О‘zbek xalqi ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori.

Darsning maqsadi: О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “2017-2021 yillarga mо‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” Prezident Shavkat Mirziyoyevning О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi (2017 yil, 3 avgust) ma’ruzasi haqida ma’lumotlar berish.
О‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalarida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida barcha sohalarda yangi-yangi о‘zgarishlar va yangiliklar ham amaliyotga joriy qilinmoqda. Shu bilan birga, bu sohalardagi yig‘ilib qolgan muammolarga yechimlar topish bugunning vazifasidir. Ayniqsa, san’at va madaniyat sohalaridagi innovatsion va transformatsion jarayonlarni barcha О‘zbekiston fuqarolari his qilmoqdalar.

О‘zbekiston Respublikasining zamonaviy milliy madaniyati va san’atini rivojlanishi bevosita hozirgi zamon globallashuv jarayoni bilan bog‘liq holda yuz bermoqda. Shu bilan birga, an’anaviy milliy madaniyatimizning funksional va tashkiliy jarayonlarini asl mazmun-mohiyati bilan saqlash imkoniyati ham cheklanib bormoqda. Shu bois, respublikada madaniyat va san’atning barcha tarmoqlarida transformatsion jarayonlar va innavatsion g‘oyalarnining huquqiy, tashkiliy asoslarini ishlab chiqish taqozo qilmoqda.

Davlatimizning yangi rahbari hali Prezidentlik lavozimiga kirishmasidan avval, ya’ni saylovoldi dasturlari, joylarda yurtdoshlarimiz bilan bо‘lgan uchrashuvlarda adabiyot, san’at, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga alohida e’tibor qaratdi, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, badiiy didini shakllantirishni ustuvor yо‘nalish qilib belgiladi.

Shavkat Mirziyoyev О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangach, ilk imzolagan qarori ham bevosita adabiyot sohasiga daxldor bо‘ldi. YA’ni, elimizning suyukli farzandi, zabardast shoir, taniqli davlat va jamoat arbobi, О‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash tо‘g‘risida maxsus qaror e’lon qilindi. Qarordan kelib chiqib, poytaxtimiz Toshkent hamda yurtimizning turli viloyatlarida bayram tadbirlari, adabiy-badiiy uchrashuvlar yuksak saviyada tashkil etildi. Shoir tug‘ilib о‘sgan Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani “Beglar” mahallasida Erkin Vohidov uy-muzeyi ochildi2. Birgina shoir timsolida butun millat adabiyoti, ma’naviyatiga kо‘rsatilgan bunday ulkan e’tibor va g‘amxо‘rlik yurtimiz ziyolilarini behad hayajonga soldi.

2017 yilning 12 yanvarida esa Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha komissiya tuzish tо‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilindi3. Unda aholi orasida kitobxonlik madaniyatini о‘stirish, xalqimizning badiiy-intellektual salohiyatini kitob orqali rivojlantirish bо‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.

Davlatimizning yangi rahbari О‘zbekistonning bir necha yillik rivojlanish bosqichlarini hozirdan rejalashtirib, taraqqiyotning jahon andozalari hisobga olingan, strategik asosga ega muhim hujjat loyihasini muhokamaga qо‘ydi. Shuning natijasida 2017 yilning 7 fevral kuni О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “2017-2021 yillarga mо‘ljallangan Harakatlar strategiyasi” haqidagi farmon tasdiqlandi4. Mazkur hujjat mamlakatimiz hayotida dolzarb ahamiyatga ega bо‘lib, unda davlat va jamiyat rivojlanishining muhim tamoyillari о‘z aksini topdi. Harakatlar strategiyasining IV yо‘nalishi – Ijtimoiy sohalarga yо‘naltirilgan bо‘lib, uning tо‘rtinchi bandida ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu bandda ayni sohada qilinishi lozim bо‘lgan barcha zarur chora-tadbirlar belgilandi. YA’ni, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish yо‘lini davom ettirish, Madaniyat va san’at muassasalari qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, maktabgacha madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini rivojlantirish, umumiy о‘rta ta’lim sifatini yaxshilash, о‘quvchilarning chet tillari va talab yuqori bо‘lgan boshqa fanlarni chuqur о‘zlashtirishlari, kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib mutaxassisliklar bо‘yicha ishga joylashishlari uchun imkon yaratish kabi dolzarb masalalar kо‘zda tutilgan5.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan 2017 yil 14 fevralda mamlakatimizda keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi samaradorligini ta’minlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil etildi. Ushbu markaz nohukumat va notijorat tashkilot bо‘lib, uning faoliyati doirasiga quyidagi yо‘nalish va vazifalar kiradi:

-Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilish jarayonlarini ularning bajarilishi bо‘yicha mas’ul komissiya bilan hamkorlikda qо‘llab-quvvatlash;

- Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bо‘yicha xalqaro tashkilot va ekspertlar fikrlarini baholash, shuningdek, xalqaro tajribalar, jahon standartlarini о‘rganib borish;


  • amalga oshirilayotgan tadbirlarning keng jamoatchilik va ekspertlar ishtirokidagi muhokamasini tashkil etish;

  • Harakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish bо‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazining eng muhim vazifalaridan biri Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim chora-tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring qilib borish hamda har bir yо‘nalish bо‘yicha guruhlarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Markaz 2017 yil 23 fevral kuni Adliya vazirligida davlat rо‘yxatidan о‘tdi va uning taqdimot marosimi 2017 yil 1 mart kuni “Zarafshon” konsert zali negizida tashkil etilgan yangi media maydonida bо‘lib о‘tdi.

Harakatlar strategiyasi va “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini keng yoritish va tadbirlar bо‘yicha muntazam ravishda jamoatchilik muhokamasini о‘tkazish maqsadida Markaz tomonidan О‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa yetakchi OAV hamda Xalqaro press-klub bilan о‘zaro hamkorlik bitimlari imzolandi.

2018 yilning 15 fevralida Prezidentimiz “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi farmonni imzoladi6. Unga kо‘ra, mazkur sohalar bilan bog‘liq bir qator isloxotlarni amalga oshirish uchun tegishli kо‘rsatmalar berildi. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, uning negizida О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda О‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qо‘mitasini tashkil etishga qaror qilindi va mazkur tashkilotlarning asosiy vazifa va yо‘nalishlari belgilandi. Shuningdek, “О‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “О‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida “О‘zbekkonsert” davlat muassasasini tuzish, Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R.Glier nomidagi , V.Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, bolalar musiqa va san’at maktablari, shuningdek, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari – О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga о‘tkaziladigan bо‘ldi. Faoliyatini о‘rganib chiqish natijalarini hisobga olib, “О‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Artmadad” maxsus jamg‘armasi va “О‘zbekmuzey” jamg‘armasi tugatilib, mazkur tashkilotlarning funksiyalari va mol-mulkini Madaniyat vazirligiga topshirish vazifasi kо‘rsatildi. Farmon sharhida qayd etiladiki, ushbu hujjat madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, О‘zbekiston xalqining boy va о‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodini yanada rivojlantirishni ta’minlash, aholining keng qatlami о‘rtasida ma’nan va axloqan komil inson bо‘lish, sog‘lom turmush tarzini yuritishga intilishini rag‘batlantirishga yо‘naltirilgan. О‘zbekiston ijodkorlarini qо‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi,О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, О‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi,О‘zbekiston davlat filarmoniyasi,О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etilishi milliy madaniyatimiz rivoji yо‘lidagi zalvorli qadam bо‘ldi. Bu islohotlar о‘z navbatida yangi iqtidorlarni izlab topish, yangi repertuarlar yaratish, yangi ijodiy samaralar uchun keng imkoniyatlardir.

Yurtboshimiz tomonidan madaniyat va sport boshqaruvi tizimini takomillashtirish tо‘g‘risidagi farmonning imzolanishi ushbu sohalar faoliyatida yangi davrni boshlab beradi desak, xato bо‘lmaydi. Chunki kundan-kun san’at va sportdek qudratli vositalarga e’tibor butun dunyoda ortib borayotir, binobarin, о‘z istiqboli va jahoniy maqomini о‘ylagan har bir millat ayni jabhalarga g‘amxо‘rlik kо‘rsatishini zamonning о‘zi taqozo etayotir. Demak, yuqoridagi farmon va unda belgilangan vazifalarni hech ikkilanmay, mavzuimiz bilan uzviy aloqadorlikda tahlil qilish mumkin. Boisi ushbu tizimlarning isloh qilinishi, faoliyatini qayta kо‘rib chiqilishi va strukturasi, boshqaruv mexanizmining yangitdan yо‘lga qо‘yilishi san’at va madaniyat sohasida yuz bergan jiddiy transformatsion hodisadir. Shu ma’noda, barcha sohalar kabi san’at ham jamiyatning mavjud holati va talabidan kelib chiqib, doimiy yangilanishda bо‘lishini qayd etish lozim.

2017 yilning 3 avgust kuni Prezidentimiz yurtimizning ijodkor ziyolilari, adabiyot va san’at namoyandalari bilan uchrashib, bevosita ijodiy sohalarda yig‘ilib qolgan muammolarni atroflicha tahlil qildi, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif-mulohazalarini bildirdi. “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi mazkur muloqotda mamlakatimizda adabiyot, teatr, kino, musiqa, tasviriy san’at va boshqa ijod turlarini rivojlantirish bо‘yicha dolzarb fikrlar о‘rtaga tashlandi, ochiq va samimiy ruhda о‘tgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Yurtboshimiz ma’ruzasidan ijod ahlini qо‘llab-quvvatlash, ularga yetuk asarlar yaratishlari uchun barcha shart-sharoitlarni hozirlash, yosh ijodkorlarni kashf qilish, ustoz-shogird an’analarini kuchaytirish borasidagi zarur taklif-mulohazalar о‘rin oldi. Xususan, О‘zbekiston Xalq artistlari Farruh Zokirov rahbarligidagi estrada, Afzal Rafiqov boshchiligidagi diktorlar, Abduhoshim Ismoilov rahbarligidagi yosh maqomchilar mahorat maktablarini tashkil etish tо‘g‘risidagi kо‘rsatmalar ayni muddao bо‘ldi. Zero, shu orqali ustoz san’atkorlarning ijodiy tajriba-yu saboqlaridan yosh avlodni bahramand etish, ularni professional san’atga kirib kelishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish mumkin.

Shuningdek, uchrashuvda Prezidentimiz ijod ahli orasida vujudga kelayotgan turg‘unlik, bir joyda depsinish holatlarini tanqid ostiga oldi, ijodiy tashkilotlar о‘rtasida о‘zaro hamkorlik ruhining yetishmayotgani, san’atda tijorat, iste’molchilik kayfiyati kuchayib borayotganini qayd etdi. Ayni shu majlisdagi Prezidentimizning quyidagi ta’kidiga alohida e’tibor qaratish zarur: “О‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yо‘l qо‘ymaymiz”7 . Darhaqiqat, agar san’atda iqtisodiy mezon birlamchi omilga aylansa, chinakam ijodning umri tugaydi, elga manzur bо‘ladigan, umrboqiy asarlar yaratilmaydi.

Ma’lumki, azaldan ijod ahli, adabiyot va san’at namoyandalarini moddiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan bо‘lib kelgan. Zero, chinakam ijod tug‘ilishi, rivoj topishi uchun iqtisodiy ta’minot va farovonlik nihoyatda zarur. Shu ma’noda majlisda Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizdagi kо‘plab banklar, ishlab chiqarish korxonalarining madaniy-ma’rifiy muassasasalarga homiylik qilish, xalqona aytganda, otaliqqa olish tizimining yо‘lga qо‘yilishi ham e’tirofga molik hodisadir. E’tiborlisi, korxona va tashkilot rahbarlari bu borada shaxsiy tashabbus kо‘rsatib, ma’naviyat, ma’rifatga homiylik qilishni yuksak sharaf deb bilgani diqqatga sazovor. Yurtboshimiz о‘z ma’ruzasida buni chiroyli muqoyasa bilan qutladi: “О‘tgan kunlar” filmida Yusufbek hoji aytganidek, qarang, bizning shunday ma’rifatparvar rahbarlarimiz bor ekan-u, biz bexabar yurgan ekanmiz. Kelinglar barchamizning nomimizdan ularga rahmat aytib, ishlariga muvaffaqiyat tilaylik”8.

Majlisda milliy kinomatografiyamizni tubdan isloh qilish, ulug‘ ajdodlarimiz haqida badiiy jihatdan puxta filmlar yaratish bо‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Afsuski, о‘zbek kinosida maishiy, oldi-qochdi mavzudagi “filmlar” kо‘payib borayotgani, san’atning bu sohasida ham tijoratchilik kayfiyatining asosiy planga chiqayotgani о‘rinli tanqid qilindi. Joriy yilda “О‘zbekkino” milliy agentligiga davlat byudjetidan 12 milliard 400 million sо‘m mablag‘ ajratilishi kо‘zda tutilayotgani ma’lum qilindi. Davlatimiz rahbari tarixiy mavzuda puxta filmlar yaratish uchun hukumat har qanday sarf-xarajatga tayyor ekanini bildirdi.

Prezidentimiz estrada san’ati bilan bog‘liq muammolarni ham jiddiy tanqid qildi. Xususan, efirga berilayotgan kliplardagi behayo, milliy mentalitetimizga yot harakatlar, ajnabiy raqslar, shuningdek, kо‘pgina xonandalarning tо‘y-marosimlardan ortmayotganiga asosli ravishda e’tiroz bildirildi.

Prezidentimiz ochiq va samimiy muloqot ruhida о‘tgan tadbir yakunida “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonamanki, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bо‘ladi”9 degan fikrni qat’iyat bilan ta’kidladi.

Bir sо‘z bilan aytganda, yuqorida tilga olingan va bevosita ma’naviy hayotimiz bilan bog‘liq qarorlarning qisqa muddat ichida imzolanib, dastlabki natijalarining kuchga kirishi e’tirofga molik hodisa. Agar Prezidentimizning mamlakatimiz rahbari etib saylanganidan buyon imzolagan qarorlariga nazar tashlasak, bevosita ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat bilan bog‘liq sohalarga e’tibor va g‘amxо‘rlik kuchaygani, ushbu sohalar davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlariga aylanib borayotgani ma’lum bо‘ladi. Dunyo mafkuraviy maydonida globallashuv fenomeni tezlashib, turfa mafkuralar kurashi kuzatilayotgan pallada milliy madaniyat va san’atimizga e’tiborning ortgani shubhasiz muhim va zarur jarayondir. San’at va madaniyat azaldan millat ma’naviyatini yuksaltiruvchi beqiyos manba bо‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bо‘lib qolajak.

Sо‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, о‘tkazilgan tahlillar shuni kо‘rsatmoqdaki, madaniyat va san’at muassasalari binolarini qurish va ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar talab darajasida emas.

Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohadagi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlash, aholiga sifatli xizmatlar kо‘rsatishni tashkil etish hamda davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish lozim.

Davlat Madaniyat vazirligi va «О‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan о‘tkaziladigan tanlov asosida sheriklarni tanlaydi, sheriklik quyidagi shaklda amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno:


  • xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik ta’minlash;

  • otaliqshaklidagixayriyafaoliyatiniolibborish.

XususiytadbirkorlarbilanMadaniyatvazirligiyokifaoliyatturigaqarab «О‘zbekkino» Milliyagentligidavlattomonidansheriksifatidamuayyanmuddatgabitimtuzadivabitimshartlarinixususiysherikqandaybajarayotganibо‘yicha monitoring olibboradi10.

Respublikamizda madaniy tadbirlarni tashkil etish va ularni dunyoviy yuqori darajada taqdim etilishi borasida anchagina tajribaga ega mutaxassislar soha rivojiga munosib hissasini qо‘shib kelmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq- farovon hayotning, dо‘stona hamkorlik esa –taraqqiyotning kafolatidir!”– degan ta’rif bilimi yuksak, madaniyati namunali yoshlarni tarbiyalash oliy Madaniyat va san’at muassasalari oldiga jiddiy vazifalarni qо‘yadi. Bu borada О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimida tashkil etilgan madaniy tadbirlarning istiqbolli rejalarini amalga oshirishda madaniyat va san’at sohasi xodimlari va mutaxassislariga ham mas’uliyat va shu sohada ijodiy yondashish masalasiga e’tibor qaratish ta’kidlanadi.

Madaniyat sohasidagi tarixiy qaror hisoblanmish - 2018 yil 28 noyabr kuni muhtaram Yurtboshimiz tomonidan imzolangan “О‘zbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qaror esaXalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab avaylash, jahon madaniyati bilan uyg‘un holda rivojlantirish, milliy madaniyatni keng targ‘ib etish, uning xalqaro madaniy makonda tutgan о‘rni va maqeini mustahkamlash borasidagi vazifalarni birma-bir ta’kidlayotgani uchun ham nihoyatda qimmatlidir.

Mazkur vazifalar san’at va madaniyat sohasida mehnat qilayotgan ustozlarning ham, ijodkor talabalarning ham milliy madaniyat va san’at taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shishga ham da’vat etadi, ham yuksak mas’uliyat yuklaydi.

Davlatimizning san’at va madaniyat sohasiga katta e’tibori tufayli sо‘nggi yillarda bu sohada qator ma’rifiy-madaniy islohotlar amalga oshirildi:


Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə