Bosh sahifa Press-markaz



Yüklə 22,51 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.12.2023
ölçüsü22,51 Kb.
#155174
Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta\'minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida​



Bosh sahifa 
Press-markaz
Yangiliklar
Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
barqarorligini ta'minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida
moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
Koronavirus infeksiyasining qisqa muddat ichida global miqyosda tarqalishi deyarli barcha mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy
holatning yomonlashuviga olib kelmoqda.
Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi va boshqa xalqaro institutlar 2020 yilda jahon iqtisodiyotining pasayishini prognoz
qilmoqda, karantin muddatlarining cho‘zilishi tufayli ushbu prognozlar global ishlab chiqarish hajmlarining yanada pasayishi
tarafiga o‘zgarmoqda.
Karantin davri O‘zbekistonda asosan joriy yilning II choragiga to‘g‘ri kelishi va shu davrda iqtisodiy faollikning sezilarli
pasayishi Davlat byudjeti barqarorligiga xavf tug‘dirmoqda. Shuning uchun kasallik tarqalishini maksimal darajada lokalizasiya
qilish va karantin muddatlari cho‘zilib ketishining imkon qadar oldini olish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta'minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish
bo‘yicha muhim tadbirlarni, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya va nafaqalar hamda ustuvor davlat dasturlarini
o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish maqsadida:
1. 2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining tasdiqlangan taqchilligi mavsumiy omillarni inobatga olgan
holda asosan joriy yilning II choragiga to‘g‘ri kelishi va koronavirus pandemiyasi oqibatida qo‘shimcha byudjet xarajatlarining
yuzaga kelishi tufayli taqchillikning ushbu chorakda yanada oshishi kutilayotganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini
ta'minlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish;
muhim ijtimoiy xarajatlarning to‘liq amalga oshirilishini ta'minlash;
jahondagi va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy faollik ahvoli tahlili va muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb
hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga ko‘chirish;
davlat dasturlarini bajarishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘larini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy
yo‘naltirilganligini inobatga olish;
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги
ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве
Внутренних дел Республики Узбекистан
Tergov departamenti boshlig'i bilan
bog'lanish

(71) 231-46-26
   






davlat ichki va tashqi majburiyatlarining, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yetkazib berilgan tovarlar,
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga
oshirish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq bajarilishini ta'minlash;
byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlarni mustaqil kamaytirish bo‘yicha mas'uliyatini oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati
organlari tegishli darajadagi byudjet tushumlarini, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilayotgan transfertlarni, aksiz solig‘i
bo‘yicha o‘tkazmalarni, byudjet ssudalarini hamda boshqa mablag‘larni birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga
yo‘naltirsin:
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga, jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib
olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish,
ta'mirlash va ularni jihozlashga;
ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lashga;
oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to‘lovlar va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplashga;
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga byudjet ssudalarini muntazam ravishda
ajratib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya
xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan, yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa
tashkilot xodimlariga 2020 yilning 16 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qo‘shimcha ustamalar
to‘lash bo‘yicha taklif kiritsin;
besh kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo‘shimcha ravishda binolar qurish,
rekonstruksiya qilish va ta'mirlash hamda jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari bilan birgalikda uch kun muddatda barcha darajadagi byudjetlarning barqarorligini ta'minlash maqsadida: 
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
byudjetlari xarajatlarini maqbullashtirish; 
2020 yil II choragi uchun rejalashtirilgan ayrim xarajatlarni 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazish orqali karantin
davrida barcha darajadagi byudjetlarning barqarorligini ta'minlash bo‘yicha qaror qabul qilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va
idoralarning soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan byudjetdan tashqari jamg‘armalari
xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va qonunchilikda belgilangan moddiy rag‘batlantirish xarajatlari bundan
mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yo‘naltirish vakolati
berilsin.
Vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari joriy yil 1 avgustiga qadar byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan
asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘xtatsin, moliyalashtirish
boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: 
davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar xarajatlarini
maqbullashtirish yuzasidan ularning biznes-rejalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;
tasdiqlangan investisiya dasturlari parametrlarining kuzatuv kengashlari tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi va o‘zgartirilishini
ta'minlasin hamda ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib borsin;
ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarda 2019 yil uchun olingan va
2020 yilda olinadigan sof foyda bo‘yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni to‘lig‘icha Davlat byudjetiga o‘tkazish
yuzasidan tegishli choralarni ko‘rsin.

Yüklə 22,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə