Reja: 1 Prognoz axboroti va uning xususiyatlari



Yüklə 36,93 Kb.
səhifə1/2
tarix19.09.2023
ölçüsü36,93 Kb.
#122386
  1   2
2-m


2-mavzu. Prognozlashtirishning axborot bazasi
Reja:
2.1 Prognoz axboroti va uning xususiyatlari
2.2 Funksional belgiga ko’ra axborotning tasniflanishi.
2.3. Makroiqtisodiy prognoz - tahliliy ko’rsatkichlar
tizimi.
2.4. Milliy hisoblar tizimi (MHT)ning mohiyati.
2.5. Indikatorlarning turlari.
2.6. Iqtisodiy ko’rsatkichlarning tasniflanishi.
2.7. Iqtisodiy indikatorlarning kamchiliklari


Tayanch iboralar va kalit so’zlar: prognoz, axborot, makroiqtisodiy prognoz, milliy hisoblar tizimi, Indikatorlar, iqtisodiy ko’rsatgichlar tasnifi,


2.1 Prognoz axboroti va uning xususiyatlari

Bu mavzuda prognozlashlashtirish uchun axborot bazasini yaratishning yondashuvlari va tamoyillari ko’rib chiqiladi. Axborotga qo’yilgan talablar chuqur o’rganish va tushunishni talab qiladi, chunki prognozning natijasi va uning asosida qabul qilingan boshqaruv qarorining sifati shunga bog’liq. Tuzilish jihatidan ushbu mavzu mohiyati va ahamiyatiga ko’ra bir-biriga yaqin ikkita bo’limga bo’lingan. Ulardan birinchisida prognoz axborot va axborot bazalarini tuzishga tegishliasosiy tushunchalar berilgan, ikkinchisida esa statistik (ekonometrik) modellarni tuzish uchun zarur bo’lgan prognoz-tahliliy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi ko’rib chiqilgan.


Iqtisodiyotning kelajakdagi holatini baholash uchun ekonometrik modellarni qo’llash, bu ayniqsa, dolzarb bo’lib qolmoqda, chunki bozor iqtisodiyoti mamlakatimizda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash uchun yangi instrumentariyni va uslubiyatni talab qiladi.


2.1 Prognoz axboroti va uning xususiyatlari

Bu bo’limni o’rganishda mazkur qo’llanmaning asosiy mavzui - iqtisodiy prognozlash uslubiyatini o’rganish uchun zarur bo’lgan bilim bazasi tuzili-shiga imkon beradigan individual jadvallarni tuzish tavsiya qilinadi.


Jadvallar quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
- prognoz axborotining turlari;
- prognoz axborotini yig’ish va qayta ishlash usullari;
- axborot bazasi bilan ishlash uslublari;
- turli xil axborotlarni qo’llash imkoniyatlari;
- axborotga qo’yilgan asosiy talablar (axborot bazasiga, olingan natijalarga, axborotning bir-biriga to’g’ri kelishiga).
Prognozlar tipologiyasi bilan kelajak to’g’risida axborot manbalari va prognozlash usullari masalasi uzviy bog’liq. Prognoz axborotning 3 ta asosiy manbai ajratiladi:
- o’rganilayotgan hodisalar, jarayonlar, voqyealarning o’tishi va rivojlanishini bilishga asoslangan tajribalar;
- o’tmishda va kelajakda rivojlanish qonuni yetarlicha ma’lum bo’lgan mavjud tendensiya-larning ekstrapolyasiyasi;
- kutilayotgan yoki belgilangan shartlarga nisbatan prognozlashtirilayotgan obyektlarning modellarini tuzish.
Axborotning bu turlariga nisbatan prognozlashning bir-birini to’ldiruvchi 3 uslubi ajratiladi:
ekspert, u axborotni yig’ish (anketalash, intervyu olish, so’rov) va uni qayta ishlash hamda prognozning qo’yilgan vazifasiga nisbatan ekspertning fikriga asos-langan;
trendning ekstropolyasiyasi-obyektning o’tmishda va hozirda rivojlanishini o’rganish hamda o’tmish va hozirda rivojlanishning qonuniyatini kelajakka ko’-chirish;
modellashtirish-prognozlashtirilayotgan obyektni kuti-layotgan yoki mo’ljallanayotgan ahvolidagi o’zgarishlar asosida qidiruv va me’yoriy modellarni o’rganish.
Amalda sanab o’tilgan axborotning manbalari va prognozni ishlab chiqishning barcha usullaridan birgalikda foydalaniladi (prognozlash uslublari 5-mavzuda batafsil ko’rsatilgan).
Materialni yodda oson saqlab qolishga 2.1 - rasmda keltirilgan tuzilmaviy sxema yordam beradi.



Yüklə 36,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə