S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.



0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI
S.K.GANIYEV, A.A. GANIYEV, D.Y. IRGASHEVA
MA’LUMOTLAR BAZASI
XAVFSIZLIGI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’Iim vazirligi 
tomonidan oliy o‘quv yurtlarining 5330500 - “Kompyuter 
injiniringi” 
( “Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot
xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari")
ta’Iim yo‘nalishi 
talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
Professor S.K. Ganiyev tahriri ostida
TOSHKENT-2016


UO‘K: 004.056:004.65 (075.8)
К В К 32.973-018.2
G-19
G-19 
S.K. Ganiyev, А~А. Ganiyev, D.Y. Irgasheva. M a’lnmotlar b r n s i xavfsizligi.
-T .: «Fan va texnologiya»* 2016,228 b et
ISBN 978-9943-11-^367-1
“Ma’lumotlar bazasi xavfsizligT’ fani bo*yicha darslik tayanch oliy o ‘quv yurti Toshkent axborot 
texnologiyalari universitetining “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 
tayyorlangan boMib, unda ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlovchi usullar, vositalar va 
mexanizmlaming asosiy xarakteristikaiari; ma’lumotlar bazasini boshqarish turlari; ma’lumotlar bazasi 
xavfsizligining texnologik jihatlari; ma’lumotlar bazasidan foydalanishni cheklashning model lari va 
usullari; ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi; xavfsizlik auditi va 
ma’lumotlar bazasini rezervli nusxalash masaialari hamda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining 
himoya prinsiplari muhokama etilib, ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashdagi me’yoriy hujjatlar 
keltirilgaa
Darslik oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan axborot texnologiyalari, 
kompyuter tizimlari xavfsizligi sohasida faoliyat ko4rsatuvchilar foydalanishlari mumkin.
♦**
Учебник «Безопасность базы данных» подготовлен преподавателями кафедры “Инфор­
мационная безопасность” базового высшего учебного заведения Ташкентского университета 
информационных технологий и включает в себя такие вопросы» как основные харатеристики 
методов, средства и механизмов обеспечения безопасности базы данных; виды управления базами 
данных; технологические аспекты информационной безопасности базы данных; модели и методы 
разграничения доступа в базы данных; информационная безопасность распределенных систем 
базы данных; аудит безопасности и резервное копирование базы данных; принципы защиты 
систем управления базами данных, также приведены нормативные документы обеспечения 
безопасности базы данных.
Учебник предназначен для студентов высших учебных заведений и может быть использо­
ван лицами, занимающимися в сфере безопасности информационной технологии и компьютерных 
систем.
*♦*
“Data Base Security” textbook is prepared by professor-teachers of department of “Information 
Security” o f base top educational institution, Tashkent University o f information technology and it 
includes features of methods, tools and mechanisms of data base security; methods o f data base 
management; technical aspects o f data base security; access control methods and models in database; 
information security in distributive database systems; security audit and database backup; security' 
principles of database management systems and regulations in database security.
This textbook is designed for students o f educational institutions and people that deal in 
information technologies and computer system security fields can use.
UO‘K: 004.056:004.65 (075.8) 
KBK 32.973-018.2
TaqrizchUar:
Sagatov M.V. - TDTU, “ Axborot tizimlari” kafedrasi mudiri, tf.d., professor;
Mirzayev O.N. - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi, A xborot xavfsizligini ta’minlash markazi direktorining 
birinchi o'nnbosari;
Chul Soo LEE - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, АКТ bo‘yicha prorektor- 
maslahatchi.
ISBN 978-9943—11-367—1
€> «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016.


MU Q AD DIMA
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish, holati va 
ishlashi korxona va tashkilotlar faoliyatiga jiddiy ta’sir etishi 
mumkin bolgan, ma’lumotlar bazasi yoki ma’lumotlar bazasi maj- 
mui ko‘rinishidagi umumiy axborot resurslarining paydo bo‘lishiga 
sabab bo‘ldi. Natijada, korxona va tashkilotlar faoliyatining axborot 
ta’minoti amaliyotiga avtomatlashtirilgan axborot tizimini tatbiq 
etish jarayonida, maxsus “ma’lumotlar bazasini himoyalash” atama- 
sini oigan holatlami alohida o‘ziga xos nazoratlash kerak bo‘ladi. 
Ma’lumotlami himoyalash jarayonida yechiladigan masalalaming 
vazifalari va mazmuniga qarashlar avtomatlashtirilgan axborot ti- 
zimlari industriyasining tashkil topishi bilan birgalikda shakllandi, 
ulami amalga oshirishdagi dasturiy-texnik jihatlarning o‘zgarishi va 
murakkablashishi natijasida o‘zgardi, ammo vaqt o‘tgan sari, asta- 
sekin ulaming qandaydir bazaviy ro‘yxati shakllandi va ma’lumotlar 
bazasini himoyalash atomatlashtirilgan axborot tizimi nazariyasi va 
amaliyotidaajralmas muhim komponent bo‘lib qoldi.
“Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi” deganda ma’lumotlar bazasi- 
dan ruxsatsiz foydalanishdan, ma’lumotlami foydalanuvchilar tomo- 
nidan o‘zgartirilishidan yoki buzilishidan ogohlantirish; apparat va 
dasturiy vositalaming yanglishishidagi va ekspluatatsiya xodimi xa- 
tosidagi ma’lumotlaming o‘zgarishidan yoki buzilishidan ogohlan­
tirish tushuniladi.
0 ‘quvchi e’tiboriga tavsiya etilayotgan “Ma’lumotlar bazasini 
xavfsizligi” darsligi beshta bobdan iborat.
Darslikning birinchi bobida ma’lumotlar bazasi xavfsizligini 
ta’minlash usullari, vositalari va mexanizmlarming asosiy xarakte- 
ristikalari, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining turlari 
hamda ma’lumotlar bazasi xavfsizligining texnologik jihatlari 
keltirilgan.
Ikkinchi bobda ma’lumotlar bazasidan foydalanishni cheklash 
modellari va usullari ko‘rilgan. Diskretsion, mandatli va rolli mo- 
dellar asosidagi ma’lumotlar bazasidan foydalanishni cheklashni


tashkil etish masalalari batafsil tahlillanadi. Yuqorida keltirilgan 
modellami xavfsizlikni berilgan tahdidlardan himoyalashning sama- 
radorligi nuqtayi nazaridan qiyosiy baholashga alohida e’tibor 
berilgan.
Uchinchi bob ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimlari- 
ning axborot xavfsizligi prinsiplariga ajratilgan. Ma’lumotlar baza­
sining taqsimlangan tizimlarida axborot xavfsizligi konsepsiyasi 
keltiriladi. “Mijoz-server” texnologiyalari, replikatsiyalash texnolo- 
giyalari va obyektli bog*lash texnologiyalari taqsimlangan tizim tex- 
nologiyalarining mustaqil yo‘nalishlari sifatida batafsil yoritilgan.
Xavfsizlik auditi va ma’lumotlar bazasini rezervli nusxalash 
masalalari darslikning to‘rtinchi bobidan o‘rin oigan. Ma’lumotlar 
bazasini boshqarish tizimlarida xavfsizlik auditini o‘tkazish xusu- 
siyatlari bayon etiladi. 

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə