S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

18


Nazorat savollari
1. “Axborot xavfsizligi” tushunchasining tarkibiy qismlarini 
sanab o ‘ting.
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi qanday funksiya- 
lami amalga oshiradi?
3. Ma’lumotlami tashkil etishning qanday modellarini bilasiz?
4. “Tranzaksiya” tushunchasiga izoh bering.
5. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi strukturasi va 
komponentlarining o‘zaro bog‘lanishlarini tushuntirib bering.
6. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi modelining tashkil etuv- 
chilarini sanab o‘ting.
7. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida foydalanishning 
diskretsion va mandatli cheklash prinsiplarini tushuntiring.
1.2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining turlari
Muloqot tillari bo‘yicha ochiq, yopiq va aralash MBBTlari farq- 
lanadi. Ochiq tizimlarda ma’lumotlar bazasiga murojaat uchun 
dasturlaming universal tillari ishlatiladi. Yopiq tizimlar ma’lumotlar 
bazasi foydalanuvchilari bilan muloqotda xususiy tillardan foyda- 
lanadi.
Arxitekturadagi sathlar soni bo'yicha bir sathli, ikki sathli, uch 
sathli tizimlar farqlanadi. Umuman, sathlaming katta sonini ajratish 
mumkin. MBBTning arxitekturaviy sathi deganda mexanizmlari 
ma’lumotlar abstraktsiyasining qandaydir sathini madadlashga xiz- 
mat qiluvchi funksional komponent tushuniladi. (Mantiqiy va fizik 
sath hamda foydalanuvchi “ nigohi” - tashqi sath). (1.6-rasm).
Bajariladigan funksiyalari bo‘yicha axborot va operatsion 
MBBTlari farqlanadi. Axborot MBBTlari axborotni saqlashga va 
undan foydalanishni tashkil etishga imkon beradi. Murakkabroq ish- 
lashni bajarish uchun maxsus dasturlar tuzish lozim. Operatsion 
MBBTlari yetarlicha murakkab ishlashni bajaradi, masalan, bevosita 
ma’lumotlar bazasida saqlanmagan agregirlangan ko‘rsatkichlami 
avtomatik tarzda olishga imkon beradi, ishlash algoritmini o‘zgar- 
tirishi mumkin va h.
19


Qo‘llanishi mumkin boigan soha bo‘yicha universal va ixti 
soslashtirilgan (muammoga yo‘naltirilgan) MBBTlari farqlanadi.
1.6-rasm. MBBTning arxitekturadagi sathlar sonibo‘yicha tasnifi 
(uch sathli arxitektura misoli).
Maiumotlar bazasini boshqarish tizimlari turli xil maiumot- 
lami madadlaydi. Turli MBBTdagi joiz ma’lumotlaming turlar na- 
bori har xil. Undan tashqari, qator MBBTlar ishlab chiqaruvchiga 
ma’lumotlaming yangi turlarini va bu ma’lumotlar ustida baja- 
riluvchi yangi amallami qo‘shishga imkon beradi. Bunday tizimlar 
raa’ lumotlar bazasining kengayuvchi tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar bazasining kengayuvchi tizimlari konsepsiya- 
sining keyingi rivoji - murakkab obyektlami bevosita modellashda 
yetarlicha 
qnwatli ifodalash
imkoniyatlariga ega boigan maiu­
motlar bazasining obyektga yo‘naltirilgan tizimi hisoblanadi.
Quwati bo‘yicha bitta odam foydalanuvchi va ko‘pchilik foy- 
dalanuvchi (korporativ) MBBTlari farqlanadi. Bitta odam foydala­
nuvchi MBBTlar texnik vositalarga qo‘yiladigan talablaming yuqori 
emasligi, oxirgi foydalanuvchiga moijallanganligi, narxining 
pastligi bilan xarakterlanadi.
20


Korporativ MBBTlar taqsimlangan muhitda ishlashni, yuqori 
unumdorlikni, tizimni loyihalashdajamoa ishining madadini ta’min- 
laydi, rivojlangan ma’murlash vositasiga va yaxlitlikni madadlash- 
ning keng imkoniyatlariga ega. Ushbu tizimlar murakkab, qimmat, 
ko‘pgina hisoblash resurslarini talab etadi.
Bitta odam foydalanuvchi va korporativ MBBTlaming qiyosiy 
xarakteristikalari 1.1-jadvalda keltirilgan.
Bitta odam foydalanuvchi va korporativ foydalanuvchi 
MBBTlaming qiyosiy xarakteristikasi
1.1-jadva
Mezon
Bitta odam 
foydalanuvchi
Korporativ
foydalanuvchi
Foydalanish osonligi
+
Dasturiy ta’minot narxi
+
Ekspluatatsiya narxi
+
Funksional imkoniyatlari: 
ma’murlash, Internet/Intranet bi­
lan ishlash va h.
+
Ishlash ishonchligi
+
Madadlanuvchi ma’lumotlar 
hajmi
+
Tezkorligi
+
Masshtablash imkoniyatlari
+
Geterogen muhitda ishlash
+
Ikkala sinf tizimlari jadallik bilan rivojlanmoqda, uning ustiga 
rivojning ba’zi tendensiyalari ushbu sinflarning har biriga taalluqli. 
Birinchi navbatda, ilovalami ishlab chiqishda yuqori sathli vositalar- 
dan foydalanish (awal asosan bitta odam foydalanuvchi tizimlarga 
taalluqli edi), unumdorlflming va funksional imkoniyatlaming o‘si- 
shi, lokal va global tarmoqlarda ishlash va h. Keng tarqalgan korpo­
rativ MBBTlariga Oracle, DB2, Sybase, MS SQL Server, Progress 
va boshqalar taalluqli.
Ishlab chiquvchilarga va oxirgi foydalanuvchilarga mo'Ijal- 
langan MBBTlar farqlanadi. Ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan
21


MBBTlar samarali murakkab tizimlami qurishga imkon beruvchi 
sifatli kompilyatorlarga va sozlashning.rivojlangan vositalariga, lo- 
yihani hujjatlash vositalariga va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lish- 
lari shart. Oxirgi foydalanuvchiga mo'ljallangan MBBTlarga qo‘yi- 
ladigan talablar quyidagilar: interfeysning qulayligi, til vositalari 
sathining yuqoriligi, yo‘l-yo‘riqlaming intellektual modullarining 
maviudligi, bexosdan qilingan xatolardan himoyaning yuqoriligi va 
h.k.
MBBTlami avlodlar bo‘yicha ajratish mavjud. Birinchi avlod 
MBBTlari (XX asming 60-70-yillari) ierarxik va tarmoqli model- 
larga asoslangan, ikkinchi avlod MBBTlariga relyatsion tizimlar 
taalluqli. Uchinchi avlod MBBTlari ma’lumotlaming murakkab 
strukturalarini va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlovchi rivojlangan 
vositalami madadlashi, ochiq tizimlarga qo‘yiladigan talablami 
qondirishi lozim.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə