S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

Ishlash dasturini yozish
va ishga tushirish
27


Relyatsion MBBTlar nazariyasining asoschisi E.Kodd tomoni- 
dan ma’lumotlar bazasi bilan dasturchi bo'lmagan foydalanuv- 
chining muloqoti uchun maxsus tilni yaratish xususida taklif kiritil- 
di. Ushbu til ingliz tilining bir nechta sodda iboralari (“tanlash”, 
“yangilash”, “kiritish”, “yo‘qotish”) naboridan tashkil topgan boiib, 
ular orqali dasturchi boimagan foydalanuvchi o‘zining axborotga 
boigan ehtiyoji bo‘yicha MBBTga “savollar” qo‘yishi mumkin. 
Bunda ma’lumotlami bevosita ishlash va foydalanuvchiga natija- 
lami taqdim etish uchun ushbu “savollami” mashina kodlarining 
past darajali tilida sharhlash MBBTning qo£shimcha vazifasi hisob- 
lanadi. Shu tariqa MBBT strukturasidagi “ma’lumotlar mashinasi” 
paydo b o id i. Boshqacha aytganda, ma’lumotlar mashinasi maiu- 
motlar bazasi tilini “tushunadi”, natijada ma’lumotlami va ulami 
ishlash bo‘yicha masalalami ajratadi. Bunday yondashishda foyda- 
lanuvchining ma’lumotlar bazasi bilan o'zaro aloqasini 1.9-rasm 
orqali tasvirlash mumkin.
1.9-rasm. Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi bilan ma’lumotlar 
bazasi tili orqali o‘zaro aloqasi.
Ushbu g'oyalar ilk bor ma’lumotlar bazasi sohasidagi yana bir 
mashhur mutaxassis Kris Deyt ishtirokida System R (1975 - 1979 
yy.) loyihasi amalga oshirilishida tatbiq etildi. Loyihani amalga 
oshirish jarayonida keyinchalik strukturalangan so‘rovlar tili SQL 
(Structured Query Language)ga aylantirilgan SEQUEL yaratildi. 
Bunda foydalanuvchiga ma’lumotlar bazasiga “so‘rovlami” shakl- 
lantirish imkoniyatiga qo‘shimcha tarzda ma’lumotlar strukturala- 
rini, ma’lumotlami kiritishni va ulami o‘zgartirishni tavsiflash im- 
koniyati ham taqdim etildi. Taxminan shu vaqtda IBM firmasi to-
28


monidan yana bir relyatsion til - QBE (Query - By - Example) ya- 
ratildi. Ushbu til keyinchalik jadval ma’lumotlarini ishlovchi tijorat 
tizimlarida ishlatildi va zamonaviy MBBTlarida so‘rovlaming vi- 
zual “konstrukturalarini” yaratishda g‘oyaviy asos vazifasini o‘tadi.
SQL tilining g ‘oyasi tezda ommaviylashib, 70-yillar oxiri va 
80-yillaming boshida yaratilgan relyatsion MBBTlarda keng qoi- 
lanildi. Natijada SQL tili 1986-yil siandartlaming Amerika milliy 
instituti (ANSI) va standartlashtirishning Xalqaro tashkiloti (ISO) 
tomonidan relyatsion MBBTlarda maiumotlami tavsiflash va ish- 
lashning standart tili sifatida e’tirof etildi. 1989-yil SQL tilining mu- 
kammalashtirilgan SQL2 va 1992-yili SQL3 versiyalari ANSI/ISO 
tomonidan qabul q Hindi.
SQL tili dasturlashning deklarativ (muolajaviy boimagan) 
tillariga mansub. Muolajaviy tillardan (C, paskal, Fortran, Kobol, 
Beysik) farqli oiaroq SQL tilida “nima qilish kerak”, ammo “qan- 
day qilmoq kerak, qanday olish lozim” emas xususida takliflar (yo‘- 
riqnomalar) ifodalanadi. MBBTdagi ma’lumotlar mashinasi sharh- 
lash rolini bajaradi va SQL - yo‘riqnomalari belgilagan natijani 
olish usulini amalga oshiruvchi mashina kodini tuzadi.
SQL tili ikki qismdan iborat:

ma’lumotlami tavsiflash tili DDL (Data Definition Langua­
ge);
r maiumotlami manipulyatsiyalash tili DML (Data Manipula­
tion Language).
SQL - yo‘riqnomalari sintaksisining tarkibi:
- yo‘riqnoma (komanda) nomi;
- manbalami, amal shartlarini belgilovchi gaplar;
- gaplar belgilagan yozuvlami tanlash usullarini va rejimlarini 
aniqlovchi predikatlar;
- mazmunlari yo‘riqnomalar va gaplar bajarilishi xususiyat- 
larini va parametrlarini belgilovchi ifodalar.
SQL - yo'riqnomalarini ikki qismga ajratish mumkin (1.10- 
rasm).
Birinchi qism tarkibiga SQL - yo‘riqnomaning nomi (koman- 
dasi), predikat (majburiy boimagan) va yo‘riqnoma argumentlari 
kiradi. Bir yoki b ir necha jadvallar hoshiyalarining vergul oralab 
yozilgan nomlari y o ‘riqnoma argumentlarini tashkil etadi.
29


P'Movriandz>0
•" -/' 

 Aj:-.
Ly — .:, T;,:., ■■¿.L.
|
Predikat 
j

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə