S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

“Mijoz

server” texnologiyalarida
taqsimlangan tizimlami 
yaratish va ishlashi prinsiplarining asosiylaridan biri - markaziy 
qurilmaning mavjud emasligidan chekiniladi. Shu sababli, «mijoz -
server» texnologiyalarining negizida yotuvchi quyidagi ikkita asosiy 
g‘oyani ajratish mumkin:
- bitta yoki bir nechta serverlardagi ma’lumotlaming bareha 
foydalanuvchilar uchun umumiyligi;
- umumiy ma’lumotlami birgalikda (parallel va bir vaqtda) 
turli hisoblash qurilmalarida ishlovchi foydalanuvchilaming (mijoz- 
laming) ko‘pligi.
Boshqacha aytganda, “mijoz - server” texnologiyalariga asos- 
langan tizimlar faqat foydalanuvchilarga nisbatan taqsimlangan. Shu 
sababli, ko‘pincha ulami “haqiqiy” taqsimlangan tizimlarga tegishli 
emas, balki ko‘pchilik foydalanuvchi tizimlaming alohida sinfi deb 
hisoblaydilar.
“Mijoz - server” texnologiyalarida server va mijoz tushuncha- 
lari muhim qiymatga ega. Keng ma’noda 
server
deganda qandaydir 
hisoblash resurslariga (xotira, vaqt, prosessor unumdorligi va h.) ega 
har qanday tizim, jarayon, kompyuter tushuniladi.
Mijoz
deganda serverdan qandaydir resursni so‘rovchi, qan­
daydir resurslardan foydalanuvchi yoki server tomonidan o‘zgacha
65


usul bilan xizmat ko‘rsatiluvchi har qanday tizim, jarayon, kom- 
pyuter, foydalanuvchi tushuniladi.
“Mijoz - server” tizimlari o‘zining rivojida bir necha bosqich- 
lami bosib o‘tish jarayonida uning turli modellari shakllandi. Ulami 
amalga oshirish, demak, to‘g‘ri tushunish MBBT strukturasini 
quyidagi uchta komponentga ajratishga asoslangan:
- taqdimiy komponent - ba’zida oddiygina foydalanuvchi 
interfeysi deb ataluvchi, ma’lumotlami kiritish va aks ettirish 
fiinksiyasini amalga oshiruvchi;
- tatbiqiy komponent - muayyan predmet sohasidagi 
avtomatlashtirilgan axborot tizimi vazifalarini amalga oshiruvchi 
so‘rovlar, hodisalar, qoidalar, muolajalar va boshqa hisoblash 
fimksiyalari naborí;
- ma’lumotlardan foydalanish komponenti - ma’lumotlami 
olish, saqlash, fizik yangilash va o'zgartirish fimksiyalarini amalga 
oshiruvchi.
Ushbu uchta komponentning tizimda amalga oshirish va taq- 
simlash xususiyatlaridan kelib chiqqan holda “mijoz - server” 
texnologiyalarining to‘rtta modeli farqlanadi:
- fayl serveri modeli (File Server - FS);
- ma’lumotlardan masofadan foydalanish modeli (Remote 
Data Access - RDA);
- ma’lumotlar bazasi serveri modeli (Data Base Server - 
DBS);
- ilovalar serveri modeli (Application Server - AS).
Fayl serveri modeli
eng sodda bo‘lib, qanchalik axborot 
tizimini yaratish usulini xarakterlasa, shunchalik lokal tarmog‘idagi 
komponentlaming o‘zaro aloqasining umumiy usulini xarakterlaydi. 
Tarmoq kompyuterlaridan biri ajratilib, fayl serveri, ya’ni har 
qancha ma’lumotlar saqlanuvchi umumiy joy deb belgilanadi. FS -
modelining mohiyatini 3.1-rasm orqali tushuntirish mumkin.
66


3.1-rasm. Fayl serveri modeli.
FS - modelida barcha asosiy komponentlar mijoz qurilmasida 
joylashtiriladi. Ma’lumotlarga murojaat qilinganida MBBT, o‘z nav- 
batida, fayl tizimiga ma’lumotlami kiritish - chiqarishga so‘rovlar 
bilan murojaat etadi. Seans vaqtida operatsion tizim funksiyalari 
yordamida mijoz qurilmasining asosiy xotirasiga ma’lumotlar bazasi 
fayli to‘laligicha yoki qisman nusxalanadi. Bu holda server passiv 
fiinksiyani bajaradi.
Ushbu modelning afealligi - uning soddaligi, server unumdor- 
ligiga yuqori talablaming mavjud emasligi (asosiysi, disk muhi- 
tining istalgan hajmi). Ta’kidlash Iozimki, bu holda MBBTning 
dasturiy komponentlari taqsimlanmagan, ya’ni MBBTning hech 
qanday qismi serverga o£matilmaydi va joylashtirilmaydi.
Ushbu modelning kamchiligi - foydalanuvchilaming tizimdan 
ommaviy foydalanishida, masalan, ish kunining boshida avj qiy- 
matiga erishuvchi yuqori tarmoq trafîgi. Ammo, ma’lumotlaming 
umumiy bazasi. bilan ishlash nuqtayi nazaridan, MBBT tomonidan 
ma’lumotlar bazasi fayli (fayllari) xavfsizligining maxsus mexa- 
nizmlarining mavjud emasligi jiddiyroq kamchilik hisoblanadi. 
Boshqacha aytganda, foydalanuvchilar orasida ma’lumotlami taq- 
simlash (ma’lumotlaming bltta fayli bilan parallel ishlash) faqat 
operasion tizimning fayl tizimi vositalari yordamida amalga oshi- 
riladi. Kamchiliklariga qaramay, fayl serveri modeli ko‘pchilik foy- 
dalanuvchi rejimni madadlash yo‘nalishida shaxsiy MBBTning 
imkoniyatlarini kengaytirishning tabiiy vositasi hisoblanadi, shu 
jabhada o'zining ahamiyatini saqlab qoladi.
67



Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə