S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

Nazorat savollari
1. Foydalanishni rolli cheklash modeli mohiyatini tush unti­
ring.
2. Foydalanishni rolli cheklash modelining diskresion va man- 
datli modellardan farqi.
3. Foydlanishni rolli cheklash modelida axborotdan foydala­
nish mexanizmini tushuntiring.
4. Foydalanishni rolli cheklashning bazaviy modeli struk- 
turasi.
5. Foydalanishni rolli cheklashni ma'murlash modelining 
strukturasi.
6. Ma’muriy rollar ierarxiyasini tushuntiring.
62


3-bob. MA’LUMOTLAR BAZASINING TAQSIMLANGAN
TIZIMIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI
3.1. Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot
xavfsizligi konsepsiyasi
Maiumki, korporativ tarmoqlar asosida qurilgan yirik avto- 
matlashtirilgan axborot tizimlarida har doim ham tarmoqning bitta 
uzelida barcha ma’lumotlar bazasini va MBBTni markazlashgan 
joylashtirishni tashkil etib boimaydi. Bu esa taqsimlangan 
ma’lumotlar bazasini bashqarish tizimi bilan uzviy bogiangan 
taqsimlangan hisoblash tizimlarining paydo bo‘lishiga sabab boidi.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi - kompyuter tarmog‘ida 
taqsimlangan, o‘zaro mantiqiy bogiangan maiumotlar bazalari 
majmui.
Taqsimlangan maiumotlar bazasini boshqarish tizimi - taq­
simlangan maiumotlar bazasini boshqarishni va foydalanuvchilar 
uchun uning taqsimlanganligining shaffofligini ta’minlovchi das- 
turiy tizim.
Taqsimlangan maiumotlar bazasi yagona global sxema doira- 
sida har qanday modelni (ierarxik, tarmoq, relyatsion va obyektga 
moijallangan ma’lumotlar bazasini) madadlovchi maiumotlar 
bazalarini birlashtirishi mumkin. Bunday konfigurasiya, barcha 
ilovalar uchun joylashgan yeri va formatidan qat’iy nazar, har 
qanday maiumotlardan shaffof foydalanishni ta’minlashi lozim.
Taqsimlangan maiumotlar bazasini yaratish va ishlashining 
asosiy prinsiplari quyidagilar:
- maiumotlar joylashishining foydalanuvchilar uchun shaffof- 
ligi (boshqacha aytganda. taqsimlangan mal’umotlar bazasi foyda- 
lanuvchi uchun taqsimlanmagandek ko‘rinishi lozim);
- foydalanuvchilaming bir-biridan izolyatsiyalanganligi (foy- 
dalanuvchi maiumotlami o'zgartirishi, yangilashi, yo‘q qilishi oni- 
da boshqa foydalanuvchilar ishini “sezmasligi”, “ko‘rmasligi” lo­
zim);
63


- vaqtning har qanday onida ma’lumotlar holatining 
sinxronlanganligi va uyg‘unligi (zid emasligi).
Asosiy prinsiplardan quyidagi qo‘shimcha prinsiplar kelib 
chiqadi:
- lokal avtonomiya (har bir hisoblash qurilmasi muvaffaqiyatli 
ishlashi uchun, har qanday boshqa qurilmaga bogiiq boimasligi 
kerak );
- markaziy qurilmaning mavjud emasligi (oldingi bandning 
natijasi);
- joylashgan yeriga bogiiq emasligi (maiumotlar xuddi 
foydalanuvchining lokal qurilmasida joylashganidek);
- ishlashining uzluksizligi (tizimning rejali uzilishining 
mavjud emasligi);
- maiumotlaming fragmentlanishiga bogiiq emasligi (gori- 
zontal fragmentlash - bitta jadval yozuvlarining turli guruhlari turli 
qurilmalarda yoki turli lokal bazalarda joylashtiriladi; vertikal frag­
mentlash — bitta jadvalning turli hoshiyalari - ustunlari turli qu­
rilmalarda joylashtiriladi);
- maiumotlaming replikatsiyalanishiga (takrorlanishiga) bog‘- 
liq emasligi (maiumotlar bazasining qandaydir jadvali turli quril­
malarda joylashgan bir necha nusxalari orqali ifodalanishi mumkin);
- so‘rovlaming taqsimlangan ishlanishi (so‘rovlaming optimi- 
zatsiyalash taqsimlangan xarakterga ega boiishi lozim - awal glo­
bal optimizatsiya, so‘ngra ishga tushirilgan qurilmalaming har 
birida lokal optimizatsiya);
- tranzaksiyalami taqsimlangan boshqarish (taqsimlangan 
tizimda alohida tranzaksiya turli qurilmalarda harakatlaming 
bajarilishini talab etishi mumkin, tranzaksiya barcha qatnashgan 
qurilmalarda tugallangan boisa u tugallangan hisoblanadi);
- apparaturaga bogiiq emasligi (turli xil kompyuterlari 
boigan qurilmalarda tizimning ishlashi mumkinligi maqbul 
hisoblanadi);
- operatsion tizim xiliga bogiiq emasligi (tizim turli hisoblash 
qurilmalardagi operatsion tizimlaming farqlanishiga bogiiq boi- 
magan holda ishlashi lozim);
- konununikatsiya tarmog‘iga bogiiq emasligi (turli kom- 
munikatsiya muhitida ishlash imkoniyati);
64


- MBBTga bog‘liq emasligi (turli qurilmalarda turli MBBT 
ishlashi mumkin, amalda SQLni madadlovchi MBBTIar ishlatiladi).
Odatda, MBBT asosida yaratiluvchi taqsimlangan axborot ti- 
zimlari ham “taqsimlangan MBBTlari” atamasi orqali xarakterla- 
nadi va mos holda “taqsimlangan ma’lumotlar bazasi” atamasi 
ishlatiladi.
Taqsimlangan hisoblashlami amalga oshirish yuqorida ko‘r- 
satilgan taqsimlangan tizimlami yaratish va ishlashi prinsiplarining 
ba’zilaridan chekinish orqali amalga oshiriladi. Qanday prinsip 
“qurbon” qilinishiga bogiiq holda taqsimlangan tizim texno- 
logiyalarida bir necha mustaqil yo‘nalishlar ajralib chiqdi - “mijoz - 
server” texnologiyalari, takrorlash texnologiyalari, obyektli bogMash 
texnologiyalari.
Real taqsimlangan axborot tizimlari, odatda, uchchala texno- 
logiyalarni biriktirish asosida qurilgan. Metodik nuqtayi nazaridan 
uiami alohida muhokama qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə