„shakl quyaman atamasi



Yüklə 155,79 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.05.2023
ölçüsü155,79 Kb.
#113537
Plazma - Vikipediya 9b



Plazma
Fizika
va 
kimyoda
plazma
 (
yun.
πλάσσω,
plasso
— „shakl quyaman“) atamasi
ostida 
gazga
oʻxshash, zarrachalari
ionlashgan
 
modda holati
tushuniladi.
Gazni qizdirish uning atom yoki
molekulalarini ionlantirib, plazmaga
aylantirishi mumkin.
[1]
Issiqlikdan
tashqari kuchli elektromagnit maydoni
(
lazer
 yoki 
mikrotoʻlqin
) yordamida ham
plazma hosil qilish mumkin.
[2]


Plazma
 (yun. plasma — shakllangan) —
toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir
elementar hajmdagi elektron va
ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng
boʻlgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga
oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz
holatigaoʻtishi sublimatsiya deb ataladi.
Har qanday jism kuchli qizdirish
natijasida gaz holatiga oʻtadi. Agar
temperatura yanada oshirilsa, issiqlik
energiyasi taʼsirida molekulalarning
ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi.
Gazning ionlanishi turli vositalar
yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki
Plazma lampasida
 elektronlar ionlar bilan birlashib, yuqori energiyali holatdan quyi energiyali holatga oʻtadi va
nurlanadi.


boshqa zarralar bilan bombardimon
qilish natijasida ham sodir boʻlishi
mumkin. P. hajm birligidagi ionlashgan
atomlar sonining shu hajm birligidagi
barcha atomlar soniga nisbati P.ning
ionlanish darajasi a deyiladi. a ning
qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla
ionlashgan P. boʻladi. Kosmos va Yer
sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida
P. holatidagi modda gʻoyat katta rol
oʻynaydi. Gazlardan tok oʻtish hodisalari,
yaʼni gazlardagi razryadlar, yashin,
uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar P. bilan
bogʻliq. Yer atmosferasining yuqori
qatlami Quyosh va boshqa kosmik
omillar taʼsirida zaif ionlashgan P. boʻlib,
ular quyosh shamoli kurinishida Yer


magnitosferasi va ionosferasini tashkil
qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali
yulduzlar toʻla ionlashgan P.dan iborat. P.
zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar
soni) quyidagi qiymatlarga ega boʻladi:
galaktik fazoda p ~ 10, quyosh
shamolida p ~ 10, qattiq jismlarda p -
1O22. "P." terminini fanga birinchi boʻlib
amerikalik olimlar I.Lengmyur va L.Tonks
kiritgan (1923).
Umumiy holda P.ni tashkil etuvchi
elektronlar, ionlar va neytral atomlarning
oʻrtacha kinetik energiyalari birbiridan
farq qilishi mumkin. Bunday
termodinamik muvozanatsiz holatdagi
P.ga noizotermik P. deb ataladi. Mas, gaz


razryadli P.da har bir elektronning
oʻrtacha kinetik energiyasi ionnikiga
qaraganda unlab marotaba katta boʻladi.
P.ning muvozanatsiz holati razryad
tokining energiyasi hisobiga saqlanib
turishi mumkin. Maʼlumki, tashqi manba
energiyasi asosan, elektronlar qabul
qiladi. Elektron massasi ion yoki neytral
zarra massasiga nisbatan bir necha ming
marta kichik boʻlganligi sababli,
toʻqnashuvlar natijasida elektronlar
energiyasining juda oz qismigina boshqa
zarralarga oʻtishi mumkin. Elektronlar
energiyasining kamayishi tashqi manba
energiyasi hisobiga toʻldirila boradi.
Shunday qilib, elektronlar, ionlar va
neytral zarralarning har qaysisi oʻziga xos


oʻrtacha kinetik energiyaga, demak
temperaturaga ega. Elektronlar
temperaturasi Te, ionlar temperaturasi T:
va neytral zarralar temperaturasi To
orqali belgilanadi. Odatda Toga nisbatan
T, kattaroq. Te esa ancha katta boʻladi.
P. ni harakterlovchi eng muhim fizik
kattalik Debay radiusidir, uning mohiyatini
quyidagicha tushuntirish mumkin. Agar P.
tarkibidagi biror q zaryadli zarra
vakuumda boʻlganida edi, uning oʻzidan g
masofa uzoqlikdagi nuqtada hosil
qilayetgan potensiali formula orqali
aniqlanar edi. Plazmada esa
kuzatilayotgan bu zaryadli zarra boshqa
zaryadlangan zarralar bilan qurshab


olingan. Zaryadlar orasida oʻzaro taʼsir
kuchlari mavjudligi tufayli kuzatilayotgan
zaryad atrofiga koʻproq unga teskari
ishorali zarralar yigʻiladi va ular q zaryad
maydo-nini kuchsizlantiradi.
Hisoblashlarning koʻrsatishicha, P.dagi q
zaryadning potensiali masofa ortishi
bilan quyidagi qonuniyat boʻyicha
oʻzgarib boradi: bundagi D kattalik
temperaturaga, hajm birligidagi zarralar
soniga, ularning zaryadiga bogʻliq.
Jumladan, agar izo-termik P. faqat
elektronlardan yoki bir xil zaryadli
ionlardan iborat boʻlsa bu yerda
elektronlar (yoki ionlar)ning hajm
birligidagi soni i orqali va elektron zaryadi
ye orqali belgilanadi. r " D boʻlganda, yaʼni


D ga nisbatan katta masofalarda
zaryadlarning elektr maydoni juda
zaiflashadi. Bu hodisa zaryad
maydonining ekranlanishi, ekranlanishini
xarakterlovchi D kattalik esa ekranlanish
radiusi yoki Debay radiusi deb yuritiladi.
Mas, vodorod P.sida T=105A’ va
ya=1016sm"3 ekan, Debay radiusi £>=1,5-
10~5 sm. Radiusi D ga teng sfera
ichidagi barcha zaryadli zarralarning soni
Debay soni deyiladi. Debay soni katta
boʻlgandagina P.ni gaz deb hisoblash
mumkin. P.ning asosiy xususiyati
shundan iboratki, undagi musbat va
manfiy zaryadlar zichliklari deyarli bir-
biriga tengdir. Bu xususiyat P.ning
kvazineytralligi deyiladi. P. egallagan


joyning chizigʻiy oʻlchami Debay
radiusidan ancha katta holatdagina
kvazineytrallik roʻy beradi.
Moddaning qattiq, suyuq yoki gaz
qolatlarda boʻlishi uning agregat holatlari
deyiladi. Yuqorida aytilganlardan
ravshanki, P. xususiyatlari moddaning
oddiy gaz holatidagi xususiyatlaridan
koʻp jihatdan farq qiladi. Shuning uchun
P.ni moddaning toʻrtinchi holati deb
hisoblanadi. P. xususiyatlaridan
foydalanish xrz. zamon texnikasi
taraqqiyotida gʻoyat katta ahamiyatga
ega.

Yüklə 155,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə