S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

M a’lumotlarni himoyalash usullari.
Ko‘pchilik foydalanuvchi 
rejimda ishlashda ma’lumotlami ruxsatsiz foydalanishdan himoya­
lash alohida dolzarblikni kasb etadi. Ma’lumotlar bazasidan foyda- 
lanishni boshqarishning turli usullari mavjud. Ushbu usullar xavfsiz- 
likning turli darajasini ta’minlaydi. Ulaming ba’zilari har qanday 
axborot tizimiga, boshqalari esa muayyan MBBTga taalluqli.
M a’lumotlar bazasini shifrlash.
Ma’lumotlar bazasini shifrlash 
himoyalashning eng oddiy usuli hisoblanib, unda maiumotlar baza- 
si faylining ko‘rinishi o‘zgaradi va uni standart xizmatchi dasturlar 
yoki matn redaktori yordamida o‘qib boimaydi. Shifrlash odatda, 
maiumotlar bazasini elektron uzatishda yoki tashqi eltuvchida 
saqlashda ishlatiladi.
M a’lumotlar bazasini deshifrlash.
Ushbu amal shifrlashga 
teskari amal.
Obyektlami bekitish.
Maiumotlar bazasini begona foydala- 
nuvchilardan himoyalash usullaridan biri-uni bekitish. Unga binoan 
butun maiumotlar bazasi operatsion tizim vositalari yordamida 
kataloglami kuzatishda bekitiladi yoki maiumotlar bazasining alo­
hida obyektlari muayyan MBBTi vositalarining maiumotlar bazasi 
bilan ishlashida bekitiladi. Ushbu usul yetarlicha ishonchli emas
chunki bekitilgan obyektlami nisbatan oson akslantirish mumkin.
Ishga tushirish parametrlaridan foydalanish.
Ushbu parametr- 
lar maiumotlar bazasi ochilganida avtomatik tarzda ochiluvchi start 
usulini berishga imkon yaratadi. Usul aniqlanganida MBBT taqdim 
etgan maiumotlar bazasi darchasini bekitish mumkin va xususiy 
tugmacha usulini o‘rnatish mumkin. Bunda foydalanuvchi maiu­
motlar bazasi ustida faqat ushbu ilova taqdim etgan interfeys joiz 
hisoblovchi harakatlami bajarishi mumkin.
Parollardan foydalanish.
Himoyalanishning oddiygina usuti -
maiumotlar bazasini ochish uchun parollami o‘matish. Parol 
o‘matilganidan so'ng maiumotlar bazasining har bir ochilishida 
dialog darchasi paydo boiadi va unga parolni kiritish talab qilinadi. 
Faqat haqiqiy parol kiritgan foydalanuvchi maiumotlar bazasini 
ochishi mumkin.
75


Umuman, maiumotlar bazasidan foydalanuvchilaming barcha- 
si uchun yagona parol belgilanishi mumkin. Ammo maiumotlar ba- 
zasini himoyalashning moslanuvchan va keng tarqalgan usuli foy- 
dalanuvchi sathida himoyalash boiib, unda har bir foydalanuvchiga 
parol beriladi. MBBT ishga tushirilishida foydalanuvchi identifikat- 
siyalanishi lozim. Tizim foydalanuvchi identifikatori va parolining 
bir-biriga mosligini tekshiradi.
Har bir foydalanuvchi uchun nafaqat noyob kod, balki foydala- 
nish darajasi va foydalanuvchi foydalana oladigan obyektlar belgila­
nishi mumkin.
Aksariyat MBBT yagona foydalanuvchilardan tashqari ular- 
ning guruhini yaratishi mumkin.
M a’lumotlar bazasining takrorlcmishini taqiqlash.
Yuqorida 
aytilganidek, takrorlash (replikatsiya) foydalanuvchilarga maiumot- 
laming umumiy bazasining nusxasini yaratishga imkon beradi. Tak- 
rorlangan maiumotlar keyinchalik noqonuniy tarqatish uchun ishla- 
tilishi mumkin. Shu sababli, ba’zi hollarda maiumotlar bazasini 
takrorlashni taqiqlashga to‘g‘ri keladi.
Foydalanuvchilar tomonidan parollarni o'rnatishni va ishga
tushirish parametrlarini sozlashni taqiqlash.
Maiumotlardan ko‘p- 
chilik foydalanishda nafaqat ma’lumotlaming buzilmaganligini va 
konfidensialligini ta’minlash, balki maiumotlardan tegishli foydaia- 
nuvchilaming foydalanish imkoniyati muhim hisoblanadi. Shu sa­
babli MBBT har qanday foydalanuvchining maiumotlar bazasida 
parol o‘matishiga to‘sqinlik qiluvchi mexanizmga ega boiishi 
lozim.
Undan tashqari ishga tushirish parametrlariga o‘zgartirish kiri- 
tishni taqiqlovchi mexanizmning mavjudligi maqsadga muvofiq 
hisoblanadi, chunki ushbu parametrlar sozlanuvchi menyu, instru- 
mentlaming sozlanuvchi panellari va start usullari kabi xusu- 
siyatlami belgilaydi.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə