S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

zasi obyektlari bog'langan deb ataladi
va odatda, ichki obyekt­
lardan farqlash maqsadida maxsus belgiga ega. Ta’kidlash lozimki, 
maiumotlaming o‘zi joriy ma’lumotlar bazasi fayliga (fayllariga) 
sig'maydi va “o‘zining” ma’lumotlar bazasi fayllarida qoladi. Joriy 
ma’lumotlar bazasining tizimli katalogiga foydalanish uchun bog‘- 
langan obyektlar xususidagi barcha zaruriy ma’lumotlar joylashti- 
riladi. Bu ma’lumotlar - bog‘langan obyektlaming ichki nomi va
82


tashqi nomi, ya’ni tashqi ma’lumotlar bazasidagi obyektning haqi- 
qiy nomi, tashqi baza fayliga to‘liq yoi va h.
3.5-rasm. ODBC protokoli asosida tashqi ma’lumotlardan 
foydalanish prinsipi.
Foydalanuvchi uchun 
bog'langan obyektlar
ichki obyektlardan 
hech nimasi bilan ham farqlanmaydi. Foydalanuvchi tashqi bog'­
langan bazalarda ma’lumotlar jadvalini tashkil etishni, qidiruvni, 
ma’lumotlami o‘zgartirishni, yo‘q qilishni va qo‘shishni, btmday 
jadvallar bo‘yicha so‘rovlami tuzishni va h. bajarishi mumkin. 
Bog‘langan obyektlami ichki maiumotlar bazasiga integratsiyalash, 
y a ’ni ichki va tashqi jadvallar orasida bog'lanishni
o‘matish 
mumkin.
Texnik nuqtayi nazaridan, tashqi ma’lumotlar bazasining bog'­
langan obyektlari bilan ishlash joriy maiumotlar bazasining ma’lu-
83


motlar bilan ishlashidan unchalik farq qilmaydi. Joriy ma’lumotlar 
bazasining tizimli katalogi bo‘yicha bogiangan obyekt maiumot- 
lariga murojaat qilinganda MBBT yadrosi tashqi ma’lumotlar baza­
sining mos faylining (fayllarining) makoni va boshqa parametrlari 
xususidagi ma’lumotlami topadi va foydalanuvchiga bildirmasdan 
ushbu faylni (fayllami) ochadi. So‘ngra ma’lumotlardan bevosita 
foydalanish va ulami manipulyatsialash maqsadida oddiy tartib 
bo‘yicha asosiy xotirada maiumotlaming tashqi fayli sahifalarini 
buferlashni tashkil etadi. Ta’kidlash lozimki, zamonaviy operatsion 
tizimlari ma’lumotlari fayllari bilan ko‘pchilik foydalanuvchi rejim 
imkoniyatlari bilan ishlash asosida tashqi ma’lumotlar bazasi bilan 
(agar u boshqa hisoblash qurilmasida bo‘lsa) 
shu vaqtning o'zida
boshqa foydalanuvchi ishlashi mumkin.
Bu esa umumiy taqsimlan- 
gan ma’lumotlaming kollektiv ishlanishini ta’minlaydi.
3.6-rasmda mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning axborot 
ta’minoti nuqtayi nazaridan birgalikda foydalanuvchi ma’lumot­
laming lokal bazalari sxemasining misoli keltirilgan. Rasmda strel- 
kalar yordamida “yakkadan-ko‘plarga” xilidagi bog‘lanishlar ko‘r- 
satilgan boiib, strelka uchi “ko'plar” tomonigamos keladi.
Bogiangan jadvallarda maiumotlar hajmining ortishi bilan 
taqsimlangan tizimlami qurishning bunday prinsipining tarmoq 
trafigining jiddiy oshishiga olib kelishini sezish qiyin emas, chunki 
tarmoq bo‘yicha doimo, hatto maiumotlar nabori emas, balki 
maiumotlar bazasi fayllarining sahifalari uzatiladi.
84


3.6-rasm. Obyektli bog‘lash texnologiyasi asosida tashkil etilgan' 
lokal ma’lumotlar bazalari sxemasining namunasi.
85


Bu esa, o ‘z navbatida, tarmoqning avj yuklanishiga olib keladi. 
Shu sababli, taqdim etilgan o‘zaro bog‘langan obyektli lokal 
ma’lumotlar bazasining sxemalari ishlab chiqarish - texnologik va 
tashkiliy jarayonlarga bog‘lik axborot texnologiyalariga tayangan 
holda lokal bazalari orasidagi tarmoqdagi ma’lumotlar oqimining 
jadalligi, yo‘nalganligi nuqtayi nazaridan keyingi sinchiklab o‘rga- 
nib chiqishni talab etadi.
Ma’lumotlar xavfsizligini va yaxlitligini ta’minlashning 
ishonchli mexanizmlarining mavjud emasligi ham jiddiy muammo 
hisoblanadi. Fayl serveri modelidagidek bir necha foydalanuvchi- 
laming bir xil ma’lumotlar bilan birgalikda ishlashi, faqat operatsion 
tizimning bir necha ilovalar faylidan bir vaqtda foydalanish bo‘yi- 
cha funksiyalari yordamida ta’minlanadi. Xuddi shu tarzda keng 
tarqalgan Fox Pro, dBASE kabi boshqa MBBTining ma’lumotlar 
bazasidagi ma’lumotlardan hamda jadval ma’lumotlaridan foydala­
nish ta’minlanadi. Bunda foydalanish bevosita MBBT yadrosi yor­
damida hamda odatda, MBBT komplekti tarkibiga kiruvchi maxsus 
qo‘shimcha ISAM (Indexed Sequential Access Method) drayverlar 
yordamida ta’minlanadi. Bunday yondashish shu tariqa qurilgan 
taqsimlangan getrogen tizimlarining ko‘p protokolligini, ya’ni lokal 
ma’lumotlar bazalarini madadlovchi MBBT turlarining “xilma-xilli- 
gini” amalga oshiradi. Ammo obyektli bog‘lush, amalga oshirilishi 
va madadlanishi muayyan MBBTning o‘ziga xos xususiyatiga bog‘- 
liq ma’lumotlar bazasining boshqa obyektlarini (so‘rov!ar, shakllar, 
hisobotlar) istisno qilgan holda, faqat bevosita ma’lumotlar jadvali 
bilan chegaralanadi.
Boshqa MBBT bazalaridan foydalanish (3.5-rasmga qaralsin) 
masofadagi ma’lumotlar joylashgan hisoblash qurilmalarida o‘mati- 
luvchi va bajariluvchi ODBC drayverlarining texnikasi orqali amal­
ga oshiriladi. Bu holda “g‘oya” quyidagicha: lokal ma’lumotlar 
bazasini madadlovchi shaxsiy MBBT tarkibiga ODBC drayveri deb 
ataluvchi qo‘shimcha dasturiy komponentni o‘matish mumkin. 
0 ‘matiluvchi ODBC drayveri operatsion tizim katalogining maxsus 
qism katalogida “ro‘yxatga olinadi”. Shu tariqa ODBC ma’lumotlari 
manbaidan to‘g‘ridan — to‘g‘ri foydalanishning ishchi zonasi hosil 
qilinadi.
86


ODBC ma’lumotlari manbaidan bevosita foydalanish uchun 
MBBT yadrósi ichki lokal ma’lumotlar bazasining tizimli katalogi 
bo‘yicha manba joylashgan joyni aniqlaydi, ilovalaming o‘zaro 
ta’siri protokoli (API) bo‘yicha hisoblash qurilmasida ODBC 
drayverining masofadagi ma’lumotlar ini chaqiradi ODBC protokoli 
bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish va ishlashi uchun SQL -
yo‘riqnomalami yoMlaydi. Bunday foydalanish rejimi qator para- 
metrlar orqali tartibga solinadi (muolajalarni chaqirish intervali, 
so‘rov ishlanishining maksimal vaqti, so‘rovlar bo'yicha shakllanti- 
riluvchi ma’lumotlar naboridan tarmoq bo‘yicha bir marta jo‘na- 
tiluvchi yozuvlar soni, yozuvlarni blokirovka qilish vaqti va h.). 
Ushbu parametrlar ODBCning mos drayverini o‘matishda va ro‘y- 
xatga olishda operatsion tizimning maxsus reestriga yoziladi.
Bunday yondashishda har bir lokal MBBT, tashqaridan (bosh- 
qa hisoblash qurilmalaridan) “uning” ma’lumotlar fayli ma’lumot- 
laridan foydalanishga murojaat qilinganida o‘zining hisoblash quril­
masida SQL - server rolini, ya’ni ma’lumotlar mashinasi rolini 
bajaradi. Bu holda ma’lumotlami bevosita ishlashni “o‘zining” ma’­
lumotlar faylining mantiqiy va fizik strukturasi xususiyatlarini bi- 
luvchi MBBT tomonidan amalga oshirilishi odatda, ishlashning 
yiiqori samaradorligini ta’minlaydi, eng asosiysi esa, ma’lumotlar 
manbaining predmet sohasi mantiqi bo'yicha ma’lumotlar yaxli- 
iligiga cheklashlar bajariladi.
Ma’lumotlarni himoyalash va foydalanishni cheklash tizim- 
larida “raxnalar”ning paydo bo‘lishi, obyektli bog‘lash texnologiya- 
sining ma’lum muammosi hisoblanadi. Ma’lumotlardan foydalanish 
muolajalarini bajarish uchun ODBC drayverlarining chaqiriqlari tar- 
kibida, yoMdan, fayllar va so‘raluvchi obyektlar (jadvallar)dan tash- 
qari (agar mos bazalar himoyalangan bo‘lsa) ochiq holdagi foydala­
nish parollari boiadi, natijada foydalanish va ma’lumotlarni hi- 
moyalash tizimlari tahlillanishi va ochrlishi mumkin.
87



Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə