Reja: 1 Prognoz axboroti va uning xususiyatlari


rasm. To’plangan axborot va prognozlash uslublari orasidagi o’zaro aloqa



Yüklə 36,93 Kb.
səhifə2/2
tarix19.09.2023
ölçüsü36,93 Kb.
#122386
1   2
2-m

2.1 rasm. To’plangan axborot va prognozlash uslublari orasidagi o’zaro aloqa.

Prognozning tahliliy tadqiqotlar sifatini oshirish muammosi ko’p jihatdan ularning axborot ta’mingotiga bog’liq. Foydalanilayotgan axborot bazasiga qo’yilgan asosiy talablar quyidagilardir:


- ko’rsatkichlarning miqdoriy tavsiflari ishonchliligi avvalambor iqtisodiyotning asosiy sohalaridan, yetarli darajada to’liq hamda umuman olganda mamlakatda va uning mintaqalarida sodir bo’layotgan salbiy va ijobiy jarayonlar to’g’risida to’liq tavsiflarni ko’zda tutuvchi taqdim qilinayotgan axborotning yetarliligi va kompleksligi;
- turli axborot bloklari va darajalari ko’rsatkichlarining o’zaro to’g’ri kelishini ko’zda tutuvchi taqdim qilinayotgan axborotning tizimliligi;
- taqqoslanishi, ya’ni turli ko’rsatkichlar miqdoriy tavsiflarining bir-biriga zid bo’lmasligi.
Prognoz - tahliliy hisoblar statistik axborot, ya’ni mintaqalar, korxonalar, moliyaviy tashkilotlardan olinadigan ma’lumotlar asosida olib boriladi. Boshqa mamlakatlarning va jahon iqtisodiyoti hamda uning mintaqalari iqtisodiy kon’yunkturasini tavsiflovchi axborotdan foydalaniladi. Materiallarning bir qismi aholini va tadbirkorlarni so’rash natijasida shakllanadi, ekspert axborot, ya’ni bilimning u yoki bu soha mutaxassislaridan olinadigan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Statistik ma’lumotlar sifatini belgilovchi beruvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- yalpi kuzatishdan tanlab kuzatish uslubiga o’tish bilan bog’liq o’zgarishlar;
- statistic isobot va buxgalteriya hisobining yangi shakllari kiritilishi bilan bog’liq birlamchi hisobning kechiktirib bo’lmasligi;
- agregatlashgan ko’rsatkichlarni hisoblash uslubiyati;
- statistik ko’rsatkichlarning iqtisodiy kategoriyaga mos kelmasligi.
Statistik ko’rsatkichlarning sifati muammosi birinchi navbatda statistic ma’lumotlarni yig’ish bilan bog’liq. Iqtisodiy birliklarning ko’p martalab ko’payishi va mulkchilik tarkibining o’zgarishi sharoitida iqtisodiy faoliyatni yalpi hisobga olish imkoni bo’lmay qoldi. Ishlab chiqaruvchilar o’z natijalarini kamaytirishdan manfaatdor, chunki bu soliqqa tortiladigan bazani qisqartiradi.
Tanlama tadqiqot Rossiya statistikasi uchun mutlaqo yangilik emas. Tanlama tadqiqotlar Sobiq Sovet tuzumi davridayoq iqtisodiyotdagi yangi hodisalarni o’rganish uchun olib borilgan.
Masalan, 1958 yilda ishlab chiqarish jarayonlari mexanizasiyasi va avtomatizasiyasini, uskunalarni modernizasiyalashni, sanoatga yangi texnologik jarayonlar va takomillashuvlarni va hokazoni tekshirishning yangi shakllari ishlab chiqildi.
Sovet davrida o’tkazilgan tanlama kuzatishlar-ning tub farqi shundaki, ular bir martalik tadbirlar bo’lib, umumiy to’plamlar yaxshi aniqlangan edi.
Zamonaviy sharoitda esa, yalpi bo’lmagan statistik kuzatuvning uslublari asosiy bo’lib qoldi, o’rganilayotgan to’plamlar va ularning har biri ichidagi variasiya ko’plab martaga oshdi.
Agregatlashgan statistik ko’rsatkichlarning boshlang’ich ishlab chiqarish manbai bo’lib buxgalteriya hisobi va statistik hisobotning ma’lumotlari xizmat qiladi. Yakuniy baholashning ishonchliligini bosh-lang’ich ma’lumotlardan yakuniy ko’rsatkichlargacha hisoblarning bevosita xarakterini ta’minlaganda oshirish mumkin. Rasmiy statistika yagona milliy hisoblar tizimiga (MHT) o’tayotgani sababli buxgalteriya va statistik ko’rsatkichlari va MHTni o’zaro muvozanatlashi kerak.
Rossiya amaliyotida majburiy standartarning yo’qligi korxonalarning bir qismi hisobotda butun jo’natilgan mahsulotni, boshqa qismi esa faqat haqi to’langan qismini ko’rsatishiga olib keldi.
To’lovlarning umumiy inqirozi sharoitida bu tovarlar xizmatlarni ishlab chiqarish agregatlashgan ko’rsatkichi noaniq hisoblanishini bildiradi. Xuddi shunday holat to’langan emas, balki hisoblangan summalar aks etishi kerak bo’lgan «mehnatga haq to’lash» ko’rsatkichi bilan mavjud.
Buxgalteriya hisobida boshlang’ich qiymat bo’yicha, MHTda esa qayta tiklanish qiymati bo’yicha baholash ayniqsa asosiy fondlar uchun hammadan ko’ra muhim, chunki ularning katta qismini korxonalar o’n yillab oldin xarid qilib, islohotlar, narxlarning yillar davomida keskin o’sishi amalda boshlang’ich qiymatni nolga tenglashtirdi.
Statistik ma’lumotlardagi xatolikning katta manbai noqonuniy iqtisodiyot hajmlarini oxirgacha hisobga olmaslik bo’ldi. Noqonuniy iqtisodiyot bo’yicha ko’rsatkichlarning hisobi hozirgi vaqtda ancha shartlidir. Yashirilgan tovarlar va pul oqim-larini to’g’ridan-to’g’ri kuzatish imkoni bo’lmagani sababli ularning hajmlarini aniqlash uchun nafaqat rasmiy statistik organlar, balki boshqa tashkilotlar ham o’tkazadigan hisoblarning turli uslublaridan foyda-laniladi.
Statistik ma’lumotlarning sifati nafaqat boshlang’ich ko’rsatkichlarni yig’ish uslublariga, bal-ki ularni qayta ishlashga ham bog’liq. Qayta ishlashjarayoniga o’rtacha miqdorlarni hisoblash ham kiradi. Ularni hisoblashda ikkita muammo paydo bo’ladi.
Birinchidan, inqiroz rivojlanish sharoitida kuza-tilayotgan iqtisodiyot qatorlarida belgilarning katta variasiyasi seziladi.
Masalan, turli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining turlicha qisqarishi, umuman olganda, sanoat uchun ishlab chiqarish indeksi miqdoriga ta’sir qiladi.
Ikkinchidan, turli mintaqalarda ayrim ko’rsat-kichlar orasidagi katta farqning mamlakat uchun umumiy o’rtacha darajasini aniqlashda muammolar kelib chiqadi.
Iste’mol narxlarining mintaqalar bo’yicha variasiyasi ham maksimaldir (iste’mol narxlarining eng baland darajasi eng past darajasidan 2 martaga katta).
Iqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sish sur’atlarini, masalan, YaMM yoki sanoat ishlab chiqarishi o’sish sur’atini hisoblashda narx o’sishining ta’sirini yo’qotish va fizik hajm o’sishini aniqlash uchun o’zgarmas narxlardagi ko’rsatkichlardan foydalanish kerak. O’zgarmas narxlardagi ko’rsatkichlardan foydalanish ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibi va proporsiyalarini, shaxsiy iste’molni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Amalda ekonometrik modellarning regression tenglamalari parametrlarini hisoblashda ham o’zgarmas narxlardagi statistik ma’lumotlardan foydalaniladi.
Statistik ishlanmalar natijasida olingan makro-iqtisodiy ko’rsatkichlarning prognozlash ma’lumot-lardan davomiyligi turli dasturlarni tuzishda foyda-laniladi.

2.2 Funksional belgiga ko’ra axborotning tasniflanishi


Prognozlashda ishlatiladigan axborotni funksio-nal belgi, ya’ni prognozlash maqsadida u yoki bu ko’rsatkich nima sifatida foydalanishiga qarab tas-niflash mumkin. Bu holda axborot boshqarilmaydigan, boshqariladigan va boshqariluvchi bo’lishi mumkin.


Boshqarilmaydigan axborot - bu, tabiiyki, ham butun iqtisodiyot uchun, ham alohida modellar uchun to’g’ri bo’lgan ekzogen axborotdir. Ekzogen axborot esa boshqariladigan va boshqaradigan bo’lishi mumkin.
Boshqariladigan ko’rsatkich – bu, uni belgilovchi omillarning o’zgarishiga qarab kelajakda (prognozda) o’zgarishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichdir.
Masalan, agar aholining uzoq muddatli iste’mol tovarlariga talabi aholi daromadlari va soliqqa tortish darajasining funksiyasi sifatida modellashtirilsa, prognozlashtirilayotgan ehtiyoj boshqariladigan ko’rsatkichdir. Bunda talab modelidagi omillar ham boshqariladigan, ham boshqaruvchi bo’lishi mumkin. Agar «aholi daromadi» ko’rsatkichi ushbu model doirasida boshqa omillarning funksiyasi sifatida aniqlansa, u - boshqariladigan axborot, huku-mat uchun federal soliqlar darajasi esa boshqaruvchidir.
Boshqaruvchi ko’rsatkich–bu, davlat siyosatining, milliy iqtisodiyot va uning obyektini davlat tomonidan tartibga solish vositasi bo’ladigan har qanday ko’rsatkichdir.
Prognozlashning instrumental o’zgaruvchilari deb milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladigan boshqaruvchi ko’rsatkichlarga ayti-ladi. Prognozlashning instrumental taxminiy ro’yxati quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ekologik andazalar tizimi;
- bilvosita soliqlar;
- bevosita soliqlar;
- amortizasiya ajratmalari;
- korxonalarning byudjetdan tashqari fondlarga transfert to’lovlari;
- minimal ish haqi;
- nafaqaning minimal miqdori;
- ishsizlik bo’yicha nafaqaning minimal miqdori;
- davlat byudjetining umumiy xarajatlari;
- davlat byudjetining umumiy tarkibi;
- pul-kredit siyosatining instrumentlari: hisob stavkasi, minimal zahiralar me’yori;
- davlat korxonalari va tabiiy monopoliyalar mahsulotining narxi;
- bojxona bojlarining umumiy darajasi;
- bojxona bojlarining tarkibi;
- soliqlar bo’yicha imtiyozlar;
- kreditlar bo’yicha imtiyozlar.
Markaz darajada prognoz - tahililiy hisoblarda makroiqtisodiyko’rsatkichlar foydalanilgani uchun axborotning agregatlashish (kondensasiyalash) muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, «yalpi ichki mahsulot» ko’rsatkichini olish uchun milliy iqtisodiyotning barcha korxonalari bo’yicha pirovard mahsulot ishlab chiqarish hajmi ma’lumotlari qo’shiladi. Axborotning bunday ixchamlanishi prognozlash masalalari hajmini va vazifasini o’zgaritirmay kamaytirishga imkon beradi.
Agregatlashish darajasi prognozlashning turli darajalari va obyektlari uchun har xil bo’lishi kerak.
Prognozlash obyektining mutassil tasvirini bilib, uning agregatlashgan tasvirini olish ham mumkin. Shu vaqtining o’zida obyektning agregatlashgan tasvirdan detallashganiga, umumiy holda ko’plab detallashgan tasvirdan agregatlashganga o’tganda axborot yo’qotiladi.
Agregatlashishning eng oddiy misoli – bu, qo’shishdir. Masalan, davlatning iqtisodiy siyosatini ko’rib chiqayotib, davlat xarajatlari elementlarini qo’shish, eksportni qarab chiqqanda, eksportning turli qismlarini qo’shish va hokazo. Ayrim hollarda oddiy summalardan emas, balki tortilgan ko’rsatkich-lardan foydalaniladi. Masalan, davlat soliq stavkalarining o’rtacha miqdorlaridan foydalaniladi. Yuqorida aytilganlarning barchasi prognozlashning miqdoriy tomonlariga tegishli.
Sifat tomonlari bilan, ayniqsa, agar bu davlat siyosatiga tegishli bo’lsa, ishlash murakkabroqdir. Faraz qilaylik, importni bevosita tartibga solishning maqsadga muvofiqligi ko’rib chiqilmoqda. Tegishli siyosatni batafsil tasvirlashda har bir olib kiriladigan tovar uchun tartibgan solina-digan va import orasida sifat tanlovini amalga oshirish mumkin.
Agregatlashgan modellarni shakllantirishda faqat yalpi import ko’rsatkichlari bilan ishlanadi, bu esa to’liq tartibga solinadigan va to’liq erkin import orasida tanlash zaruratiga olib keladi. Agregatlashish tarmoq mahsuloti nomenklaturasidagi progressiv tarkibiy o’zgarishlarni aniqlashga xalaqit berishi mumkin (masalan, shisha idishlar o’rniga plastmassa idishlarning paydo bo’lishi va vaqt o’tishi bilan ularning ishlab chiqarishi kengayishi).
Iqtisodiyotning agregatlashgan tasviriga o’tishda paydo bo’lgan qiyinchiliklarni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin:
- operasion muammolari;
- baholash muammolari;
- tahlilning aniqligi va ishonchliligi muammolari.
Agar u prognozlash obyektining kelajakdagi rivojlanishiga tegishli barcha ehtimolli variantlarni va erishilishi mumkin bo’lgan barcha maqsadlarni ko’rib chiqsa prognoz operasion, deb ataladi.
Operasionallik talablari ayniqsa qisqa muddatli prognozlar uchun muhimdir. Masalan, aniq lisenziyaviy va Markaziy bankning kreditlash siyosatini amalga oshirish individual lisenziyalar va qarzlar berishdan iborat. Agar prognozda to’g’ri yoki egri soliqlarning umumiy miqdorigina ko’rsatilsa, u operasion bo’lmaydi, chunki u soliq yig’uvchilar uchun ko’rsatmalarga ega emas. Iqtisodiy siyosatni tasvirlashda yuqorilashgan ko’rsatkichlardan foyda-lanish ko’pincha prognozlar va prognoz modellari hayotdan uzoqlashuviga olib keladi. O’rta muddatli (ayniqsa, birinchi yilgi) davlat byudjetining axborot agregatlashuvi darajasi bo’yicha korrespondensiyasi bo’lishi kerak.
Prognoz - tahliliy axborot agregatlashish darajasining o’sishi kerakli axborot yo’qotilishiga va buning natijasida iqtisodiyotning holati, uning rivojlanishida noaniqlikni oshiradi.
Lekin axborotning ehtimolli yo’qotishlari tahlilidan, agregatlashish darajasi doimo minimal bo’lishi zarur, degan xulosa chiqarmaslik kerak, chunki axborotni detalizasiyalash darajasini tanlash boshqa omillar ta’siriga ham bog’liq. Prognozning turli variantlari, muqobil natijalardan eng rasionalini tanlash maqsadida baholashning o’zi juda qiyin, agar bu natijalar va prognozlar juda batafsil berilgan bo’lsa, baholashning murakkabligi bir necha barobar oshadi.
Agar ko’plab ko’rsatkichlar prognoz obyekti doirasida ma’lum bir o’zgaruvchilarni nisbatan barqa-ror qilib shakllantirsa, bu o’zgaruvchilarni agre-gatlashtirish tegishli baholashning aniqligida kichik xatoliklar bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, agar davlat siyosatining turli vositalaridan foydalanganda aho-lining turli qatlamlari daromad darajalari nisbatan yetarli darajada barqaror bo’lsa, bu guruhlar daromadlarini agregatlashtirishdan kelib chiqqan baholashdagi noaniqliklar kichkina bo’ladi.
Shunday qilib, masala shundaki, faqat agregat-lashgan ko’rsatkichlardan foydalanib, iqtisodiyotning holati to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish va yetarli darajada aniq prognozlar olish mumkinmi?
Umumiy holda javob qat’iy - yo’q, mumkin emas. Lekin agregatlash uslubini qo’llaganda aniqlik va ishonchlilikdagi yo’qotishlar kichik bo’lishiga intilish kerak. Agregatlashgan ko’rsatkichlar statistic ahamiyatli, ma’muriy jihatdan muvofiq keladigan va oson interpritasiyalanadigan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, agregatlashda, ayniqsa, qisqa muddatli prognozlarda baholash muammo-larini va operasionlik talablarini hisobga olish kerak.
Aniqlik va ishonchlilikda yo’qotishlarni minimal-lashtirish uchun 2 ta qoidadan foydalaniladi:
1.Sohani chegaralash qoidasi-bir-biriga u yoki bu darajada parallel ravishda o’zgaradigan o’zga-ruvchilarni agregatlash mumkin.
2.Ekvivalent natijalar qoidasi - natija ko’rsat-kichlariga tahlil yoki prognozning ta’siri bir xil bo’lgan o’zgaruvchilarni agregatlash mumkin.
Sohani chegaralashga misol: jahon bozorida qandaydir tovarga bo’lgan narx har doim bir xil nisbatlarda o’zgaradi.
Ekvivalent natijalarga misol: qurilish yoki import lisenziyalarni berish. Agar davlat tomondan beriladigan lisenziyalarning umumiy summasi belgilangan bo’lsa, ularni olishning yo’llari ko’p. Agarda lisenziyalanadigan qo’rinishning barcha turlari bir xil makroiqtisodiy natija bersa, ya’ni ularning YaMM, bandlik va boshqa makroiqtisodiy ko’rsat-kichlarga ta’sir darajasi bir xil bo’lsa, bir ko’rsatkich -umumiy summa bilan foydalanish mumkin
Shu holat import faoliyatiga ham tegishli. Ekvivalent natijalar mezoni bo’yicha federal byudjet ham tasniflanadi. Masalan, xarajat modellari bo’yicha: yangi qurilish va uskunalarga, qarzni qaytarishga xarajatlar, transfert to’lovlar va hokazo.
Shunday qilib, agar prognozdagi detallashgan axborotdan foydalanilsa, bu agregatlashgandan ko’ra ko’proq barqaror bo’ladi, degani emas. Masalan, pishloqqa bo’lgan talabga nisbatan barqarorroq bo’lishi mumkin. Lekin hatto shu yerda ham agregatlashning rasional darajasini aniqlash zarur.

2.3. Makroiqtisodiy prognoz - tahliliy ko’rsatkichlar tizimi


Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni komplekslashda tahlil qilish va prognozlashga imkon beruvchi amaliy vositalar ichida statistik (ekonometrik) modellar ajratiladi. Rossiyada o’tgan o’n yilliklarda tahlil va modellashtirishning statistik uslublari sohasida jiddiy ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganiga qaramay, to’liq rejalashtirilgan iqtisodiyotning balans uslublari afzal ko’rilgan. Lekin bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ekonometrik modellarni qo’llash dolzarb bo’lib qolmoqd, chunki tahlilda qo’llanuvchi vosita obyektiga -bozor iqtisodiyotiga to’g’ri keladi.


70-yillarda Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda indikatorlarning o’z milliy tizimlari shakllantirilgan. Lekin zamonaviy iqtisodiy tizimning baynalminallashuvi jarayoni har bir milliy iqtisodiyotning prognozini hisobga olish zaruratini kuchaytirdi va (70-yillarning boshida boshlangan) iqtisodiy indikatorlarning xalqaro tizimini (I IXT) yaratish bo’yicha maxsus tadqiqotlarni talab qildi.
I IXT qo’llashda 4 ta asosiy yo’nalish ajratiladi:
- chuqur xarakterga ega jahon iqtisodiy inqirozlarini prognozlash;
- ayrim alohida davlatlarda inqirozlar o’tishining xususiyatlarini tasvirlash;
- mamlakatlar orasida tovarlar oqimi matrisasini tuzish orqali jahon savdosini prognozlash;
- xalqaro xarakterga ega inflyasiyani prognozlash.
IIXT ishlab chiqishda asos bo’lib iqtisodiy indikatorlarning amerikacha tizimi xizmat qildi. IIXT nafaqat yetarli darajada barqaror rivojlanuvchi iqtisodiy sikl, balki «o’sish sikllari» deb ataluvchi iqtisodning tezlashgan va sekinlashgan tahlili va prognoz uchun moslashgan.
Shunday qilib, uni ham ishlab chiqarish keskin tushib ketmagan fazali mamlakatlar (masalan, ayrim rivojlanayotgan davlatlar), ham ishlab chiqarishning barqaror pasayishini boshdan kechirayotgan davlatlar uchun qo’llash mumkin.
IIXTni qo’llashning eng muhim o’nalishlaridan biri jahon savdosini prognozlashdir. A mamlakatdan B mamlakatga eksport-B mamlakatdagi iqtisodiy kon’yunktura holatiga bog’liqligi uchun A mamlakatdan B mamlakatga eksport tendensiyalarini prognoz qiluvchi B mamlkat (importyor) ning ilgarilab ketuv-chi (lider) iqtisodiy rivojlanish indikatorlaridan foyda-laniladi. Tadqiqotlar ushbu yo’nalishning to’g’riligini aniqladi, lekin uning chegaralanganligini ham ko’rsatish kerak, chunki bunda eksportning dinamikasi faqat bir omil - import qiluvchi mamlakatning iqtisodiy kon’yunkturasiga bog’liq. Bunda valyuta kurslarining harakati, ichki baholar va ikki mamlakat orasidagi savdoga ta’sir etuvchi boshqa omillar hisobga olinmaydi. 70-yillarning boshidan IIXTdan narxlar dinamikasini prognozlashda keng foydalanila boshlandi. Narx indekslarning tahlili ularning «o’sish sikllari» bilan uzviy aloqasini ko’rsatdi. Odatda, o’sishning sur’atlari jadallashganda narxlar o’sishi tezlashadi va aksincha, o’sish sur’atlariningpasayishi narxlar o’sishini kamayganini bildiradi.
2.4. Milliy hisoblar tizimi (MHT)ning mohiyati

Rivojlangan mamlakatlarda makroiqtisodiy prognozlash MHT nomini olgan statistic axborotdan shakllangan milliy iqtisodiyotdagi asosiy o’zaro aloqalar sxemasiga tayanadi.


MHT balans uslubiga asoslangan va makrodarajada iqtisodiy faoliyat natijalarini, iqtisodiyotning tuzilmasini, mamlakatdagi mavjud resurslar va boshqalar ko’rsatkichlari yig’idisidan iborat milliy hisobdir.
MHT milliy iqtisodiyot unsur (pog’ona)lari faoliyat olib borishining maketini yaratuvchi balans jadvallar shaklida tuzilgan.
Xo’jalik operasiyasi deganda bir xo’jalik yurituvchi subyekt boshqasiga moddiy boyliklar yoki moliyaviy boyliklar yoxud xizmatlarni berishi yoki sotishi, boshqasi esa ularni qabul qilishi yoki xarid qilishi jarayoni tushuniladi.
Iqtisodiy operasiyalar ikki tomonlama yozuv tamoyili asosida tuzilgan schyotlarda qayd etiladi, shunga asosan har bir operasiya 2 marta - «resurslar» va «ishlatilish» bo’limlarida aks ettiriladi. Har bir schyot bo’yicha saldo chiqariladi, u -resurslar va va ulardan foydalanish o’rtasidagi farq. Resurslar ortib qolganda saldo «Ishlatilish» bo’limiga, kamomadida «Resurslar» bo’limiga yozib qo’yiladi.
Ma’lumotlardan tahlil qilish va prognozlash maqsadida foydalanish uchun schyotlar faoliyat turi va milliy iqtisodiyot sektorlari bo’yicha guruhlarga birlashadi. Shunday qilib, MHT ni har bir iqtisodiy jarayonning u yoki bu tomonini, birga olganda esa iqtisodiy jarayonning umumiy tasvirini ko’rsatuvchi o’zaro bog’liq schyotlar tizimi sifatida ko’rsatish mumkin.
Rossiyaning MHT ichki iqtisodiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun schetlarga ega. Prognozlash ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga ham andozaviy asosiy ma’lumotlar, ham tadqiqot maqsadlariga yetishish uchun kerak bo’lgan milliy hisoblar tizmiga kirmaydigan noandozaviy ko’rsatkichlar ro’yxatini oladi.
Barcha mamlakatlar uchun umumiy ko’rsatkich mavjudligiga qaramasdan har bir mamlakatda ko’rsatkichlarning o’z tizimi mavjud. Bunda andozaviy va noandozaviy ko’rsatkichlar tizimida mamlakatlar orasida farq bor. Ko’rsatkichlar tizimi o’zgarishi mumkin.
Bu iqtisodiy tizimda har yili yangi muammolar kelib chiqib, ayrim eskilari dolzarbligini yo’qotishi bilan bog’liq.
Hozirda tahlilchilar va prognozchilarning asosiy e’tibori iqtisodning real sektori va investision jarayonlar rivojlanishini baholash, iqtisodning moliyaviy, mintaqaviy va ijtimoiy muammolarini yechishga e’tiborni jamlashgan.
Ko’rsatkichlar tizimi mukammal emas va bu haqda ularni prognoz - tahliliy hisoblarda foydalanishda esda tutish shart.
Buni MHTda markaziy o’rin egallagan bir ko’rsatkich -YaMM misolida ko’rsatamiz. Ishlab chiqarish uslubi bilan hisoblanganda u mahsulot va xizmatlar barcha ishlab chiqaruvchilarning yalpi qo’shilgan qiymati sifatida hisoblanadi; daromadlar taqsimlanishi uslubi bilan hisoblanganda, barcha turdagi iqtisodiy faoliyatdagi hamma xo’jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari va amortizasiya ajratmalari umumiy yig’indisi; yakuniy foydalanish uslubida -ne’matlar va xizmatlar, capital quyilmalar-ning yakuniy iste’moli, moddiy aylanma ablag’larning o’sishi va tashqi iqtisodiy operasiyalar saldosining yig’indisi sifatida hisoblanadi.

2.5 Indikatorlarning turlari


Iqtisodiy kon’yunktura vaqt davomida o’zgarishiga qarab indikatorlarning quyidagi turlari farqlanadi: ilgarilab ketuvchi, to’g’ri keluvchi (yoki taxminan to’g’ri keluvchi) va orqada qoluvchi.


Ilgarilab ketuvchi yoki liderlovchi indikatorlar – bu iqtisodiy kon’yunktura o’zgarishlarining vaqt jihatidan ilgarilab ketuvchi statistik ko’rsatkichlaridir. Demak, ular o’zgarishining nisbatini bilib, masalan, iqtisodiy inqirozlarni oldindan aytib berish mumkin. Bandlik darajasini ilgarilab ketuvchi indikatorlar bilan prognozlash uchun qayta ishlovchi sanoatdagi ish haftasining o’rtacha davomiyligi, ishsizlik bo’yicha yangi sug’urta to’lovlaridan foydalaniladi. Ish faolligi darajasi pasayishidan oldin quyidagi ko’rsatkichlar pasayadi:
- iste’mol tovarlari yetkazib berishga yangi buyurt-malar hajmi;
- korporasiyalar aksiyalari bahosining darajasi;
- yangi mashinalar va uskunalar, buyurtmalar bilan bog’liq sharnomalar qiymatlari;
- yangi uy-joylar qurilishga berilgan lisenziyalarning miqdori;
- xom ashyoning ayrim turdagi narxlari;
- mamlakatdagi pul taklifi hajmi va boshqalar.
To’g’ri keladigan indikatorlar o’zgarishi Iqtiso-diy kon’yunktura o’zgarishiga vaqt jihatidan to’g’ri keluvchi indikatorlardir, ular iqtisodning ahvolini va ish faoliyati darajasini tahlil qilinayotgan yoki prognozlash davrida aks etadi. Hozirda mavjud bo’lgan tasniflashga ko’ra, to’g’ri keluvchi indikatorlarga quyidagilar kiradi:
- o’zgarmas narxlardagi yalpi milliy mahsulot (YaMM); - o’zgarmas narxlardagi yalpi sanoat mahsuloti hajmi;
- o’zgarmas narxlarda qayta ishlovchi sanoat va savdoning yalpi mahsuloti hajmi;
- aholi shaxsiy daromalarining hajmi;
- sanoatda va xizmalar sohasidagi bandlik darajasi;
- milliy iqtisodiyot (mamlakat)dagi ishsizlik darajasi. Oxirgi ikkitasi bandlik darajasini prognozlash uchun
to’g’ri keladigan indikatorlardir. Orqada qoluvchi indikatorlar deb o’zgarishi vaqt jihatidan iqtisodiy tizim kon’yunkturasining o’zgarishlaridan orqada qoluvchi indikatorlarga aytiladi. Bu guruh o’z ichiga quyidagi ko’rsatkichlarni oladi:
- agar bandlik alohida investision tovarlar (mashina va uskunalar) ishlab chiqarishga kapital qo’yilmalarning o’zgarmas narxlardagi hajmi;
- qayta ishlash sanoatidagi mehnat unumdorligi (soatlik ish);
- savdo va sanoatdagi o’zgarmas narxlardagi qaytaril-magan qarzlar miqdori;
- tijorat qarzlari bo’yicha foiz normasi;
- ishsizlik darajasi.
Bandlik alohida prognozlashtirilganda oxirgi ko’rsatkich to’g’ri keluvchi indikator bo’ladi.
Indikatorlar tizimi doimo takomillashadi. Tadqiqotni nafaqat A+Sh iqtisodiy tadqiqotlar Milliy Byurosi, balki alohida iqtisodchilar ham olib borishmoqda. Va, albatta, tadqiqot natijalari u yoki bu iqtisodchi qaysi iqtisodiy yo’nalishga tegishliligiga bog’liq.
Monetarist R. Djilbert iqtisodiy kon’yunktura o’zgarishini ilgarilab ketish imkoniyatiga tekshirilgan 3 ta mnetar ko’rsatkichni ajratgan:
- «yuqori samardorlik»ga ega pullar, ya’ni kredit ekspansmya uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi pullar (bank tizimidan tashqaridagi pul massasi plyus bank zahiralari);
- «tor aniqlangan» pul massasi (bank tizimidan tashqaridagi pul massasi plyus joriy schyotlar);
- «keng aniqlangan» pul massasi («tor aniqlangan» pul massasi va tijorat banklarining muddatli omonat-lari).
Indikatorlarni takomillashtirishning muhim yo’nalishi ular asosida turli tahliliy ko’rsatkichlarni ishlab chiqish bo’ldi. Tahliliy ma’lumotlarga eh tiyoj chuqurlashgan
iqtisodiy qayta ishlash uslubi bilan indikativ tahlil kamchiliklarini yo’qotish mumkin emasligidan kelib chiqdi.
Ishlab chiqaruvchilarning maqsadi -tahliliy ko’rsat-kichlarda indikatorlarning prognoz xususiyatlarini jamlash edi. Bu ko’rsatkichlarning asosiy turlariga yig’ma va diffuzion indekslar hamda o’zgarish me’yorlari kiradi.
Yig’ma indekslar deb iqtisodiy indekslarning asosiy guruhlari (ilgarilab ketuvchi, to’g’ri keluvchi va orqada qoluvchi) o’rta tortilgan miqdorlariga aytiladi. Ularni hisoblashda taqqoslash uchun indikatorlar samaradorligini baholashdan foydalaniladi.
Diffuzion indekslar sodir bo’layotgan jara-yonlar iqtisodiyotning turli darajalarini qamrab olish darajasini aks etadi. Ular u yoki bu ko’rsatkich ko’payishi sodir bo’layotgan kompaniyalar, tarmoqlar va mintaqalarning ulushidan iborat. Masalan, 30 ta tarmoq bo’yicha diffuzion indeks tegishli vaqt davrlarida bandlik ko’paygan tarmoqlar ulushini foizda ko’rsatadi.
Yana bir misol. Agar 12 ta ilgarilab ketuvchi indekslardan 6 tasi pasaysa, diffuzion indeks tegishli ravishda 50%ni tashkil etadi. Agar barcha indekslar qisqarsa, indeks nolga teng bo’ladi.
Shunday qilib, agar indeks 50-100% bo’lsa, iqtisodiyotning o’sishi kutiladi, 50%ga teng bo’lsa, ishlab chiqarish barqarorlashishi mumkin, agar 0-50% bo’lsa, ishlab chiqarishning qisqarishi kutiladi.
Diffuzion indeksni tuzishning boshqa uslubi-da o’sishning o’rta davomiyligi hisoblanadi. Indeks tarkibiga kiruvchi har bir indeks o’sish sodir bo’lgan oylarni bildiradi. O’sishning o’rtacha davomiyligi bu miqdorlarning o’rtacha tortilgan koeffisiyenti sifatida aniqlanadi.
Masalan, agar indeksga 2 ta indikator kirib, joriy davrda ulardan biri 4 oy davomida o’sib (+4), ikkinchisi 1 oy pasaygan bo’lsa (-1), o’sish davomiy-ligi indeksi 1,5 ni tashkil etadi.
Lekin diffuzion indekslar va ularning o’rtacha o’sish davomiyligi miqdorlarini interpretasiya etish qiyinligini aytib o’tish kerak. Ayniqsa, ular asosida iqtisodiy kon’yunkturaning kelajakdagi miqdoriy baholashni shakllantirish qiyindir. Shuning uchun diffuzion indekslarni qo’llashning asosiy maqsadi iqtisodiy indikatorlar bilan birga iqtisodiy kon’yunk-turani tahlil qilish va prognozlashning qo’shimcha vositasi bo’lishi mumkin.
Amplituda indeksi qaysidir davrda iqtisodiyotda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni ularning o’rtcha miqdoriga nisbatan tezligini o’lchashga imkon beradi. Har bir davr uchun amplituda indeksi uning o’rta miqdoriga nisbatan ko’rsatkich o’sishini ko’rsatadi.
Ma’lumotlar guruhi uchun indeks har bir ko’rsatkichning o’rta tortilgan miqdori sifatida hisoblanadi, taqqoslash uchun esa bu ma’lumotlardan foydalanish samaradorligi baholanishi olinadi.

2.6. Iqtisodiy ko’rsatkichlarning tasniflanishi


Axborotlarni mohiyat jihatdan endogen va ekzogenga ajratish mumkin. Miliy iqtisodiyot ichida shakllanib, xo’jalik subyektlarining samarador faoliyat olib borishiga bog’liq axborot endogen, ya’ni ichki kelib chiqadigan axborotdir, milliy iqtisodiyot faoliyatiga bog’liq bo’lmagan axborot esa ekzogen, ya’ni tashqi kelib chiqadigan axborotdir.


Bu holda milliy iqtisodiyot uchun uning rivoj-lanishi, shu jumladan, alohida xo’jalik yuritish sub-yektlarining rivojlanish ko’rsatkichlari endogendir, jahon bozoridagi dollar bahosi, OPEKga a’zo davlat-lar tomonidan belgilanadigan neft narxi - ekzogendir.
Shuni e’tiborga olish kerakki, «endogen» va «ekzogen» tushunchalari nisbiydir. Masalan, milliy iqtisodiyot uchun federal soliqlar miqdori endogen ko’rsatkichlardir, mintaqalar, alohida tarmoqlar va aholining turmush darajasi uchun ekzogen ko’rsatkich-lardir. Shuni aytish kerakki, milliy iqtisodiyot uchun ekzogen bo’lgan ko’rsatkichlar uning alohida qismlari uchun ham ekzogendir. Lekin iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda axborotning endogenligi va ekzogenligi bir oz boshqacharoq ma’noda ishlatiladi. Bunda «prognozlash modelining ahamiyatli o’zga-ruvchisi» tushunchasi - obyektni modellashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar kiritiladi. Bu ta’rifdan kelib chiqib, ekzogen va endogen o’zgaruvchilarni quyidagicha berish mumkin:
Endogen o’zgaruvchi-kattaligi model doirasida -prognozlash ahamiyatli o’zgaruvchi.
Ekzogen o’zgaruvchi -kattaligi model doirasidan tashqarida- prognozlash ahamiyatli o’zgaruvchi.
Misol tariqasida quyidagi tenglamalar siste-masi bilan ifodalangan modelni beramiz:

x1=f (x2, x3)


x2=f (x4, x5)
x3=f (x6, x7)

x2, x3, x4 - endogen o’zgaruvchilar omillar);


x5, x6, x7 – ekzogen o’zgaruvchilar (omillar).

2.7. Iqtisodiy indikatorlarning kamchiliklari


YaMM mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish darajasining eng muhim indikatorlaridir (YaIM, SMM, va MD bilan bir qatorda). Lekin ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar hajmi millat sog’lig’i, hayot davomiyligi (shu jumladan, uning faol qismining) va boshqa ko’rsatkichlarni aks ettira olmaydi.


Umuman olganda, YaMM hayot sifati indika-torlari sifatida quyidagi kamchiliklarga ega:
- moddiy tovarlar va harbiy ishlab chiqarishni ortiqcha baholash va xizmatlar sektoriga yetarlicha baho bermaslik;
- milliy yutuqlar (aktivlar) qiymatini, mamlakat aholisining ma’lumot darajasi, atrof - muhit holatini, ishlab chiqarish, bozor infratuzilmasi holatini hisobga olmaslik;
- uy xo’jaligidagi ko’ngilli jamoatchilikning haq to’lanmaydigan mehnatni hisobga olmaslik;
- daromadlar oqimining aks etishi, lekin resurslar zahirasini ularni asrashga yetarlicha baholamaslik.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar o’sish sur’atlarini hisob-lashda narx o’sishining ta’sirini yo’qotish va fizik hajm o’sishini aniqlash uchun qiyosiy baholardagi ma’lumot-lardan foydalanish kerak.
Qiyosiy baholardagi ko’rsatkichlarni qo’llash ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasi va proporsiyalar, shaxsiy iste’mol tahlilida muhim ahamiyatga ega.
Umum qabul qilingan amaliyotda ekonometrik modellarning regression tenglamalar parametrlarini hisoblashda ham qiyosiy baholardagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Iqtisodiy indikatorlar tizimini takomillashtirish va uning faoliyat olib borishdagi alohida muvaffaqiyatlariga qaramasdan, tizimning asosiy kamchiliklari hali bartaraf etilmagan. Ularga birinchi navbatda quyidagilar tegishli:
-«yolg’on signal» mavjudligi, ya’ni butun iqtisodiyotga tegishli o’zgarishlarga olib kelmaydigan iqtisodiy indika-torlar va indekslardagi o’zgarishlar. Shuning uchun har doim «haqiqiy signallar»ni aniqlash kabi murakkab va aniq javob yo’q bo’lgan muammo kelib chiqadi;
- turli indikatorlar va indekslar dinamikasida qat’iysizlik;
- indicator (trendlar) dinamikasi vaqt jihatidan Iqti-sodiy kon’yunktura o’zgarishiga to’g’ri kelmasligi;
- iqtisodiy indikatorlar va indekslar tizimi bazasida prognozlash o’zgarishlarini miqdoriy baholashning qiyinligi.
Bundan tashqari, indikativ prognoz asosan qisqa muddatli (oylik, choraklik, yarim yillik, yillik) prognozlashga yaroqli, chunki ular yordamida qisqa muddatli davrda vaqt jihatidan barqaror bo’lgan har qanday indikator va iqtisodiy kon’yunktura o’zgarishi xarakteri orasidagi munosabatni yetarli darajada ishonch bilan o’rnatish mumkin.
Yana shu narsa muammoki, iqtisodiy sikllarning bosqichlari qat’iy vaqt davridan so’ng qaytib kelmasligi isbotlangan, chunki ishlab chiqarish siklini keltirib chiqargan fan-texnika taraqqiyoti sikllik kelmaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, mavjud indikatorlar asosida prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozchilarning monopoliyasidir, u kuchsiz algoritmlangan va sof individual xarakterga ega. Shu sababli indikatorlarning real dinamikasi turli prognozchilar tomonidan har xil tushuntiriladi, shuning uchun bir xil ma’lumotlar asosida bir-biri-dan ancha farq qiladigan pronozlar qilinadi. Shuni ham hisobga olish kerakki, har qanday mamlakat iqtisodiy rivojlanishining sikl bosqichlari bir xil parametrlarda qaytarilmaydi. Vaqt o’tishi bilan mamlakat ichidagi iqtisodiy, ekologik, siyosiy muhit, mamlakat iqtisodiy holatining tashqi iqtisodiy omillari - savdo va ishlab chiqarish bo’yicha sheriklar, jahon moliyaviy bozorining holati o’zgaradi. Shuning uchun iqtisodiy indikatorlar va iqtisodiy holatning o’tmishdagi tajribasini bog’liqlik xarakteri o’zgaradi.
Iqtisodiy indikatorlar va indekslar tizimini prognozlash murakkabligi sabali ayrim tadqiqotchilar bu uslubni fan emas, balki ko’proq san’at deb hisoblashadi. Shuning uchun tadqiqotchining aqli va tajribasi, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodning bu bosqichdagi xususiyatlarini axshi bilish juda muhimdir.
Prognozlashdagi bu yo’nalishning yutuqlariga iqtisodiy statistikani takomillashtirish sohasiga, milliy hisoblar doirasida ishonchli iqtisodiy axborot olish tizimini tashkil etishga asosiy e’tibor berildi.

Qisqacha xulosalar


Prognozlar tipologiyasi bilan kelajak to’g’risida axborot manbalari va prognozlash usullari masalasi uzviy bog’liq. Prognoz axborotni - o’rganilayotgan hodisalar, mavjud tendensiyalarni ekstranomum va modellarini tuzish asosiy manbai ajratiladi.


Statistik ko’rsatkichlarning sifati muammosi birinchi navbatda statistic ma’lumotlarni yig’ish bilan bog’liq. Statistik ma’lumotlarni sifati nafaqat bosh-lang’ich ko’rsatkichlarini yig’ish uslublariga, balki ularni qayta ishlashga ham bog’liq.
Prognozlashda ishlatiladigan axborotni funksio-nal belgi, ya’ni prognozlash maqsadi u yoki bu ko’rsatkich nima sifatida foydalanishga qarab tasniflash mumkin.
Mamlakat darajada prognoz-taxliliy hisoblarda makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan foyydalanganligi uchun axborotning agregatlashish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ekonometrik modellardan foydalanish uchun iqtisodiy indikitorlarning halqaro tizimida foydalanish lozim. Rivojlangan mamlakatlarda makroiyotisodiy prognozlash ilmiy hisoblar tizimidan foydalaniladi.
Iqtisodiy konyuktura vaqt davomida o’zgartirilishiga qarab ndikatorlarning quyidagi turlari farqlanadi: ilgarilab ketuvchi, to’g’ri keluvchi va orqada keluvchi.
Axborotlarni mohiyat jihatdan endogen va enzogenga ajratish mumkin.

Nazorat va muhokama uchun savollar


1. Prognozlashtirish axborotlarining qanday turlari mavjud?


2. Boshlang’ich axborotni qayta ishlash va natijalarni ishlatishda qanday muammolar mavjud?
3. Funksional belgi bo’yicha axborotlar qanday tasniflanadi?
4. Axborotlarni agregatlashning maqsadi nima?
5. Axborotlarni agregatlashda qanday muammolar
paydo bo’ladi?
6. Zararlarni minimallashtirishda qonday agregat qoidalaridan foydalaniladi?
7. Qanday yordamchi agregatlar guruhlarini ajratish mumkin?
8. Iqtisodiy indikatorlar tizimiga qanday asosiy kamchiliklar xos?
Yüklə 36,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə