O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


IV. Amaliy  mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 404,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix08.02.2022
ölçüsü404,7 Kb.
#83590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
TTQTGdan asosiy va qoshimcha adabiyotlar

IV. Amaliy  mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 

 

Amaliy  mashg‘ulot  talabalarni  turkiy  tillar  qiyosiy-tarixiy  grammatikasiga 

doir ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, turkiy tillarni o‘zaro qiyoslash nuqtayi 

nazaridan  tahlil  qilishga  va  talqin  etishga  yo‘naltiradi.  Talabalar  to‘plagan 

bilimlarini  dars  vaqtida  munozara  yoki  ma’ruza  ko‘rinishida  himoya  qiladilar. 

Amaliy  mashg‘ulotlarda  turkiy  tillar  oilasi,  morfologik-sintaktik,  leksik 

xususiyatlari,    turkiy  tillarning  umumtaraqqiyot  hamda  xususiy  taraqqiyot 

bosqichiga xos jihatlarni o‘rganadilar. 

Amaliy  mashg‘ulotlarni  tashkil  etish  bo‘yicha  kafedra  professor-

o‘qituvchilari  tomonidan  ko‘rsatma  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi.  Unda  talabalar 

ma’ruza  mavzulari  bo‘yicha  olgan  bilim  va  ko‘nikmalarini  amaliy  tahlil  orqali 

yanada  boyitadilar.  Shuningdek,  darslik  va  qo‘llanmalar  asosida  talabalar 

bilimlarini  mustahkamlashga  erishish,  tarqatma  materiallardan  foydalanish,  ilmiy 

maqolalar  va  tezislar  chop  ettirish,  matn  ustida  ishlash,  mavzular  bo‘yicha 

ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, test savollari tuzish tavsiya etiladi. 

Amaliy mashg‘ulot uchun tavsiya etiladigan mavzular: 

1.

 

Turkiy tillar haqida umumiy ma’lumot. 



2.

 

“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanining asosiy masalalari. 



3.

 

Turkiy tillar tasniflsh mezonlari. 



4.

 

Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari. 



5.

 

Turkiy tillarda unlilar tizimi. Singarmonizm hodisasi. Ikkilamchi cho‘ziqlik. 



6.

 

Turkiy tillarda undoshlar tizimi. 



7.

 

Turkiy tillarning umumiy grammatik xususiyatlari. 



8.

 

Turkiy tillarning agglyutinativ tabiati. 



9.

 

Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari.  



10.

 

Grammatik ko‘plik tushunchasining ifodalanishi. 



11.

 

Turkiy tillarda kelishiklar tizimi. 



10.Turkiy tillarda so‘zlarni turkumlarga ajratish mezonlari. 

11.Ot turkumiga xos grammatik kategoriyalar. Ot yasalishi. 

12.Sifat va uning grammatik xususiyatlari. 

13.Son. Turkiy tillarda miqdorning ifodalanishi. 

14. Olmoshlarning grammatik xususiyatlari. 

15. Fe’l va unga xos grammatik kategoriyalar.  

16. Fe’l yasalishi.Fe’l yasovchi affikslar taraqqiyoti. 

17.Turkiy tillarda affiksal morfemalar taraqqiyoti.  

18.Turkiy tillarning leksik taraqqiyoti. 

19. 22.Iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar.  

20.Turkiy tillarning sintaktik xususiyatlari. 

21.So‘z birikmasi va uning turlari. 




Izoh:

Mazkur  ro‘yxatdagi  mavzulardan  amaliy  mashg‘ulotlar  uchun 

ajratilgan  soatlar  hajmiga  mos  holda  tanlab  foydalanish,  mavzuga  doir 

adabiyotlarning mavjudligiga e’tibor berish tavsiya etiladi.  




Yüklə 404,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə