O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Magnit milining og’ish burchagi. Haqiqiy azimut bilan magnit



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

3.3. Magnit milining og’ish burchagi. Haqiqiy azimut bilan magnit 
azimuti orasidagi munosabat 
Magnit  milining  og’ish  burchagi. 
  Yer  yuzidagi  biror  chiziqning  haqiqiy 
azimuti  bilan  magnit  azimuti  bir-biridan  magnit  milining  og’ish  burchagiga  farq 
qiladi.  Ma’lumki,  geografik  meridian  geografik  qutblarni,  magnit  meridiani  esa 
magnit  qutblarini  tutashtiradi.  Geografik  qutblar  bilan  magnit  qutblari  bir  nuqtada 


30 
joylashmaganligidan geografik  meridian bilan  magnit  meridiani orasida qandaydir 
burchak  hosil  bo’ladi.  Bu  burchak  magnit  strelkasining  (milini)  og’ish  burchagi 
deyiladi.Magnit  meridianining  yo’nalishi  magnit  strelkasini  yo’nalishiga  to’g’ri 
keladi.  Yer  yuzida  farazan  o’tkazilgan  geografik  meridianning  biror  nuqtasiga 
magnit  mili  o’rnatilsa,  u  geografik  meridiandan  g’arbga  og’ishi,  ya’ni  g’arbiy 
(manfiy) bo’lishi yoki sharqqa og’ishi, ya’ni sharqiy (musbat) bo’lishi mumin.  (3.7-
rasm)  magnit  milining  og’ish  burchagi  turli  nuqtalarda  turlicha  bo’ladi.  MDH 
territoriyasida magnit milining og’ish burchagi 0 dan ±25
o
 gacha o’zgaradi.  
Masalan,  Boltiq  dengizi  sohillarida  0
o
,  Toshkentda  +5
o
,6
o
,  Kara  dengizi 
sohillarida +25
o
 dir. Magnit milining turli nuqtalardagi og’ish burchagi vaqt o’tishi 
bilan o’zgaradi. Bu asriy, yillik, sutkalik va tasodifiy o’zgarishdan iborat. Yerning  
 
magnit qutbi asrlar davomida o’zgarib turishi sababli magnit mili taxminan besh asr 
davomida geografik meridiandan sharqqa yoki g’arbga tomon 22
o
,5 gacha og’gan. 
Buni  asriy  og’ish  deyiladi.MDH  territoriyasida  magnit  milining  yil  mobaynida 
og’ishi  3’-7’minutlar    atrofida,  sutkalik  og’ishi  esa  MDH  territoriyasining  o’rta 
qismlarida 15’ gachadi. Shunga ko’ra MDH territoriyasida magnit mili bilan chiziq 
yo’nalishi taxminan 15’ gacha aniqlikda oriyentirlanishi mumkin. Ma`dan  konlari 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə