57
markazi hisoblaniladi. Geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazish vaqtida ana shu
teshikchaning koordinatasi aniqlaniladi. Ustki monolitdagi marka yerga 50 sm
chuqurlikda ko’milishi lozim. Joydagi markazni osonlikcha topish uchun ustki
monolit tepasiga beton ustun o’rnatiladi. Bir punktdan ikkinchi punktni kuzatish
maqsadida ularning markazi ustiga maxsus geodezik belgi-piramida o’rnatiladi.
Piramidalarning balandligi 10-12 m bo’lishi mumkin. Yonma-yon joylashgan
punktlarni yerdan kuzatib bo’lmagan hollarda tayanch punktga asbob o’rnatishda va
bu punktni kuzatish uchun signal quriladi.
Signallarning balandligi 12-15 m dan 40 m gacha bo’lishi mumkin. Piramida
va signallar yog’ochdan yoki metalldan yasalib, tuzilishi turlicha bo’ladi. 6.2-
rasmda yog’ochdan yasalgan oddiy piramida, 6.3-rasmda metalldan yasalgan
murakkab signal ko’rsatilgan. Davlat balandlik tarmoqlari
punktlarining o’rni doimiy belgi hisoblanuvchi marka va
reperlar bilan belgilanadi. Doimiy
reper
va
markalar
balandlik
tarmoqlari yo’lida 5-7 km oralatib
o’rnatiladi.
Balandlik
tarmoq
punktlarining absolut balandliklarini
aniqlash, ya’ni nivelirlash qiyin
bo’lgan rayonlarda reper (marka) lar
oralig’i 10-15 km bo’lishi mumkin.
Yuqori
aniqlikdagi
balandlik
tarmoqlari (I va II klass nivelirlash tarmoqlari) ning har
50-80 km dagi nuqtasi va bu nivelirlash yo’llarining kesishgan tugun nuqtalari
doimiy saqlanadigan reperlar bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: