O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
6.4-rasm.Marka 
 
6.5-rasm.Reper 


59 
6.3. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari 
Geodezik  tayanch  tarmoqlarini  barpo  qilishning  bir  necha  xil  uslublari  bor. 
Astronomik  uslub,  geodezik  uslub,  radiogeodezik  uslub,  kosmik-geodezik  uslub 
shular  jumlasiga  kiradi.  Hozirgi  vaqtda  geodezik  uslub  qo’llanilmoqda.  Geodezik 
uslubning o’zi triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya turlariga bo’linadi. 
Punktlarning  geografik  koordinatalari  (geografik  kengligi  va  geografik  uzunligi), 
astronomik  uslubda  bir-biriga  bog’lanmay  alohida  aniqlanadi.  Lekin  astronomik  
uslubda  punktlar  koordinatalarining  aniqlash  darajasi  hozirgi  vaqtda  geodezik 
tayanch  tarmoqlariga  bo’lgan  talabini  qondirmaydi.  Shuning  uchun  astronomik 
uslub katta aniqlik talab qilmaydigan  vaqtda (masalan, 1:100000  va  undan  mayda 
masshtabda  tasvirga  olishda)  yoki  geodezik  tayanch  tarmoqlari  hosil  etishning 
boshqa  uslublaridan  foydalanib  bo’lmaydigan  joylarda  (Arktika,  Antarktida  va 
boshqa  joylarda)  qo’llanilishi  mumkin.  Astronomik  uslub  geodezik  uslub  bilan 
birgalikda qo’llaniladi. Masalan:  geodezik uslubda tayanch tarmoqlari  hosil qilish 
uchun  avvalo  biror  boshlang’ich  punkt  yoki  bir  necha  punktning  koordinatalari 
astronomik  uslubda  aniqlab  olinadi.  Tayanch  tarmoqlarining  boshqa  punktlari 
koordinatalari  geodezik  o’lchash  natijalariga  asoslanib,  hisoblab  chiqariladi. 
Boshlang’ich  punktdan  keyin  keladigan  punktlar  fikran  chiziq  bilan  tutashtirilsa 
tarmoq  hosil bo’ladi. Qator  uchburchakdan  iborat tarmoq triangulyatsiya tarmoqi, 
ko’p  burchaklardan  iborat  tarmoq  poligonometriya  tarmog’i  deyiladi.  Keyingi 
yillarda  1:50000  va  1:100000  ayrim  vaqtlarda  esa  1:25000  masshtabli 
aerofototopografik tasvirga olish uchun geodezik tayanch tarmoqlari barpo qilishda 
radiogeodezik uslub qo’llanilmoqda. Radiogeodezik uslub territoriyani samolyotdan 
turib  suratga  olish  vaqtida  samolyotning  o’rnini  aniqlashga  asoslangan.  Bu  uslub 
ayniqsa  bir-biridan  uzoqda  joylashgan  hamda  bir-biridan  ko’rinmaydigan 
punktlarning koordinatalarini aniqlashda qo’llaniladi.  
Qit’a  va  orollardagi  geodezik  tayanch  tarmoqlarini  bir-biriga  bog’lashda 
kosmik geodezik usuldan ham foydalaniladi. Yerning tabiiy va sun’iy yo’ldoshlarini 
kuzatish  asosida  bir-biridan  juda  uzoqda  joylashgan  punktlarning  koordinatalrini 
aniqlashda,  bir-biridan  okean  va  dengiz  bilan  ajralgan  qit’a  hamda  orollarda 


60 
o’tkazilgan  geodezik  tayanch  tarmoqlarini  bir  biriga  bog’lashda  bu  uslub  muhim 
ahamiyatga  ega.  Geodezik  tayanch  tarmoqlarini  barpo  qilishda  joyning  sharoitiga 
qarab,  iqtisodiy    jihatdan    eng  yaxshi  samara  beradigan  uslub  tanlanadi.  Hozircha 
planli 
geodezik 
tayanch 
tarmoqlari 
triangulyatsiya, 
trilateraratsiya 
va 
poligonometriya uslublari bilan hosil qilinmoqda.  

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə