61
(BCD) uchburchakning (CD) va( BD) tomonlari BC tomon bilan ichki burchaklar
(β
4,
β
5,
β
6
) qiymatlariga asoslanib topiladi. Keyingi uchburchaklarning tomonlari
ham shu tarzda aniqlanadi. Boshlang’ich uchburchakning bevosita o’lchanishi kerak
bo’lgan tomoni juda uzun bo’lishi va joydagi sharoit uni o’lchashni qiyinlashtirishi
mumkin. Bunday hollarda uchburchakning bu tomoni bevosita o’lchanmasdan,
boshqa yordamchi tomon (6.6-rasm,a.b)ning ma’lum uzunligiga qarab hisoblab
chiqariladi. Shu maqsadda joyda yordamchi uchburchak (aAb)va (aBb)lar
yasaladi. Bular bazis tarmoq bo’ladi. Bazis tarmoq (aAbB) to’rtburchak hamda
(AB) va (ab) diagonallardan iborat. Bazis tarmoqning bazis tomoni (ab) va
burchaklari (φ) va (ψ) bevosita o’lchanadi. Bu o’lchash natijalariga asoslanib
triangulyatsiya uchburchagining bazis tomoni (AB) hisoblab chiqariladi. Bazis
tarmoqning bevosita o’lchangan tomoni (ab)ga chiqish tomoni deyiladi. Bazis
(chiqish) tomonning haqiqiy azimuti (α) va biror
uchining geografik koordinatalari astronomik kuzatish
natijasida aniqlaniladi. Bazis tomonning geografik
koordinatasi aniqlangan uchiga Laplas punkti deyiladi.
Bazis (chiqish) tomonning haqiqiy azimuti va burchak
qiymati
ma’lum
bo’lgach,
triangulyatsiya
uchburchaklari boshqa tomonlarning haqiqiy azimuti
(direksion burchagi) hisoblab chiqariladi. Laplas
punktining
koordinatalari
aniqlangach
va
triangulyatsiya
uchburchaklari
o’lchangach, triangulyatsiya uchburchaklari uchlari (punktlari) ning planli
koordinatalari birin-ketin hisoblab chiqariladi.
Triangulyatsiya uchburchaklarining ichki burchaklari va bazis tomonini
o’lchagan vaqtda kichik bo’lsa-da, har holda tasodifiy xato ro’y beradi. Bu xato
o’lchash natijalariga ta’sir etmasligi uchun uchburchaklar qatoridan birontasining
koordinatalari astronomik uslubda aniqlanadi va bazisi (6.6-rasm MN) yoki chiqish
tomoni (cd) joyda bevosita o’lchanadi. So’ngra bu tomondan yana uchburchaklar
qatori boshlanib ketadi.
Dostları ilə paylaş: