O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Davlat planli tayanch tarmoqlari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

6.5. Davlat planli tayanch tarmoqlari 
Davlat  planli  geodezik  tayanch  tarmoqlari  triangulyatsiya,  trilateratsiya  va 
poligonometriya uslublarida barpo qilinadi. Uslublar joyning sharoitiga va iqtisodiy 
jihatdan  afzalligiga  qarab  tanlanadi.  Hozir  asosan  triangulyatsiya  uslubidan  
foydalanilmoqda.  
Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishqa punktlarning  bir-biriga yaqin-
uzoqligi  (zichligi)  katta  ahamiyatga  ega.  Territoriyaning  1:25000  va  1:10000 
masshtabli  planini  olishda  davlat  planli  geodezik  tayanch  tarmoqlari  50-60  km
2
ga 
bir punkt to’g’ri keladigan qilib, 1:5000 masshtabli tasvirga olishda 20-30 km
2
 ga, 
1:2000 masshtabli tasvirga olishda esa 5-15 km
2
 ga bir punkt to’gri keladigan qilib 
hosil  qilinadi.  Davlat  planli  tayanch  tarmoqlari  burchak  va  masofani  o’lchash 
aniqligiga, uchburchak tomonlarining uzunligiga va tarmoqlarni hosil qilish tartibiga 
qarab 1, 2, 3 va 4 – klasslarga bo’linadi.  


67 
Davlat geodezik tayanch tarmoqlari  umumiydan  bo’lakka , yuqori klassdan 
pastki  klassga  o’tish  prinsipida  quriladi.  Bunda  dastlab  1-klass  tarmog’i,  unga 
asoslanib esa birin-ketin  2, 3 va 4- klass tarmoqlari o’tkaziladi.  Bunday prinsipni 
qo’llanish 
 
mamlakatimiz 
territoriyasida  qisqa  muddatda 
yagona 
koordinata 
tizimini 
tarqatishga imkon beradi.  
1-klass 
davlat 
planli 
tayanch 
tarmoqlari 
qator 
uchburchaklardan  iborat  bo’lib, 
meridian  va  parallel  yo’nalishi 
bo’yicha 
o’tkaziladi. 
Uchburchaklar 
zvenosining 
uzunligi 250 km ga boradi  (6.10-
rasm). 
Uchburchaklar 
zvenosining o’zaro kesishishidan  
hosil    bo’lgan  to’rtburchakning 
perimetri  tahminan  800-1000km 
dir.  1-klass  tarmoqlarida  har  bir 
uchburchak  tomoni  20  km  dan  qisqa  bo’lmasligi  kerak.  Uchburchakning  bir-biri 
bilan  kesishgan  joylarida  bazis  (chiqish  tomon)  o’lchanadi  va  bazis  uchlarining 
koordinatalari  astronomik  usulda  aniqlanadi.  Uchburchak  qatori  bo’yicha 
astronomik-  gravimetrik  nivelirlash  o’tkaziladi.  1-klass  geodezik  tayanch 
tarmoqlariga  astronomik–geodezik    tarmoqlar  deyiladi.  Keyingi  vaqtda  ayniqsa 
o’rmon zonalarida va shaharlarda masofalarni o’lchashda juda aniq svetodalnomer 
va  radiodalnomerlar  qo’llanilganligidan,  1-klass  triangulyatsiya  uchburchaklari 
qatori  o’rniga  1-klass  poligonometriya  yo’llari  o’tkazilmoqda.  Bunda 
poligonometriya  yo’lining  uzunligi  20-25  km  bo’ladi.  Odatda  1-klass 
poligonometriya yo’llari 1-klass triangulyatsiya punktlari oralig’ida o’tkaziladi. 
 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə