O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

Tayanch  so’zlar:
  nuqta,  punkt,  geodezik  punkt,  shoxobcha,reper,  marka, 
geodezik  belgi,  triangulyatsiya,  trilateratsiya,  poligonometriya,  astronomiya, 
geografik  kenglik,  geografik  uzoqlik,  uzunlik,  radiogeodeziya,  kosmik  geodeziya, 
tarmoq, bazis, paralaktik, magistral tayanch tarmoq. 
Nazorat savollari: 
1. Geodezik tayanch tarmoqlarining turlari. 
2. Geodezik tayanch tarmoqlari qanaqa uslublar bilan barpo etiladi? 
3. Geodezik punkt deb nimaga aytiladi? 
4. Triangulyatsiya, Poligonometriya uslubi. 
 
 
 
 
 


78 
 
7-BOB. JOYLARDA MASOFA O`LCHASH 
7.1. Joylarda masofa o`lchash maqsadi va mohiyati
 
Joylarda  masofa  o`lchash  deb-yer  yuzasida  bir  nechta  nuqtalar 
mahkamlanib, ular orasidagi uzunlikni maxsus o`lchash asboblari bilan o`lchashga 
aytiladi.  Masofalarni  bevosita  o‘lchashda  turli  mexanik  o‘lchash  asboblari 
ishlatiladi,  po‘lat  lenta,  po‘lat  ruletka,  yumshoq  materialdan  ishlangan    tasma  ru-
letkalar, tros va invar materialdan  yasalgan o‘lchov similar.Masofa o‘lchashining 
asosiy  uslublari  bo‘lib,  bevosita-lenta,  ruletka  yoki  vositali–elektromagnit  va  
elektron-optik masofa o‘lchash usullari qo‘llanilmoqda. 
Masofani bevosita o’lchash usulida masofa o’lchov asbobi bilan to’g’ridan-
to’g’ri  o’lchanib,  uzunligi  aniqlanadi.  Masofani  bu  usulda  o’lchash  uchun  po’lat 
lenta, invar sim sim, ruletkalardan foydalaniladi. Bu asboblar: po’lat64 % temir va   
invar  34%  nikel  qotishmasidan  yasaladi.  Po’latdan  yasalgan  o’lchov  asboblari 
yordamida  masofani  1:1000-  1:25000  aniqlikda,  invardan  yasalgan  asboblar 
yordamida 1:25000-1:100000 aniqlikda o’lchash mumkin.  
Masofani  o’lchash  asbobi  yordamida  to’g’ridan  to’g’ri  o’lchamasdan  uning 
uzunligini  boshqa  natijalaridan  foydalanib  matematik  formulalar  asosida  hisoblab 
topishgabilvosita  (vositali)o’lchash  deyiladi.  Uchburchakning  uchta  burchagi  va 
bitta  tomonini  o’lchash  natijalaridan  foydalanib,  qolgan  ikki  tomonini  sinuslar 
teoremasi asosida aniqlashni bunga misol qilib ko’rsatish mumkin bo`ladi. Bevosita 
o’lchash usulida masofa uzunligini 1:1000 – 1:25000 aniqlikda hisoblab chiqarish 
mumkin.  
Joyda  masofani  bevosita  va  bilvosita  o’lchash  ancha  murakkab  ish 
hisoblanadi  va  bunga  ko’p  vaqt  ketadi.  Shuning  uchun  masofani  o’lchashning 
osonroq  yo’lini  topish  zarur  bo’lib  qolgan.  Dalnomer  deb  ataluvchi  asbob  ixtiro 
qilinganidan  keyin  bu  ish  birmuncha  osonlashdi.  Masofani  o’lchashda 
dalnomerlarning  optik,  svetodalnomer,  radiodalnomer  turlaridan  va  boshqa  turlari 
ham foydalaniladi. 


79 
 
 Keyingi  yillarda  masofani  bevosita  o’lchashda  lazer  nurlaridan  ham 
foydalanilmoqda.  Masofa  optik  dalnomerlar  bilan  1:200  –  1:5000  aniqlikda, 
svetodalnomer va radiodalnomerlar bilan 1:10000 - 1:400000 aniqlikda o’lchanadi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə