75
joylarda signallar qurish uchun materiallar topilmasa bu tarmoq o’rniga 4-klass
poligonometrik tarmoq o’tkazilgani ma’qul.
1 va 2-bosqich analitik shoxobchlar triangulyatsiya uslubida ochiq va o’r qir
joylarda triangulyatsiya va poligonometriya punktlari oralig’ida o’tkaziladi.Ular
ayrim punkt, qator uchburchaklar yoki bir necha uchburchaklardan iborat bo’ladi.
Ko’pincha ikki bazis oralig’ida o’tkaziladigan qator uchburchaklar qo’llaniladi.
Qator uchburchaklar yuqori klass tayanch tarmoqlarini o’tkazish vaqtida aniq
o’lchangan bazisdan boshlanib yana bazisga bog’lanadi. Ikki bazis oralig’idagi
analitik tarmoqlarda uchburchaklar soni 10 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Ba’zan
analitik tarmoqlar mustaqil tarmoq tarzida o’tkazilishi mumkin. Bunda ham ikki
bazis oralig’ida uchburchaklar soni 10 tadan ko’p bo’lmasligi shart.
Analitik tarmoqlar uchburchakalarning ichki burchakli 30
o
dan kichik, 120
0
dan
katta bo’lmasligi kerak. Uchburchak uchlari qilib, asbob o’rnatilishi mumkin
bo’lgan va bir-biridan ko’rinadigan nuqtalar tanlanadi. Uchburchak uchlari geodezik
belgilar bilan uzoq vaqt saqlanadigan qilib belgilanadi. Analitik tarmoqlar
punktlarining otmetkalari IV-klass nivelirlash natijasida aniqlanadi (6.5-jadval).
Shahar, qishloq territoriyalarida va sanoat qurilishi maydonlarida
o’tkaziladigan analitik tarmoqlarga yuksak talab qo’yiladi, chunki bunday
joylarning yirik masshtabli topografik planini olishga to’g’ri keladi. Shahar, qishloq
territoriyalari va sanoat qurilishi maydonlarida yuksak aniqlikdagi tarmoqlar ham
o’tkazilishi mumkin. Bunday tarmoqlarda uchburchaklar ichki burchaklarining farqi
6.5-jadval
Dostları ilə paylaş: