O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Mashg’ulot  jihozlari:
  meyoz  bo'linish  bosqichlari  aks  ettirilgan  jadval  va 
rasmlar, “Meyoz bo'linish fazalari” video lavhasi namoyish etiladi. 
Otalanish natijasida ota-ona hujayra yadrolarining qo'shilishi zigotadagi DNK 
va  xromosomalar  sonining  ortishiga  olib  keladi.  Demak,  xromosomalar  sonini  ka-
mayishiga olib keladigan mexanizm mavjud bo'lishi kerak. Bu mexanizm jinsiy hu-
jayralarning  yetilish  jarayonida  sodir  bo'ladigan  reduksion  (reduksiya-  kamayish) 
bo'linish – 
meyoz
dir. 
Bu bo'linish natijasida jinsiy jarayonda qatnashuvchi gametalar hosil bo’ladi. 
Ikkita gaploid  gametalarning qo'shilishi  natijasida  urug’lanishdan keyin diploid  zi-
gota hosil bo’ladi. Bu bo'linishda mitozdan farqli ravishda hujayralarning ikki marta 
ketma  —ket  bo'linishi  kuzatiladi,  xromosomalarning  miqdori  esa  faqat  bir  marta 
oshadi.  Bundan  tashqari,  meyozda  gomologik  xromosomalarning  o'zaro  qismlari 
bilan almashishi (krossingover), irsiy axborotning rekombinatsiyasi, birinchi bo'lin-
ish  profazasida  transkripsiyaning  faollashishi  va  ikkita  bo'linish  orasida  interfaza 
bo'lmasligi kuzatiladi. 
Har  qanday  organizmning  rivojlanishida  ikki  turdagi  hujayralarni  uchratish 
mumkin.  Ulardan  biri  gaploid  to'plam  xromosomali  bo'lib  otalanish  jarayonida 
ishtirok etadi, ikkinchisi diploid to'plamli bo'lib, ikkita ota-ona xromosomalarini tu-
tadi. 
Organizmlar hayot siklini ikkita gametaning qo'shilishidan boshlab to shu or-
ganizmning  o'zida  yana  yangi  hujayralar  paydo  bo'lish  vaqti  oralig’ini  ko'radigan 


 
88 
bo'lsak gaplofaza va diplofazaning gallanib kelishini ko'rish mumkin. Bu fazalarn-
ing organizmlar hayot siklida egallagan o'rniga qarab uch turdagi meyoz farqlanadi: 
zigotali, gametali, oraliq. 
1. Zigotali meyoz urug’lanishdan so'ng zigotada kechadi. Zamburug’ va ba'zi 
suvo'tlari  uchun  xos.  Bularning  hayot  siklida  gaplofaza  ustunlik  qiladi.  Masalan: 
xlamidomonada  suvo'ti  hayot  sikli  deyarli  faqat  gametofit  fazasidan  iborat  bo'lib, 
sporofit fazasi qisqa vaqtni egallaydi. 
2.  Gametali  meyoz  gametalar  yetilishida  sodir  bo'ladi.  Ko'p  hujayrali 
hayvonlar  va  sodda  organizmlarda  uchraydi.  Bularning  hayot  siklida  diplofaza 
ustunlik  qiladi.  Gametalar  qo'shilgandan  keyin  diploid  zigota  hosil  bo’ladi.  U 
bo'linib organizmdagi hamma diploid hujayralarni hosil qiladi. Birlamchi jinsiy hu-
jayralar  reduksion  bo'linishga  uchrab  gaploid  hujayralar  hosil  bo’ladi.  Bularning 
qo'shilishidan diploid zigota hosil bo’ladi. 
3.  Oraliq  yoki  sporali  meyoz  yuksak  o'simliklarda  uchraydi.  Sporalar  hosil 
bo'lish vaqtida, ya'ni sporofit va gametofit fazalari orasida sodir bo'ladi. 
Predmeyotik  (meyozdan  oldingi)  interfaza  mitozning  interfazasidan  farq  qi-
lib, DNK replikatsiyasi jarayoni oxirgacha o'tmaydi. DNKning 0,3-0,4 foizi meyoz 
profazasida replikatsiyalanadi. 
Meyozda birinchi bo'linish profazasi davomida xromosomalar maxsus o'zgar-
ishlarga uchraydi. Shuning uchun bu fazani 5 ta bosqichga bo'lib o'rganiladi. 
 
1. 
Leptonema –
 ingichka iplar bosqichi. Morfologik jihatdan mitozning erta profa-
zasini  eslatadi.  Lekin  undan  yadroning  yirikroq  va  xromosomalarning  ingichka 
bo'lishi  bilan  farqlanadi.  Leptonemada  xromosomalar  ikkilangan  bo'ladi.  Xromo-
somalar bir biriga yaqin joylashib telomeralari bilan yadro qobig’iga birikib turadi-
lar va guldastani eslatadilar. Ba'zi o'simliklarda xromosomalar tutamni 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə