O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

 
 


 

So'z boshi
 
“Ta'lim  to'g’risida”  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to'g’risida”gi 
O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, Oliy ta'limning asosiy maqsadi za-
mon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy 
ta'lim mutaxassisi talablariga, o'zi tanlagan yo'nalishi yuzasidan talabga javob bera 
oladigan  respublikaning  ilm-fan,  madaniyat,  iqtisod,  ijtimoiy  sohalarini  rivojlan-
tirishda  o'z  hissasini  qo'shadigan,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  yuksak  ma'naviyatga 
ega bo'lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.Oliy ta'lim- ning asosiy 
vazifalaridan  biri  davlat  ta'lim  standartiga  muvofiq  zamonaviy  dasturlar  asosida 
tuzilgan davlat tilida yozilgan zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratishdir.  
Shunga ko'ra mazkur uslubiy qo'llanma ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va 
Kadrlar  tayyorlash  Milliy  modelini  shakllantirish  maqsadlariga  xizmat  qiladi  deb 
hisoblaymiz.  O'quv  qo'llanma  M.  Ulug’bek  nomidagi  O'zbekiston  Milliy  universi-
tetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetida “Sitologiya” kursi bo'yicha ko'p yillar 
mobaynida  turli  ta'lim  yo'nalishlari  uchun  o'qib  kelinayotgan  ma'ruzalar  asosida 
yozilgan bo'lib o'z ichiga namunaviy o'quv dasturdagi mavzularni qamrab olgan.  
Oxirgi  50  yil  mobaynida  biologiya  fanining  molekulyar  biologiya,  mole-
kulyar  genetika,  hujayra  va  gen  injeneriyasi  kabi  bo'limlari  sohasida  erishilgan 
yutuqlar xozirgi kunda amaliyotda va sanoatda tadbiq etilmoqda. Bu sohada izlan-
ish  ishlarining  ortib  borishi,  hujayra  biologiyasini  o'rganishda  yangi  uslublarni 
yaratish, uni molekulyar va genetik nuqtai nazardan o'rganishni taqozo etmoqda. 
«Sitologiya» kursi talabalarga hujayra  haqidagi bilimlarini shakllantirishi va 
amaliy faoliyatga yo'naltirishga xizmat qilishi lozim.  
Mazkur qo'llanmada turli hujayra komponentlariga alohida tuzilmalar ko'rin-
ishida  emas,  balki  butun  bir  tizim  sifatida  qarab,  bu  esa  o'z  navbatida  ularni  bir-
biridan ajratmagan holda, tiriklikning yagona elementar birligi  – hujayrada o'rgan-
ishga yordam beradi 
Mazkur kursning muhim xususiyati shundaki, u talabalarga kelib chiqishi ji-
hatidan  turlicha  bo'lgan  hujayralarning  tuzilishi  haqida  bilim  beradi:  bakteriya, 
hayvon,  o'simlik.  Bu  juda  muhimdir,  chunki  bo'lajak  zoologlar,  botaniklar,  mikro-
biologlar, virusologlar, biokimyo-garlar va biofiziklar hujayraning tuzilishini bilib-
gina qolmasdan, balki kelib chiqishi turli bo’lishiga qaramasdan hamma hujayralar 
uchun  umumiy  bo'lgan  qonuniyatlarni  bilmoqlari  zarur.  Shuning  uchun  keltirilgan 
mavzularda doimiy ravishda prokariot va eukariot hujayralar o'zaro taqqoslanadi. 
Uslubiy qo'llanma bakalavrlar uchun mo'ljallangan. Lekin undan nafaqat ba-
kalavr  talabalari,  balki  o'z  bilim  va  ko'nikmalarini  oshiruvchi  magistr,  stajyor 
tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. 
Mualliflar tomonidan yaratilgan mazkur qo'llanma “Sitologiya” fanidan aso-
siy nazariy bilimlarni olish uchun ilmiy manbaa bo'lib xizmat qiladi va o'zbek tilida 
ta'lim  olayotgan  talabalarga  bilim  olish  samaradorligi  va  talabaning  fanga  bo'lgan 
qiziqishi  ortishiga  yordam  beradi.  Darsda  talabalarni  faollashtirish  maqsadida  turli 
topshiriqlarni qo'llagan holda har bir mavzu oxirida darsni o'zlashtirishga oid savol-


 

lar  keltirilgan  bo'lib  bu  nafaqat  mavzuni  o'zlashtirishga,  balki  talabalarni  mustaqil 
fikrlash, o'z ustida ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. 
Ushbu  qo'llanmaning  yozilishida  o'zlarining  qimmatli  fikrlarini  bildirgan 
akademik  J.A.Musayevga,  O'zRFA  Genetika  va  O'EB  instituti  biologiya  fanlari 
doktori, 
professor 
S.M.Rizayevaga, 
M.Ulug’bek 
nomidagi 
biologiya-
tuproqshunoslik fakulteti zoologiya va ixtiologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fan-
lari nomzodi S.A. Sodiqovaga samimiy minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.
  

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə