|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligigenofor
yoki
nukleoid3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.genofor
yoki
nukleoid
dan iborat. Bu DNK eukariot hujayralardan farq qilib, nukleogis-
tonlardan holidir. DNK tarkibidagi genlar soni odamning DNKsidagi genlardan 500
marta kam. Hujayrada genetik apparatni sitoplazmadan ajratib turuvchi membranali
tuzilma - shakllangan yadro bo'lmaydi. Sitoplazmasida
plazmida
lar ( DNK ning
xalqadan tashqari fragmentlari) bo'lib ular bakteriya hujayrasining bir qator irsiy
belgilarni nazorat qiluvchi genlardan tuzilgan. Plazmidalar mustaqil replikatsiya-
lanadi va nasldan –naslga irsiylanadi. Gen muxandisligida keng qo'llaniladi. Ba'zi
bakteriyalarning plazmatik membranasi hujayra ichiga botib kirib
mezosoma
larni
hosil qiladi. Mezosomalar hujayra burmalari bo'lib yuzasida nafas olish jarayonida
ishtirok etuvchi ya'ni organoidlar vazifasini bajaradigan fermentlar joy-
lashadi(4rasm). Fotosintezlovchi bakteriyalarda mezosoma burmalari orasida
fotosintez pigmenti joylashadi. Bakteriyalar oddiy - har 20 minutda bo'linib turadi.
Bu holat kasallik chaqiruvchi bakteriyadan ozginasi organizmga kirib qolsa, tezda
ko'payib kasallik alomatlarini yuzaga keltirishini ko'rsatadi. Ba'zi hollarda bakteri-
yalar bir biriga o'ta yaqin kelib, o'zaro genetik materialini almashtiradi (kon'yu-
gatsiya). Bunday genetik rekombinatsiya natijasida yangi irsiy materialga ega bo'l-
gan bakteriya hosil bo’ladi.
|
|
|