O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Plazmatik membrana
 

 hamma hujayralar uchun universal bo'lgan tuzilma. 
Plazmatik membrananing asosiy tashkil etuvchilari: oqsil (~60%) , lipid (~40%) va 
uglevodlar (~1%). 
Membranalarning o'tkazuvchanlik xususiyatini o'rganishga bag’ishlangan  ilk 
ishlarda organik  erituvchilar:  spirt, efir, xloroform  membrana  orqali suvdan tezroq 
o'tishi kuzatilgan. Bu esa membrana qutbsizlikka ega yoki boshqacha qilib aytganda 
tarkibida lipidlar borligi taxmin qilingan. Keyinchalik bu taxmin kimyoviy tahlil na-
tijasida  isbotlandi.  Ma'lum  bo'ldiki,  membrana  tarkibi  deyarli  faqat  oqsil  va  lipid-
lardan iborat ekan. 
1925  yilda  daniyalik  biologlar  E.  Gorter  va  F.  Grendellarning  ishlari  chop 
etilgan  bo'lib, ular  plazmatik  membranani  bilipid  qavatdan  iboratligini  va  ular  bir-
biriga gidrofob uchlari bilan qaraganligini aytadilar. 
1935 yilda Dauson va Danielilar membrana tuzilishining “sendvich” modelini 
taklif qiladilar. Unga asosan plazmalemma ikki qavat lipid molekulalaridan tashkil 
topgan  bo'lib  ular  bir-biriga  gidrofob  uchastkalari  bilan  qaragan  bo'lib,  ularning 
tashqi gidrofill boshchalari yuzasi 2 tomondan oqsil molekulalari bilan o'ralgan. 
1959  yilda  D.Robertson  yig’ilgan  ma'lumotlarni  to'plab  “elementar  mem-
brananing  tuzilishi”  farazini  yaratadi  va  unda  barcha  biologik  membranalar  uchun 
umumiy bo'lgan tuzilishni ta'riflaydi: 
1. Hamma membranalar 7,5nm ga yaqin qalinlikka ega. 
2.Elektron mikroskopda 3 qavatli tuzilishga ega. 
3. Membrananing 3 qavatliligi lipid qatlami ikki tomondan oqsil qavati bilan 
o'ralganligidan kelib chiqadi.  
1972  yilda  olimlar  S.Singer  va  G.Nikolsonlar  tomonidan  membrana 
tuzilishining  universal  “suyuq  mozaika  modeli”  taklif  qilinadi.  Bunda  ham  mem-
brana  ikki  qavat  suyuq  lipidlardan  tashkil  topgan  bo'lib,  lekin  Dauson  va  Dan-
ielilarning “sendvich” modelidan farq qilib oqsil molekulalari lipid qavatining yu-
zasida emas ularning orasida joylashadi(6rasm). 
Membrana  tarkibiga  kiruvchi  oqsillar  3  guruhni:  integral,  yarimintegral  va 
periferik oqsillarni tashkil etadi. Periferik oqsillar bilipid qatlamining yuzasida joy-
lashib  lipid  molekulalarining  uchlari  bilan  aloqada  bo'ladilar.Ular  umuman  mem-
branani  hosil  qilishda  ishtirok  etmay,  balki  membranani  membranausti  va  osti 
tuzilmalari bilan bog’lab turadi. 


 
24 
Membranani hosil qilishda asosiy rolni globulyar tuzilishga ega bo'lgan inte-
gral va yarim integral oqsillar o'ynaydi. Integral oqsillar lipid qavatining ichida joy-
lashib,  ularning  gidrofob  uchlari  lipidlarning  gidrofob  uchlari  bilan  bog’lanadi. 
Yarim integral oqsillar lipid qavatiga qisman botib kiradi. 
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə