O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Sitologiya fani xal qiladigan asosiy muammolar



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Sitologiya fani xal qiladigan asosiy muammolar
 
Hozirgi  zamon  biologiyasi  hujayrani  hayotning  elementar  formasi  sifatida 
qabul  qilgan.  Demak,  biologiyaning  fundamental  muammolariga  sitologik  nuqtai 
nazar bilan qarashni talab etadi. Bular quyidagilar: 
1. Oqsil sintezi. 
Haligacha odamzod uchun sir bo'lib kelayotgan bu jarayon hujayrada ro'y be-
radi. Faqatgina hujayraning  maxsus  strukturaviy  va  kimyoviy  tuzilishi bu  jarayon-
ning  borishini  ta'minlaydi.  Ana  shu  maxsus  tuzilmalarning  tabiatini  o'rganish 
sitologiyaning  asosiy  vazifasi.  O'zining  falsafiy  va  tarixiy  ahamiyatiga  ko'ra  bu 
muammo tabiatshunoslik bilimlari ichida birinchi o'rinda turadi. 
2. Bioenergetika  muammosi  –  hujayra  noyob kuch stantsiyasiga  ega  bo'lgan 
biologik strukturadir.  
3. Saraton(rak) hujayralarining yuzaga kelishi – sitogenetik muammo. 
4. Irsiy xossalarning nasldan naslga uzatilish muammosi. 
Bu  muammoning hal  bo'lishi bilan  yuqorida sanab o'tilgan  muammolar  ham 
o'z yechimini topadi. 
5.  Organizmning  tashqi  muhitning  noqulay  sharoitlariga  ko'nikish  mexaniz-
mlarini o'rganish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan biri (nurlanish, yuqori 
harorat, kimyoviy moddalar ta'siri) 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə