38
doplazmitik to'r zonasi kattalashib ketishi patologik jarayon bilan bog’liq. Turli
kimyoviy moddalar, kanserogenlar, zaxarli moddalar, gormonal preparatlar ta'sirida
hujayralar o'zining bazofil sitoplazmasini yo’qotib ularda RNK miqdori kamayadi
va silliq endoplazmitik to'r miqdori ko'payadi. Jigar hujayralari silliq endoplazmatik
to’r yordamida bu moddalarning salbiy ta'siriga qarshi kurashadi.
Ko'ndalang targ’il muskullarda silliq endoplazmitik to'r vakuolalari va kanal-
lari (sarkoplazmatik retikulum) har bir miofibrillni o'rab turadi. Bu yerda silliq en-
doplazmitik to'r kalsiy ionlarini to'plashi natijasida mushak tolasi bo'shashadi.
O'simliklarda silliq endoplazmitik to'r steroid, lipidlar sintezida ishtirok etu-
vchi hujayralarda uchraydi.
Hujayra membranalarining sintezi. Endoplazmitik to'rning muhim xususiyati
hujayra membranalarining hosil qilishda ishtirok etishidir. Endoplazmatik to’r ele-
mentlari hamma hujayra oqsillarini, membrana lipid qavati moddalarini sintezlaydi
va membrananing lipoproteid tuzilmasini teradi. Endoplazmatik to’rda Golji appa-
rati, sekretor vakuolalar, integral oqsillarni sintezlanadi.
Dostları ilə paylaş: